Kurmaev Saidbek Il`dar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dental implantatsiyadan keyin yallig‘lanish asoratlari rivojlanishi profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5196.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanish xususiyatiga ega asoratlarning rivojlanish xavfini aniqlash va profilaktik chora-tadbirlar kompleksini joriy etish orqali dental implantatsiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Morze konusi shaklidagi ichki birikmali va vintli mustahkamlangan dental implantatlari implantat va abatment o‘rtasidagi birikma zonasida yuqori darajadagi germetizmni ta’minlashi isbotlangan;
tadqiqotlar natijasida implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari – DI (destruksiya indeksi) va YaDI (yallig‘lanish-destruksiya indeksi) kabi parametrlar dinamikasini noinvaziv usulda baholash yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani aniqlangan;
germetizatsiyalovchi preparat qo‘llanilgan dental implantatlar sohasida parodontopatogen mikroorganizmlarning minimal darajasi bilan ijobiy mikrobiotsenoz shakllangani kuzatilgan va implantat-milk egati suyuqligida P.gingivalis, P.intermedia, T.denticola kabi mikroorganizmlar DNKsining nisbatan past miqdori (0,25 ± 0,01)*10⁴) aniqlangan;
implantat-milk egati suyuqligining immunoferment tahlili natijalari (TNF-α va aMMP-8 miqdori) va surtma-namunalarning sitomorfologik tahlili asosida baholangan yallig‘lanish ko‘rsatkichlari (DI va YaDI) o‘rtasidagi ijobiy korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali implantat atrofi sohasidagi to‘qimalarda patologik jarayonlar erta bosqichda aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dental implantatsiya samaradorligini bakterial invaziyani oldini olish orqali oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarining amaliyotga tatbig‘i haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 7 maydagi №17/30-son bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Morze konusi shaklidagi ichki birikmali va vintli mustahkamlangan dental implantatlari implantat va abatment o‘rtasidagi birikma zonasida yuqori darajadagi germetizmni ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: turli hil konstruksiyaga ega implantat-abatment birikmalarida hosil bo‘luvchi mikro-bo‘shliqlarning bakterial invaziyaga moyilligi eksperimental tarzda o‘rganildi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 4-50-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-sonli bolalar stomatologiya klinikasining 26.02.2025 yildagi 42-sonli buyrug‘i bilan "Dental implantatlarning ichki strukturasiga bakterial invaziyani oldini olish usullari" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/80-son bilan tasdiqlangan) va "Dental implantatlar atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini erta aniqlash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/81-son bilan tasdiqlangan) nomli uslubiy tavsiyanomalar amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 7 maydagi №17/30-son xulosasi). Ijtimoiy axamiyati: “implantat-abatment” birikish sohasida yuqori germetizmga erishish orqali ortopedik konstruksiyasiyaning uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanadi va bemorlarning hayot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi asoratlar oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, yallig‘lanish asoratlari xavfini sezilarli darajada kamaytirish orqali mukozit va periimplantit davolanishiga hamda qayta protezlashga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha sarf harajatlar kamida 3000000 so‘m miqdorida tejaladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tadqiqotlar natijasida implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari – DI (destruksiya indeksi) va YaDI (yallig‘lanish-destruksiya indeksi) kabi parametrlar dinamikasini noinvaziv usulda baholash yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani aniqlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari – DI (destruksiya indeksi) va YaDI (yallig‘lanish-destruksiya indeksi) kabi parametrlar dinamikasi noinvaziv usulda klinik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi orqali yallig‘lanish darajasini baholash o‘rganildi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 4-50-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-sonli bolalar stomatologiya klinikasining 26.02.2025 yildagi 42-sonli buyrug‘i bilan "Dental implantatlar atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini erta aniqlash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/81-son bilan tasdiqlangan) nomli uslubiy tavsiyanomasi amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 7 maydagi №17/30-son xulosasi). Ijtimoiy axamiyati: implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari – DI (destruksiya indeksi) va YaDI (yallig‘lanish-destruksiya indeksi) kabi parametrlar dinamikasini noinvaziv usulda baholash yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi yallig‘lanish jarayonini klinik belgilari namoyon bo‘lmagan erta bosqichda aniqlanishi ta’minlanadi va bemorlarning hayot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi asoratlar oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, yallig‘lanish asoratlari xavfini erta bosqichda va sezilarli darajada kamaytirish orqali mukozit va periimplantit davolanishiga hamda qayta protezlashga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha sarf harajatlar kamida 3000000 so‘m miqdorida tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: germetizatsiyalovchi preparat qo‘llanilgan dental implantatlar sohasida parodontopatogen mikroorganizmlarning minimal darajasi bilan ijobiy mikrobiotsenoz shakllangani kuzatilgan va implantat-milk egati suyuqligida P. gingivalis, P. intermedia, T. denticola kabi mikroorganizmlar DNKsining nisbatan past miqdori (0,25 ± 0,01)*10⁴) aniqlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: tatbiq natijasida dental implantatlarining ichki interfeysiga bakterial invaziyani bartaraf etish yallig‘lanish asoratlar rivojlanishi oldi olinadi hamda amalga oshirilayotgan terapevtik chora-tadbirlar majmuasining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 4-50-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-sonli bolalar stomatologiya klinikasining 26.02.2025 yildagi 42-sonli buyrug‘i bilan "Dental implantatlarning ichki strukturasiga bakterial invaziyani oldini olish usullari" (Toshkent Davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/80-son bilan tasdiqlangan) va "Dental implantatlar atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini erta aniqlash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/81-son bilan tasdiqlangan) nomli uslubiy tavsiyanomalar amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 7 maydagi №17/30-son xulosasi). Ijtimoiy axamiyati: “implantat-abatment” birikish sohasida yuqori germetizmga erishish va bakterial invaziya darajasini kamaytirish orqali ortopedik konstruksiyasiyaning uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanadi va bemorlarning hayot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi asoratlar oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, yallig‘lanish asoratlari xavfini sezilarli darajada kamaytirish orqali mukozit va periimplantit davolanishiga hamda qayta protezlashga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha sarf harajatlar kamida 3000000 so‘m miqdorida kamaytirilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: implantat-milk egati suyuqligining immunoferment tahlili natijalari (TNF-α va aMMP-8 miqdori) va surtma-namunalarning sitomorfologik tahlili asosida baholangan yallig‘lanish ko‘rsatkichlari (DI va YaDI) o‘rtasidagi ijobiy korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali implantat atrofi sohasidagi to‘qimalarda patologik jarayonlar erta bosqichda aniqlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari – DI (destruksiya indeksi) va YaDI (yallig‘lanish-destruksiya indeksi) kabi parametrlar dinamikasi noinvaziv usulda klinik ko‘rsatkichlar va implantat-milk egatidan olingan suyuqligining immunoferment tahlili natijalari (biomarkyorlar miqdori) bilan bog‘liqligi orqali yallig‘lanish darajasini baholash prinsiplari ishlab chiqildi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.03.2025 yildagi 4-50-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar 4-sonli bolalar stomatologiya klinikasining 26.02.2025 yildagi 42-sonli buyrug‘i bilan "Dental implantatlarning ichki strukturasiga bakterial invaziyani oldini olish usullari" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/80-son bilan tasdiqlangan) va "Dental implantatlar atrofidagi to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini erta aniqlash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya instituti kengashining 20.02.2025 y. 01-r/81-son bilan tasdiqlangan) nomli uslubiy tavsiyanomalar amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Ilmiy-texnik Kengashning 2025 yil 7 maydagi №17/30-son xulosasi). Ijtimoiy axamiyati: implantat-milk birikmasining sitomorfometrik ko‘rsatkichlari va implantat-milk egatidan olingan suyuqligining immunoferment tahlili orqali aniqlangan yallig‘lanish biomarkyorlari miqdori kabi parametrlar dinamikasini noinvaziv usulda baholash yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi yallig‘lanish jarayonini klinik belgilari namoyon bo‘lmagan erta bosqichda aniqlanishi hamda o‘z vaqtida tegishli terapevtik muolajalarni boshlash ta’minlanadi va bemorlarning hayot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi asoratlar oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, yallig‘lanish asoratlari xavfini sezilarli darajada kamaytirish orqali mukozit va periimplantit davolanishiga hamda qayta protezlashga yo‘naltiriladigan qo‘shimcha sarf harajatlar kamida 3000000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.