Abdullaev Orifjon Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina ekuvchi ish organining parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T3176.
Ilmiy rahbari: texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdiraxmonov Ravshanbek Amanullaevich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor va Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich texnika fanlari doktori, professor tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina ekuvchi ish organining parametrlarini asoslash orqali umumiy xarajatlarni kamaytirish, ish unumini orttirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan ish organlardan tashkil topgan kombinatsiyalashgan mashinaning ekuvchi ish organlarining konstruksiyasi va texnologik ish jarayonlari talablar darajasida ekishni amalga oshirilishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan mashina ekuvchi ish organlarining parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar tuproq xossalari va mashina harakat tezligini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
kombinatsiyalashgan mashina ekuvchi ish organining parametrlari urug‘larni ekish chuqurligi talablar darajasidan kam bo‘lmasligi hamda tortishga qarshilik minimal bo‘lishini hisobga olinib asoslangan;
ekuvchi ish organining parametrlarining maqbul qiymatlari uning talablar darajasidagi agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlashi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqish va ekuvchi ish organining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk parkazi ”ning foydali modelga patenti olingan (“Avvalgi pushtaga makka urug‘ini takroriy ekuvchi seyalka”, FAP 2682 – 2025 y.). Natijada o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashinani tajriba nusxasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi axborot maslahat markazi DUK, Andijon viloyati Andijon hamda Asaka tumanlaridagi Vodiy ishonch ko‘rki va Tolibjon chorvasi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 16-dekabrdagi 05/04-04-656-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ekuvchi ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashina ko‘llanilganda mehnat sarfi 45,8 foizga va gektariga sarflanadigon ekspluatatsion harajatlar esa 30,7 foizga kamayishiga erishilgan;
o‘g‘itlash bilan birga takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina ishlab chiqarishini o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy topshiriq va chizmalar) Andijontexmash MChJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 16-dekabrdagi 05/04-04-656-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan ekuvchi ish organi bilan jixozlangan kombinatsiyalashgan mashinani sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.