Turdiev Baxtiyor Ergashovichning
falsaf doktor (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Chigit shikastlanishini kamaytirish maqsadida elevator uchun ishchi organ ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. (PhD)/T5100.
Ilmiy rahbar: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanaot instituti” “Mexanika muhandisligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurad Xasanovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti. PhD.03/28.08.2024. T.181.02.
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Dagal va tolali ekinlar xom ashyosini tozalashni ilmiy texnologik laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamolidinovich.
Andijon davlat texnika instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari doktori (DSc) Yuldashev Kozimjon Komiljonovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yshnalishi: amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi: Chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish maqsadida chigit elevatori uchun lentali konveer konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish maqsadida elevator cho‘michlaridan otilib chiqayotgan chigitning urilish jarayonini so‘ndirish orqali lentali konveerning samarali konstruksiyasini ishlab chiqish asosida aniqlangan;
chigitning mexanik shikastlanishini kamaytiruvchi lentali konveerning samarali konstruksiyasi ishlab chiqilib, uning tezliklari kattaliklarining qiymatlari  chigit oqimining OX va OY o‘qlari bo‘yicha vaqt o‘tishi bilan kamayib borishini aniqlash orqali asoslangan;
elevator cho‘michlaridan otilib chiqayotgan chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish asosida lentali konveerga borib urilgan chigitlarning lenta materialning qattiqligi va bikrligining qiymatlarini inobatga olgan holda aniqlangan; 
to‘liq omilli tajribalar natijalarini kompyuter amaliy programmalaridan foydalanilgan holda, dastlabki ishlash natijasida Fisher kriteriyasi bo‘yicha barcha chiqish parametrlarini yetarli darajada tavsiflovchi va lentali konveerning aylanishlar soni, chigit borib uriladigan yuzaning bikrliklariga bog‘liqligi kiruvchi omillari sifatida qabul qilingan lentali konveerning aylanish chastotasi 500 ayl/min, lentaning bikrligi 200 N/mm, lentali konveerning og‘ish burchagi 350 ni tashkil etgishi aniqlangan.
    IV . Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chigitni tashish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
paxta tozalash korxonalarida chigitlarni tashish  jarayonida elevator cho‘michlaridan otilib chiqayotgan chigitlarning shikastlanishini kamaytirish maqsadida lentali konveyerning takomillashtirilgan konstruksiyadagi uskunasi Surxondaryo viloyati, “Termiz Jayhun Klaster” MChJga qarashli Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasiga joriy etildi («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 18-martdagi №03/25-568 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu konstruksiyani qo‘llash natijasida lentali konveerni tadbiq etish hisobiga chigitning shikastlanishi amaldagisiga nisbatan 1,0 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish