Gulmurodov Abbos Gulmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog’i nomi): “Temir yo‘l sohasida xodimlarining kasbiy takomillashuvida sotsiologik yondashuv” 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/S81.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matibaev Tashpo‘lat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professori
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yuldashev Anvar Ergashevich, sotsiologiya fanlari doktori Gaffarova Mavluda Qurbonboevna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda temir yo‘l sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlar kasbiy rivojlantirishning xususiyatlarini sotsiologik tahlil asosida yoritib berish va mazkur tizimni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
temir yo‘l transporti tizimidagi kadrlarni sotsiologik tadqiqotlar asosida kasbiy kompetentligini (harakatni muvofiqlashtirish, xavfsizlikni ta’minlash, xodimlar bilan ishlash, raqamli boshqaruv tizimlari, jamoa bilan ishlash, muammolarni hal etish, stressga chidamlilik, yo‘l infratuzilmasi bilan ishlash) oshiruvchi transport harakatini optimallashtirish qoidalari ishlab chiqilgan;
temir yo‘l transporti korxonalarida xodimlarni tayyorlash va tanlab olishda raqamli texnologiyalar va onlayin o‘qitish tizimidan foydalanish ishchi kuchining malakasi, kasbiy tayyorgarlik darajasi, ishga bo‘lgan motivatsiyasi, o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati, mehnatga qoniqish darajasi, mehnat intizomi va samaradorligini tahlil qilish imkonini berishi sotsiologik asoslantirilgan;
temir yo‘l tizimidagi kadrlarni tayyorlashda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda moslashuvchan o‘quv kurslarni tashkil etish tizimining yo‘lga qo‘yilishi sohada etuk kadrlar tayyorlash samaradorligiga ilg‘or innovatsion o‘quv metodlari (interaktiv, kasbiy analitikaga tayangan monitoring)dan foydalanish orqali erishilishi sotsiologik asoslantirilgan;
temir yo‘l sohasidagi xodimlarning ijtimoiy xavfsizligini taminlash jarayonlarini yanada optimallashtirishga yo‘naltirilgan psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hamkorlik va ijtimoiy fikrni inobatga olish mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurati sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimi korxonalarida boshqaruv samaradorligini ta’minlash, temir yo‘l korxonalari faoliyatini boshqarish tartibini takomillashtirish, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
dissertatsiyada o‘rganilgan masalalar (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda qo‘llanildi. Jumladan, temir yo‘l xodimlarining kasbiy kompetentligini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish soha rivojining jadallashuvida dolzarb ahamiyat kasb ettirish masalalarini amaliy sotsiologik jihatdan o‘rganishga va sermahsul natijalarga erishishni ta’minlashga asos yaratilishi yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalar asosidagi taklif va tavsiyalardan foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2024-yil 29 martdagi 01-16/53-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni aniqlash, kadrlar salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dissertatsiyada O‘zbekiston temir yo‘llar tizimidagi kadrlarning infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bu kadrlarni boshqarish va rivojlantirish uchun asosiy vazifalarining samaradorligini oshirishda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh mutaxassislarning o‘zlari egallagan sohalarida bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining xususiyatlari («ta’lim tizimi – mehnat bozori – yosh mutaxassis» o‘rtasida integratsiya) qilishni o‘rganishda qo‘llanildi. (Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024-yil 6-martdagi 02-01/192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yosh mutaxassis kadrlarni boshqarish va rivojlantirish samaradorligi oshdi yosh mutaxassislarning o‘zlari egallagan sohalarida bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratildi.
Dissertatsiyada O‘zbekiston temir yo‘llar tizimidagi kadrlarning infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bu kadrlarni boshqarish va rivojlantirish uchun asosiy vazifalarining samaradorligini oshirishda mutaxassis kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirishning innovatsion omillari tahlil va tadqiq qilish natijasida temir yo‘l transporti tizimidagi xodimlarni mehnat samaradorligini oshirishning zamonaviy innovatsion omillarning tizimli faoliyatini yaxshilash, ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi komponentlarni empirik tadqiqotlar orqali ochib berishga erishiladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi tomonidan — xodimlarni boshqarish uslublari va uning huquqiy acoclarini takomillashtirish mezonlari tavsiflanib, tizimlashtirildi. («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2024-yil 14-fevraldagi 07/590-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xodimlarning erishishi lozim bo‘lgan faoliyat samaradorligi (KRІ) bo‘yicha dastur yaratish va xodimlarni boshqarishda qo‘llash, mazkur uslubiy ishlanma mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi temir yo‘l xodimlarining kasbiy kompetentligini aniqlash, mavjud kamchiliklarni hal qilishda foydalanildi.
Dissertatsiyada temir yo‘l sohasidagi xodimlarning ijtimoiy xavfsizligini taminlash jarayonlarini yanada optimallashtirishga yo‘naltirilgan psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hamkorlik va ijtimoiy fikrni inobatga olish mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurati tadqiq etilgan va bu borada muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyalardan Oliy Majlisning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining parlament nazorati doirasida olib borilgan o‘rganishlari hamda uning natijasiga doir qabul qilingan qo‘mita qarorini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2024-yil 29 apreldagi 24-11/12-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir yo‘l sohasidagi xodimlarning ijtimoiy xavfsizligini taminlash bo‘yicha psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hamkorlik va ijtimoiy fikrni inobatga olish mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurati sotsiologik asoslantirilgan.