Durmanov Akmal Shaymardanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iq146
Ilmiy rahbar: Farmanov To‘lqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.I.155.01
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali                                                                         
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirishning ilmiy–uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxona xo‘jaliklari faoliyatining samaradorligini belgilovchi “Ekologiya, jamiyat va boshqaruv” (ESG) darajasi bo‘yicha “juda past [0,00 - 0.200]”, “past [0,201 - 0,400]”, “o‘rtacha [0,401 - 0,600]” va “yuqori [0,601 – 0,800)”, “juda yuqori [0,801 – 1,000]” integral baholash mezonlariga asoslangan uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
issiqxonada etishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishdan olinadigan qo‘shilgan qiymat miqdori va o‘zgaruvchi indikatorlar o‘rtasidagi qisqa va uzoq muddatli bog‘liqlik indeks darajasiga bevosita ta’sir etadigan (EVIEWS dasturi) omillar tahliliga muvofiq, issiqxona klasterlari faoliyatini maqbullashtirish va rivojlantirishning tashkiliy–iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
issiqxona xo‘jaliklarining raqamli transformasiyalarga tayyorgarlik darajasini o‘zaro bog‘liq beshta ko‘rsatkichlar (tanlash, sifat, mazmun, mavzu-tarmoq, dastur-tavsiya) va ettita reyting tizimlari (DIGITAL) (D – defisitlar, I – qishloq xo‘jaligidagi innovasiyalar, G – er resurslari va iqlim; I – infratuzilma, T – asbob-uskunalar, texnologiya, A – ma’muriy jarayonlar, L – qonunchilik) orqali ekspert hamda miqdoriy baholash uslublari ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda issiqxonalarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi to‘rtta asosiy gipoteza - omillar, ya’ni, (H1) iqtisodiyotda barqaror faoliyat ko‘rsatish, (H2) salohiyatli agrologistika va infratuzilma sub’ektlari faoliyati, (H3) davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, biznesning shaffof va jozibador muhiti, (H4) raqobat ta’siri kabi omillardan iborat konseptual model ishlab chiqilgan;
issiqxona xo‘jaliklarida raqamli ta’minot zanjiri integrasiyasi 15ta omilli DEA tahlili orqali amalga oshirilib, unda ishlab chiqarish natijalari, iqtisodiy samaradorlik va rentabellik o‘rtasidagi gipotezaviy munosabatlarni xaritalashning konseptual tadqiqot modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligi "Ekologiya, jamiyat va boshqaruv" (ESG) darajasi bo‘yicha “juda past [0,00 – 0,200]”, “past [0,201 - 0,400]”, “o‘rtacha [0,401 - 0,600]” va “yuqori [0,601 – 0,800]”, “juda yuqori [0,801 – 1,000]” integral baholash mezonlariga asoslangan uslubiy yondashuvlar amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-675-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 2024 yil 19 noyabrdagi 01/03-1483/AR-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu uslubiy tavsiyalar qishloq xo‘jaligi rahbarlarining ishbilarmonlik qobiliyatini baholash, shuningdek atrof-muhitga etkazilgan zararni qoplash, boshqaruv samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyali ish o‘rinlarini yaratish, investisiyalar rentabelligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport darajasini oshirishga imkon beradi;
issiqxonada etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati va o‘zgaruvchi indikatorlar o‘rtasidagi qisqa va uzoq muddatli bog‘liqlik indeks darajasiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni EVIEWS dasturi yordamida tahlil qilish asosida oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat ekinlarining samaradorligini oshirish uchun issiqxona klasterlari faoliyatini maqbullashtirishning tashkiliy–iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-675-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-uslubiy tavsiyalar hududlardagi muammolarni hal etishda jamoaviy qarorlar qabul qilish, texnologik integrasiya, resurslarni tejash, importga qaramlilik masalasini hal qilish, ekinlarni diversifikasiya qilish, shaffoflik va resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlashda klasterlar hamkorligini mustahkamlash va davlat-xususiy sherikligida boshlang‘ich sarmoyalarni samarali shakllantirishga imkon beradi;
qishloq xo‘jaligi sub’ektlarining (issiqxonalarning) raqamli transformasiyalarga tayyorlik darajasiga ko‘ra ko‘p bosqichli tashxis qo‘yadigan raqamli tahlil metodologiyasi "Green capital" MChJ hamda "Bek cluster" MChJlariga joriy qilinib, u beshta o‘zaro bog‘liq bosqichda (tanlash, sifat, mazmun, mavzu-tarmoq, dastur-tavsiya) va ettita baholash bo‘limi, ya’ni (DIGITAL) (D – defisitlar, I – qishloq xo‘jaligidagi innovasiyalar, G – er resurslari va iqlim; I – infratuzilma, T – asbob-uskunalar, texnologiya, A – ma’muriy jarayonlar, L – qonunchilik) o‘z ichiga oliadi. Mazkur taklif etilayotgan ko‘rsatkichlar va reyting tizimi orqali ekspert va miqdoriy baholash uslublari ishlab chiqarishda keng miqyosda qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-675-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-uslubiy tavsiyalar hududlardagi fermerlarni raqamli savodxonlik dasturlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, raqamli platformalarga moslashish, ekin, harorat kabi jarayonlarni monitoringini optimallashtirishga xizmat qiladi;
O‘zbekistonda issiqxonalarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi to‘rtta gipoteza - omillar, yaʼni, (H1) iqtisodiy barqarorlik issiqxonani rivojlantirishda ijobiy va muhim rol o‘ynashini, (H2) qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma, (H3) davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, resurslarning mavjudligi, biznes faolligi va anʼanaviy tajriba kabi omillar, (H4) raqobat ta’siri kabi omillar asosida konseptual modeli (bu model 0.934 koeffisient  ko‘rsatkichga ega) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilish va o‘quv darsliklarida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-675-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-uslubiy tavsiyalar  amaliyotga bosqichma-bosqich joriy qilinishi issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, zamonaviy biznes boshqaruvini tashkil etish, biznes rajalar ishlab chiqish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish, resurs tejaydigan yangi texnologiyalardan foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda keng miqyosda foydalanib, yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratadi;
issiqxona xo‘jaliklarida raqamli ta’minot zanjiri integratsiyasi 15ta faktorli DEA tahlili orqali amalga oshirilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarish natijalari, iqtisodiy samaradorlik va rentabellik o‘rtasidagi gipotezaviy munosabatlarni xaritalashning konseptual tadqiqot modeli ishlab chiqarishga joriy qilish uchun qabul qilingan. Mazkur modellarda qishloq xo‘jaligi ma’lumotlari oqimi va ta’minot zanjiridan iborat platformalarga ulanish qo‘shimcha afzalliklar, xususan, issiqxona xo‘jaliklarining rentabellik darajasini kamida 36%ga o‘sishi, xarajatlar miqdori 19%ga kamayishi, mehnat unumdorligi 29%ga oshishi va raqamli integratsiya anʼanaviy amaliyotga nisbatan 22% maqbullashtirilgan texnik samaradorlikka mos kelishi aniqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-675-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-uslubiy tavsiyalar  issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va uni isloh qilish hamda faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha manzilli yo‘l xaritalari, maqsadli dasturlar va chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish maqsadga muvofiq.

Yangiliklarga obuna bo‘lish