Kurbaniyazova Venera Enverovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kesarcha kesish o‘tkazgan ayollarda operasiyadan keyingi chandiqning izchilligini baholash mezonlari», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1610.
Ilmiy maslahatchi: Xudoyarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Muxayyo Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan ayollarda jarrohlik amaliyotidan keyingi chandiqning holatini baholash va tug‘ruqdan keyingi reabilitatsiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadonida chandig‘i bo‘lgan ayollarni tashxislash usullari homilador va tug‘uvchilarda kesar kesishdan so‘ng chandiqning holati qarab tug‘ruqdagi akusherlik asoratlari va salbiy oqibatlarni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan;
kesarcha kesishdan keyin chandiq holatini aniqlashda IV tipdagi kollagen darajasi soz chandiqda ko‘payganligi, nosoz chandiqda esa uning kamayganligi, UTT-dopplerografiyasida soz chandiqda to‘liq qonli kapillyarlar va kichik kalibrli tomirlar orasida fibroelastik elementlar borligi, nosoz chandiqda esa bachadon bo‘shlig‘i deformatsiyasi, burmalar mavjudligi, gistologik tekshirishda nosoz chandiq sohasida ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteley, giperkeratoz sohalari, soz chandiqda esa fibroz to‘qima va granulyasion to‘qima mavjudligi, IV tipdagi kollagen bachadon chandig‘ini baholashda prediktor ekanligi aniqlangan;
kesarcha kesishdan keyingi homiladorlikni olib borish taktikasini takomillashtirish uchun qondagi IV tipdagi kollagen darajasining ahamiyati va uning jarrohlik aralashuvidan keyingi chandiqning sozligiga ta’siri aniqlangan;
keyingi homiladorlik va tug‘ruq natijalarini yaxshilash, qondagi IVtipdagi kollagen darajasini oshirish maqsadida magnit terapiyasi va ul`tratovush terapiyasi yordamida reabilitatsiya choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
homila ko‘tara olmaslikda desidual to‘qimaning immunogistokimyoviy xususiyatlarini tavsiflash, shuningdek, immunologik jarayonlar, qon tomir va gormonal buzilishlarning kasallik shakllanishidagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbig‘i haqida SSV Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/24-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bachadonida chandig‘i bo‘lgan ayollarni tashxislash usullari homilador va tug‘uvchilarda kesar kesishdan so‘ng chandiqning holati qarab tug‘ruqdagi akusherlik asoratlari va salbiy oqibatlarni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati perinatal markazining 28.06.2022 yildagi 75/«T», Samarqand shahar 1-son tug‘ruq kompleksi 12.10.2021 yildagi 116/32-sonli amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi buyruqlari bilan tasdiqlangan; ijtimoiy samaradorligi: chandiq holatini aniq baholash orqali homilador ayollarda asoratlarning kamayishi kuzatiladi, bu esa onalar va chaqaloqlarning sog‘lig‘ini yaxshilashga, ayollarda homiladorlikka nisbatan ishonchni oshirishga va psixologik yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi; iqtisodiy samaradorligi: qayta gospitalizatsiya va jarrohlik amaliyotlari 25-30%ga qisqaradi. O‘zbekistonda kesarcha kesishdan keyin asoratlarni davolashning o‘rtacha xarajati taxminan 4 mln so‘mni tashkil etadi. Taqdim etilgan diagnostik usullarning qo‘llanishi har bir bemorda taxminan 1,2 mln so‘m iqtisod qilish imkoniyatini beradi; xulosa: taqdim etilgan diagnostik usullarning qo‘llanilishi tibbiy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi, homiladorlik va tug‘ruq natijalarini yaxshilaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kesarcha kesishdan keyin chandiq holatini aniqlashda IVtipdagi kollagen darajasi soz chandiqda ko‘payganligi, nosoz chandiqda esa uning kamayganligi, UTT-dopplerografiyasida soz chandiqda to‘liq qonli kapillyarlar va kichik kalibrli tomirlar orasida fibroelastik elementlar borligi, nosoz chandiqda esa bachadon bo‘shlig‘i deformatsiyasi, burmalar mavjudligi, gistologik tekshirishda nosoz chandiq sohasida ko‘p qavatli yassi muguzlanadigan epiteley, giperkeratoz sohalari, soz chandiqda esa fibroz to‘qima va granulyasion to‘qima mavjudligi, IVtipdagi kollagen bachadon chandig‘ini baholashda prediktor ekanligi aniqlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati perinatal markazining 28.06.2022 yildagi 75/«T», Samarqand shahar 1-son tug‘ruq kompleksi 12.10.2021 yildagi 116/32-sonli amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi buyruqlari bilan tasdiqlangan; ijtimoiy samaradorligi: reproduktiv bashorat yaxshilanadi, kesar kesishdan so‘nggi homiladorliklarda asoratlarning oldini olish mumkin bo‘ladi; iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chandiq holatini bashoratlash orqali takroriy tashxis va davolash xarajatlari 20–25% kamayadi. Bunda o‘rtacha bir asoratli holatni davolash xarajati 3 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha bo‘lganini hisobga olsak, 100 bemorda umumiy iqtisod 60–80 mln so‘mni tashkil etadi; xulosa: IV turdagi kollagen darajasini aniqlash, bachadondagi chandiqning mustahkamligini baholashda iqtisodiy jihatdan samarali va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan usul hisoblanadi.
uchinchi ilmiy yangilik: kesarcha kesishdan keyin ayollarni homiladorligini olib borish taktikasini takomillashtirish uchun qondagi IVtipdagi kollagen darajasining roli va uning jarrohlik amaliyotidan keyingi chandiqning sozligiga ta’siri aniqlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati perinatal markazining 28.06.2022 yildagi 75/«T», Samarqand shahar 1-son tug‘ruq kompleksi 12.10.2021 yildagi 116/32-sonli amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi buyruqlari bilan tasdiqlangan; ijtimoiy samaradorligi: har bir bemorga individual yondashuv asoratlar xavfini kamaytiradi, onalarning reproduktiv sog‘lig‘i va hayot sifatini yaxshilaydi; iqtisodiy samaradorligi: kollagen IV darajasini kuzatish natijasida tibbiy xarajatlar 15–20%ga qisqarib, har bir bemorda o‘rtacha 450–750 ming so‘m, 100 bemorga yiliga 50–70 mln so‘m tejaladi; xulosa: IV turdagi kollagen darajasidan mezon sifatida foydalanish orqali homiladorlikni individual ravishda kuzatish mumkin bo‘lib, bu o‘z navbatida iqtisodiy jihatdan foydali natijalarga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keyingi homiladorlik va tug‘ruq natijalarini yaxshilash, qondagi IV tipdagi kollagen darajasini oshirish maqsadida, magnit terapiya, ul`tratovush terapiyasi yordamida reabilitatsiya choralari ishlab chiqilgan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati perinatal markazining 28.06.2022 yildagi 75/«T», Samarqand shahar 1-son tug‘ruq kompleksi 12.10.2021 yildagi 116/32-sonli amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi buyruqlari bilan tasdiqlangan; ijtimoiy samaradorligi: fizioterapevtik tadbirlar tufayli ayollarning reproduktiv salomatligi yaxshilanadi, bachadon chandig‘ining holati mustahkamlanadi, keyingi homiladorliklarda asoratlar xavfi pasayadi; iqtisodiy samaradorligi: magnit terapiyasi va ul`tratovush terapiyasi xarajatlari bir bemor uchun 250–300 ming so‘mni tashkil etib, asoratlarning oldini olish natijasida har bir bemordan 400–750 ming so‘mgacha, 100 bemorda 40–75 mln so‘mlik iqtisodiy tejamga erishiladi; xulosa: magnit terapiyasi va ul`tratovush terapiyasini qo‘llash bachadonda chandig‘i bo‘lgan ayollarning homiladorlik davridagi kuzatuv sifatini yaxshilaydigan klinik samarali va iqtisodiy jihatdan maqbul usul hisoblanadi.