Eshonqulov Shuxrat Bunyodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ soxasining yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish», 14.00.21-Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3205.
Ilmiy rahbar: Azimov Aziz Muxamadjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shalabaeva Klara Zulxarnaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarra davlat universiteti (Ispaniya).
II. Tadqiqotning maqsadi: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish infil`tratida konservativ yoki xirurgik davolash taktikasini tanlashda ul`trasonografik dopplerografiya axamiyati asoslangan;
erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llanilganida, yiringli yaradagi patogen florani apoptozi sababli mikrofloraning yaxshilanishi aniklangan;
o‘tkazilgan solishtirma va mikrobiologik taxlillar xulosasiga ko‘ra, antibakterial fotodinamik terapiyadan keyin, patogen florani o‘sish balandligi pasayganligi sababli fotodinamik terapiya samaradorligi isbotlangan;
erta yoshdagi bolalarda yuz jag‘ soxasi o‘tkir yiringli yallig‘lanish jarayonlarini fotodinamik terapiya mezonlari asosida kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 26.08.2024 yildagi 5-sonli №05/17 yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha xulosasi
birinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish infil`tratida ul`trasonografik tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng xirurg-stomatologning kelgusi taktikasi belgilab berilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasida yallig‘lanish kasalliklarini o‘ziga xos noodatiy kechishini inobatga olgan xolda shifokorni taktikasini aniqlashtirish maqsadida ul`trasonografik dopplerografiya tekshiruvini o‘tkazish davolash samaradorligin oshirishda muhim hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar 4 sonli bolalar stomatologik poliklinikasi 02.08.2023 yildagi 64-son buyruq bilan va Samarqand shaxar ko‘p tarmoqli viloyat bolalar markazida 21.08.2023 yildagi 131/4-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 26.08.2024 yildagi 5-sonli №05/17 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi yallig‘lanish infil`tratida ul`trasongrafik dopplerni qo‘llash shifokor taktikasinii aniqla imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni davolash taktikasini aniqlash uchun infil`trat soxasida mikrotsirkulyasiya holatini o‘rganish zarur. Taklif etilgan davolash usuli iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 1800000 so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohsida yallig‘lanish kasalliklarini o‘ziga xos kechishini inobatga olgan holda ul`trasonografik doppler tekshiruvini qo‘llash amaliyoti samaradorligi asosida “Erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish kasalliklarida jarrox taktikasini aniqlash maqsadida dupleks ul`tratovush tekshiruvi samaradorligini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 27.03.2023 yildagi №04-r/20-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ soxasidagi yiringli kasalliklarda shifokor taktikasini aniqlashtirish va davolash davolash samaradorligini oshirishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani utkazish orkali mikrofloraning yaxshilanishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ soxasini yiringli kasalliklarini davolash vaqtida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llanilishi antibakterial davodan keyingi bo‘lishi mumkin bo‘lgan oshqozon ichak tarktidagi buzilishlarni oldini olish imkonini beradi va shu yo‘l bilan bemorlarni statsionar sharoitda yotish kunini kamayishiga yordam berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar 4 sonli bolalar stomatologik poliklinikasi 02.08.2023 yildagi 64-son buyruq bilan va Samarqand shaxar ko‘p tarmoqli viloyat bolalar markazida 21.08.2023 yildagi 131/4-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 26.08.2024 yildagi 5-sonli №05/17 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli kasalliklarini davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash orqali erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli kasalliklarini davolashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar sababli bemorlarni statsionar sharoitda qolish kunini oshishini kamaytirish orqali davolashda sarflanadigan sarf xarajatlar xar bir bemor uchun 1015000 so‘m iqtisod qilish imkoniga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: erta yoshdagi bolalarda yuz jag‘ sohasi yiringli yallig‘lanish kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash samaradorligi asosida “Erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasining yiringli yallig‘lanish kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 27/03/2023yildagi №04-r/19-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma bolalarda yirinngli kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan solishtirma taxlillar asosida davolash natijalari baxolangan va fotodinamik terapiya samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: antibakterial fotodinamik terapiyani erta yoshdagi baolalarda yuz jag‘ sohasi yiringli yallig‘lanish kasalliklaridan qo‘llanilishi, yiringli bo‘shliqlarni xirurgik yo‘l bilan ochilgan keyingi bosqichda qo‘llanilishi, yarada tez fursatda yiringli ajralma ajralishi kamayishiga olib keldi va bemorlarni umumiy va maxalliy xolatini yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar 4 sonli bolalar stomatologik poliklinikasi 02.08.2023 yildagi 64-son buyruq bilan va Samarqand shaxar ko‘p tarmoqli viloyat bolalar markazida 21.08.2023 yildagi 131/4-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 26.08.2024 yildagi 5-sonli №05/17 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: antibakterial fotolinamik terapiyani qo‘llanilishi erta yoshdagi bolalarda yiringli kasalliklarda yiringli yarani tezrok tuzalishi, umumiy va maxalliy xolatni yaxshilashi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash usuli iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 1300000 so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: erta yoshdagi bolalarda yuz jag‘ sohasi yiringli yallig‘lanish kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash samaradorligi asosida “Erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasining yiringli yallig‘lanish kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 27/03/2023yildagi №04-r/19-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma bolalarda yirinngli kasalliklarida antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot natijalari asosida erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda fotodinamik terapiyaning qo‘llanilishini ketma-ketlik sxemasi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: erta yoshdagi bolalarda yiringil yallig‘lanish kasalliklarida ul`trasonografik doppler tekshiruvini va antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash uchun davolash algoritmi ketma ketligi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Toshkent shaxar 4 sonli bolalar stomatologik poliklinikasi 02.08.2023 yildagi 64-son buyruq bilan va Samarqand shaxar ko‘p tarmoqli viloyat bolalar markazida 21.08.2023 yildagi 131/4-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 26.08.2024 yildagi 5-sonli №05/17 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda yiringli yallig‘lanish kasalliklarida ul`trasonografik doppler tekshiruvini va antibakterial fotodinamik terapiyani qo‘llash an’anaviy terapiyaga qaraganda samaraliroq bo‘lib, tibbiy reabilitatsiya muddatlari qisqaroq va davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks davolash usulidan foydalanish erta yoshdagi bolalarda yuz jag‘ sohasi yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolashda sarflanadigan sarf-harajatlarining 40% ga qisqarishiga olib keladi va bemorlarning statsionar davolanish uchun sarflanadigan safj xarajatlarni yo‘qqa chiqaradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasida yallig‘lanish kasalliklarini o‘ziga xos kechishini inobatga olgan holda, yallig‘lanish jarayoni erta yoshdagi bolalarda atipiktarzda kechishi kabi ko‘rinish kasb etshganligini inobatga olgan xolda ul`trasonografik doppler tekshiruvini qo‘llash amaliyoti samaradorligi asosida “Erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ sohasi yallig‘lanish kasalliklarida jarrox taktikasini aniqlash maqsadida dupleks ul`tratovush tekshiruvi samaradorligini baxolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 27.03.2023 yildagi №04-r/20-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma erta yoshdagi bolalarda yuz-jag‘ soxasidagi yiringli kasalliklarda shifokor-jarrox taktikasini aniqlashtirish va davolash samaradorligini oshirishga, hamda yallig‘lanish jarayonida jarroxlik amaliyotini oldinii olishga imkon berdi. Bu esa o‘z navbatida bemorlarni statsionar sharotida qolish kunini kamayishiga olib keladi.