Pardaev Fayzulla G‘affarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini investisiyaviy moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3774
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universitet
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umid Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga investisiyaviy moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangidan boshlanadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni qurishni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali transport infrastrukturasini rivojlantirish asoslangan;
avtomobil yo‘llarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning samarali nazoratini ta’minlash, hududiy ehtiyojlarga moslashtirilgan tizimni joriy etishda “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo‘linmalari faoliyatining moliyaviy mustaqilligini oshirish orqali mahalliy byudjetlar bilan integratsiyalashgan mexanizmi takrif etilgan;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida saqlash va joriy ta’mirlash kabi ekspluatatsiya ishlarini ausorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish orqali davlat byudjetiga yukni kamaytirgan holda sarflanayotgan mablag‘larning yuqori natijaviyligini ta’minlash asoslangan;
bajarilayotgan yo‘l ishlarining sifati hamda sarflanayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirishda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yangidan qurish va rekonstruksiya ishlarida loyihani boshqarish va texnik nazoratini yuridik makomga ega bulgan mustakil tashkilotlar tomonidan amalga oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini investisiyaviy moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangidan boshlanadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni qurishni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish orqali transport infrastrukturasini rivojlantirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasining 2025 yil 30 yanvardagi 02-441-son dalolatnomasi). Natijada, 2024 yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 202,2 mln dollar o‘zlashtirilib, 272 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan.
avtomobil yo‘llarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning samarali nazoratini ta’minlash, hududiy ehtiyojlarga moslashtirilgan tizimni joriy etishda “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo‘linmalari faoliyatining moliyaviy mustaqilligini oshirish orqali mahalliy byudjetlar bilan integratsiyalashgan mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasining 2025 yil 30 yanvardagi 02-441-son dalolatnomasi). Natijada, sobiq “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” davlat muassasasining markaziy idorasi faoliyati tugatilib, davlat muassasasi hududiy bo‘linmalarining markazdan hududlarga o‘tkazilishi orqali nafaqat moliyaviy nazorat, balki hududiy ehtiyojlarga moslashtirilgan, samarali va javobgar tizimni joriy etish imkoniyati yaratilgan;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida saqlash va joriy ta’mirlash kabi ekspluatatsiya ishlarini ausorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish orqali davlat byudjetiga yukni kamaytirgan holda sarflanayotgan mablag‘larning yuqori natijaviyligini ta’minlashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasining 2025 yil 30 yanvardagi 02-441-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo‘llarida saqlash va joriy ta’mirlash kabi ekspluatatsiya ishlariga xususiy sektorni jalb qilish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha (jami 260 km) bo‘lgan 26421,1 mln so‘mlik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishga erishilgan;
bajarilayotgan yo‘l ishlarining sifati hamda sarflanayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirishda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yangidan qurish va rekonstruksiya ishlarida loyihani boshqarish va texnik nazoratini yuridik makomga ega bulgan mustakil tashkilotlar tomonidan amalga oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasining 2025 yil 30 yanvardagi 02-441-son dalolatnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llar qo‘mitasi tomonidan 2024 yil mart-avgust oylarida O‘zbekiston muxandis-konsul`tantlar uyushmasi (Assocition Consulting Enjineers of Uzbekistan) bilan hamkorlikda 301 nafar mahalliy mutaxasssilarni Xalqaro muxandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va talablari asosida malakasini oshirib maxsus sertikat bilan ta’minlangan.