Xasanov Bobur Raximberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlar kasb tanlashida kognitiv uslublar shakllanishining individual-psixologik xususiyatlari”19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1226.
Ilmiy rahbar: Qabulov Qosimboy Pirjonovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/04.01.2025.P.190.01.
Rasmiy opponentlar: Psixologiya fanlari falsafa doktori(PhD) Qodirov Obid Safarovich, psixologiya fanlari doktori, professor Usmonova Manzura Naimovna.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘smir o‘quvchilar kasb tanlashida kognitiv uslublar shakllanishining individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda uni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘smirlarning axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishdagi bilish faoliyatining individual xususiyatiga ko‘ra o‘quvchilardagi tezkor qaror qabul qilish, verbal qobiliyatlarning “kattalik hissi” negizida tipologik sifatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kognitiv maydondan mustaqil fikrlash va refleksiv jihatlarning kasb tanlashga ta’siri “vaziyatni streotipik intelektualizatsiyalash”ga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davridagi yoshga oid psixologik xususiyatlarni inobatga olib bilish faoliyatining impulsivlik, qaror qabul qilishdagi tezkorlik, kognitiv maydondan mustaqillik, eksternallik, beqarorlik bilan bog‘liq jihatlarini ta’lim jarayoni, hayot tarzida dinamik rivojlanishi tufayli, kasbiy tasavvurlar differensiatsiya va integratsiyasini shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatining ambivert ta’siri asosida shakllantirish muhimligi isbotlangan;
o‘smirlardagi kognitiv faollikning intellekt tiplari bilan o‘zaro bog‘liq namoyon bo‘lishi natijasida o‘quvchilarning diqqat fokusini proforentatsion ma’lumotlariga qaratilishi axborotlarga tolerantlik va o‘zgaruvchan axborotlarga moslashuvchanlikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasb tanlashning vizual-fazoviy, lingvistik tafakkur ta’sirida barqarorlashuvi dalillangan;
o‘smirlarning kasb tanlashiga destruktiv va konstruktiv kognitiv sifatlarni ta’siri bilish jarayonlarini motivatsion xususiyatlar negizida semantik maydondan mustaqil yoki maydonga tobelikning ekvivalent chegaralarida differensial namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli axborotlarni vizual, audial, sensor-emotsional idrok etishdagi kognitiv uslubning shakllanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘smir o‘quvchilar kasb tanlashida kognitiv uslublar shakllanishining individual-psixologik xususiyatlari boʻyicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
O‘smirlarning axborotlarni idrok qilish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishdagi bilish faoliyatining individual xususiyatiga ko‘ra o‘quvchilardagi tezkor qaror qabul qilish, verbal qobiliyatlarning “kattalik hissi” negizida tipologik sifatlarga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kognitiv maydondan mustaqil fikrlash va refleksiv jihatlarning kasb tanlashga ta’siri “vaziyatni streotipik intelektualizatsiyalash”ga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir natijalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-340-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida tahsil oluvchi o‘smir o‘quvchilarda kognitiv uslublar rivojlanishining individual-psixologik imkoniyati oshishiga erishilgan;
o‘smirlik davridagi yoshga oid psixologik xususiyatlarni inobatga olib bilish faoliyatining impulsivlik, qaror qabul qilishdagi tezkorlik, kognitiv maydondan mustaqillik, eksternallik, beqarorlik bilan bog‘liq jihatlarini ta’lim jarayoni, hayot tarzida dinamik rivojlanishi tufayli, kasbiy tasavvurlar differensiatsiya va integratsiyasini shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabatining ambivert ta’siri asosida shakllantirish muhimligi isbotlanganligiga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-340-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir o‘quvchilar kasb tanlashida kognitiv ulsublarning shaklanishiga ta’sir etuvchi psixologik sifatlar takomillashtirilgan;
o‘smirlardagi kognitiv faollikning intellekt tiplari bilan o‘zaro bog‘liq namoyon bo‘lishi natijasida o‘quvchilarning diqqat fokusini proforentatsion ma’lumotlariga qaratilishi axborotlarga tolerantlik va o‘zgaruvchan axborotlarga moslashuvchanlikni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasb tanlashning vizual-fazoviy, lingvistik tafakkur ta’sirida barqarorlashuvi dalillanganligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-340-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar kasb tanlashida kognitiv uslubning o‘rni qay darajada ekanligiga erishilgan;
o‘smirlarning kasb tanlashiga destruktiv va konstruktiv kognitiv sifatlarni ta’siri bilish jarayonlarini motivatsion xususiyatlar negizida semantik maydondan mustaqil yoki maydonga tobelikning ekvivalent chegaralarida differensial namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli axborotlarni vizual, audial, sensor-emotsional idrok etishdagi kognitiv uslubning shakllanishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-340-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-340-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda konstruktiv kognitiv uslublarni rivojlantirishning psixologik modeli ishlab chiqilgan.