Rustamov Xusan Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda demokratik prinsiplarga asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish masalalari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal912
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jurakulov Furkat Noryigitovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich falsafa fanlari doktori, professor, Musaev Faxridin Abdusattarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning ilmiy-nazariy muammolarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, davlat hokimiyatining bo‘linish prinsiplari vakolatlarini markazdan soqit qilish (desentralizatsiya), ayrim vakolatlarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish (dekonsentratsiya) hokimiyatning vertikal va gorizontal mutanosibligi hamda o‘zaro tiyib turishdagi amaliy ta’sirchanlik roli asoslangan;
global o‘zgarishlar sharoitida davlat boshqaruvidagi nokoersitiv bo‘linishining integratsiyalashgan prinsiplari, “parallel huquqiy munosabatlar”, hokimiyatning muqobil tuzilmalari, “ishtirok etish menejmenti” kabi kreatsion tizimlarni keltirib chiqarib boshqaruvda qonun ustivorligiga ta’siri orqali ijtimoiy jamiyatda o‘zgarishlar va bifurkatsiya omillarini keltirib chiqarishi ochib berilgan;
“markazlashtirish – markazdan chetlashtirish” tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p jihatdan mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum bilan emas, balki uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanishi, iqtisodiy va siyosiy markazdan soqit qilish o‘rtasida integrativ va deintegrativ farqlarga ko‘ra yondashilishi ilmiy asoslangan;
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi davlat boshqaruvi ga nisbatan quyi organ komplementar-ma’muriy, ijtimoiy-huquqiy maqomi xususiyati ga ko‘ra o‘zini o‘zi boshqaruvchi mustaqil institut sifatida juda ko‘p siyosiylashuvi hamda partiyalashuvi ijobiy jarayon emasligi dalilllangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishi natijalarini ijtimoiy – falsafiy jihatdan tahlil qilish asosida:
fuqarolik jamiyati sharoitida davlat hokimiyati bo‘linishi prinsipini metodologik asoslashda vakolatlarni markazdan soqit qilish (desentralizatsiya), ayrim vakolatlarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish (dekonsentratsiya) hokimiyatning vertikal va gorizontal mutanosibligi hamda o‘zaro tiyib turishdagi amaliy ta’sirchan roliga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil hisobotida qonunchilik normalarini takomillashtirish va xulosalar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 14-iyundagi 2-13-21-3285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mafkuraviy immunitetini yuksaltirish mexanizmlari va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga, davlat suverenitetini mustahkamlashda, fuqarolarda ijtimoiy faollik, daxldorlik hissi kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
hokimiyatning nokoersitiv bo‘linishining integratsiyalashgan prinsipi, yozilmagan qonunlar, “parallel huquqiy munosabatlar”, hokimiyatning muqobil tuzilmalari, boshqaruvning raqobatga asoslangan mexanizmlari, “ishtirok etish menejmenti” konsepsiyasi, qonunlar izomorfizmi, kreatsion tizimlar xususiyatlari, qonunning talab etilgan darajada ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy o‘zgarishlarning krizisli va bifurkatsiyali jihatlarining mavjudligi ijtimoiy-falsafiy xususiyatiga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yilda tasvirga olingan “Saylov – kelajak tanlovi”, “Partiyalar minbari” va “Saylov 2024” kabi ko‘rsatuvlarni ssenariylarini tayyorlashda hamda “Xulosa o‘zingizdan” kabi davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan. Natijalar davlat hokimiyati idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yilishida, ularning faoliyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan foydalanishiga xizmat qilgan (Yoshlar ijodiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 16-iyundagi 14-02-91-son dalolatnomasi). Natijada, davlat xokimiyati idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yilishida, ularning faoliyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan foydalanishga hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil davomida efirga uzatishga tayyorlangan targ‘ibot materiallarini tayyorlash xizmat qilgan;
“markazlashtirish – markazdan chetlashtirish” tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘p jihatdan mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum bilan emas, balki uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanishi, iqtisodiy va siyosiy markazdan soqit qilish o‘rtasida integrativ va deintegrativ farqlarni aniqlashga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024-yil hisobotida qonunchilik normalarini takomillashtirish va xulosalar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 14-iyundagi 2-13-21-3285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mafkuraviy immunitetini yuksaltirish mexanizmlari va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga, davlat suverenitetini mustahkamlashda, fuqarolarda ijtimoiy faollik, daxldorlik hissi kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi davlat boshqaruviga nisbatan quyi organ komplementar-ma’muriy, ijtimoiy-huquqiy maqomi xususiyatiga ko‘ra o‘zini o‘zi boshqaruvchi mustaqil institut sifatida juda ko‘p siyosiylashuvi va partiyalashuvi ijobiy jarayon emasligiga oid ilmiy xulosa hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yilda tasvirga olingan “Saylov – kelajak tanlovi”, “Partiyalar minbari” va “Saylov 2024” kabi ko‘rsatuvlarni ssenariylarini tayyorlashda hamda “Xulosa o‘zingizdan” kabi davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan. Natijalar davlat hokimiyati idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yilishida, ularning faoliyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan foydalanishiga xizmat qilgan (Yoshlar ijodiy birlashmasi aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 16-iyundagi 14-02-91-son dalolatnomasi). Natijada, davlat xokimiyati idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yilishida, ularning faoliyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish va ulardan foydalanishga hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil davomida efirga uzatishga tayyorlangan targ‘ibot materiallarini tayyorlash xizmat qilgan.