Muratova Dildora Abdumanapovnaning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ekologik madaniyatni yuksaltirishning jamiyat sotsiomadaniy transformasiyasiga ta’siri» 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fal298
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06. raqamli ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tilavov O‘ktamjon G‘ulomovich Falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Omonov Boxodir Nurullaevich falsafa fanlari doktori (DSc), professor, Muxtorov Azamat falsafa fanlari doktori, professor, Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ekologik madaniyatni yuksaltirishning jamiyat sotsiomadaniy transformatsiyasiga ta’sirini falsafiy-metodologik jihatdan tadqiq etish, ekologik madaniyatni rivojlantirishning konseptual asoslarini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ekologik madaniyatni yuksaltirishning tarixiy-ma’naviy, diniy-axloqiy va zamonaviy-innovatsion asoslari tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning o‘zaro aloqadorligi va transformatsiyasi qonuniyatlari aniqlanib, shu jumladan milliy qadriyatlar tizimida ekologik madaniyatning o‘rni va ahamiyati, uning zamonaviy jamiyat talablariga moslashish jarayonlari o‘rganilgan;
oliy ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari va davlat organlarining ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi o‘zaro hamkorligining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini ochib berilib, ekologik madaniyatni yuksaltirishning yangi institusional mexanizmi sifatida “Oliy ta’lim muassasasi-sanoat-davlat” uchburchagi tamoyilining ahamiyati ilmiy asoslantirilgan;
jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi ekologik muloqot mexanizmlari, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari va vositalari batafsil tahlil qilinib, media makonda ekologik masalalarni yoritishning zamonaviy usullari va samarali kommunikatsiya strategiyalari tizimlashtirish asosida “Ijtimoiy-ekologik kommunikatsiya” modelining konseptual asoslari ishlab chiqilgan;
ta’lim tizimida ekologik tarbiyaning innovatsion metodlari ishlab chiqilib, ekologik madaniyatni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan hamda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va virtual reallik texnologiyalarining qo‘llanilish istiqbollari ilmiy jihatdan asoslangan;
xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirish usullari, global ekologik tashabbuslarga qo‘shilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish strategiyasi sifatida ekologik madaniyatni yuksaltirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari tizimlashtirilib, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish va ekologik tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda ekologik madaniyatni yuksaltirishning jamiyat sotsiomadaniy transformatsiyasiga ta’siri” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish jarayoni va uning sotsiomadaniy transformatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hamda qonuniyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi faoliyatida foydalanilgan (xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2025-yil 24 martdagi 03-03/1-03/3-2822-sonli ma’lumotnomasi). 
jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi ekologik muloqot mexanizmlari, ularning samaradorligini oshirish yo‘llari va vositalari batafsil tahlil qilinib, media makonda ekologik masalalarni yoritishning zamonaviy usullari va samarali kommunikatsiya strategiyalari tizimlashtirish asosida “Ijtimoiy-ekologik kommunikatsiya” modelining konseptual ilmiy asoslaridan O‘zbekiston ekologik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2025-yil 14-apreldagi 02/122-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar partiyaning ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha dasturlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari va davlat organlarining ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi o‘zaro hamkorligining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini roli va ahamiyatiga doir ilmiy xulosa va takliflardan Tadbirkorlar va ish bilarmonlar harakati. O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasiga tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘ZLIDEP  2025-yil 08-apreldagi 01-27/170-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘ZLIDEPga oid loyihalar sifati va ta’sirchanligi oshgan;
yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlari va innovatsion usullariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markaziningning milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 1 apreldagi 10/161-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlar o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ekologik madaniyatni yuksaltirishning xalqaro tajribasi va uni milliy sharoitga moslashtirish mexanizmlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston ekologik harakatida foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakatining 2025-yil 18 martdagi 03/18-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar ekologik harakatning dasturiy maqsadlari hamda xalqaro ekologik loyihalarni amalga oshirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish