Ne’matov Shoxzodbek Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda uzlyuksiz ta’lim tizimining takomillashtirilishi (2017–2021-yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1436
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ravshan Berdimuradovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Xatamov Toxir Abdumutalovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonda uzlyuksiz ta’lim tizimining takomillashtirilishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
         2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini, ta’lim tizimida nodavlat sektorning takomillashtirilishi, tizimning moliyalashtirish manbalarining ko‘payishi, xalqaro hamkorlikda tizimning moddiy – texnika bazasini mustahkamlanishi va innovatsion tizimning rivojlanishi hamda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tashkil etilishi natijasida maktabgacha ta’lim sohasida bolalar qamrov ko‘rsatkichlari 27 foizdan 62 foizga o‘sganligi asoslangan; 
2017-2021 yillarda respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-tehnik holatini rivojlantirishga qaratilgan davlat “Investisiya”, “Obod qishloq”, va “Obod mahalla” dasturlari amalga oshirilishiga qaramasdan umumta’lim maktablarida moddiy – texnik bazasining etarli bo‘lmaganligi, 3000 dan ortiq maktablarda o‘quvchilar ovqatlanishi uchun oshxonalar tashkil etilmaganligi, 1726 ta umumta’lim maktabi qo‘lbola pechlar yordamida isitilishi aniqlangan, ilk marotaba umumta’lim maktablarining o‘quvchilar ta’lim darajasini aniqlash bo‘yicha PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS kabi xalqaro dasturlarda ishtiroki yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekistonning 81 ta davlat ishtirok etgan PISA tadqiqotida 78 o‘rinni egallaganligi, biroq, “Prezident”, “Ixtisoslashtirilgan”, “Ijod” hamda nodavlat maktablarda xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinni olgan o‘quvchilar bo‘lganligi aniqlangan; 
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishda xalqaro standart tasniflagichining darajalariga mos keluvchi dasturlar (“World skills”, “Soft skills”) ning joriy qilinishi, mexnat bozoridagi ish o‘rinlariga malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga qaratilgan va oliy ta’lim tizimining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan uyg‘unlashgan professional ta’limning joriy qilinishi asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar sohasida yangi bosqich boshlanganligi dalillangan;  
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimiga nodavlat sektorning, shuningdek, ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari va filiallarining kirib kelishi abiturientlarning oliy ta’lim bilan qamrab olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi sababli qamrovning 9 foizdan 28 foizga oshganligi, xalqaro hamkorlikning yuqori darajaga ko‘tarilganligi hamda davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitining vujudga keltirilganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda uzlyuksiz ta’lim tizimining takomillashtirilishi (2017–2021-yillar) tadqiqoti davomida ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda uzlyuksiz ta’lim tizimining tarixshunosligi va uning bosqichlari, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, uzlyuksiz ta’limning modernizatsiya qilinishi, xalqaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishi kabi tadqiqot natijalari “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 3-dekabrdagi 02-31-1241-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda aks etgan ilmiy materiallar uzlyuksiz ta’lim tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni chuqur anglashga yordam bergan;
2017-2021 yillarda respublikada maktabgacha ta’lim tizimiga nodavlat sektorning takomillashtirilishi natijasida sohada moliyalashtirish manbalarining ko‘payishi hamda samarali innovatsion tizimning qo‘llanilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarining ko‘payishi natijasiga oid ilmiy xulosa va natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 3-dekabrdagi 02-31-1241-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli teletomoshabinlarda O‘zbekiston Respublikasi uzlyuksiz ta’lim tizimining takomillashtirilishiga oid yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;  
O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarda umumta’lim maktablari ishtirok etishining yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro standart tasniflagichining darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va malakali mutaxassis sifatida mehnat bozoriga kirib kelishiga ko‘maklashishning samarali mehanizmlari joriy qilinishi bilan bog‘liq natijalar “O‘zbekiston tarixi (O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-43 son ma’lumotnomasi).O‘quv qo‘llanmada aks etgan ilmiy materiallar umumiy o‘rta ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni chuqur anglashga yordam bergan; 
           Oliy ta’lim tizimiga nodavlat sektorning hamda ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari va filiallarining kirib kelishi natijasida qamrovning kengayib borishi, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitining vujudga kelishi natijalariga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi (O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixi)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-43 son ma’lumotnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlarni arxiv hujjatlari ma’lumotlari asosida yoritilishi mazkur o‘quv qo‘llanmaning boyitilishiga xizmat qilgan hamda bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarda mazkur mavzular yuzasidan ma’lumotlar olishlariga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish