Habibullaev Ma’rufjon Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal872
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Temur Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataquloviya falsafa fanlari doktori(DSc), professor; Mamatov Obidxon Vaqqosovich falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda korrupsiyaviy munosabatlarni shakllantiruvchi salbiy ijtimoiy fenomenlarga nisbatan murosasiz sensorni faollashtirish, ijtimoiy hayotdagi noaniq o‘zgarishlar va manfaatlar to‘qnashuvlarni oldini olishga olib kelishi orqali kishilarda adolat va tenglik tamoyillarini idrok etish ko‘nikmasini takomillashtirishi dalillangan;
kishilarda korrupsiyani idrok etish ko‘nikmasini shakllantirish huquqiy javobgarlik va ijtimoiy murosasiz muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini hosil qilishi sababli jamiyatni tashkil etuvchi subektlar o‘rtasidagi sotsial kataklizmlar (bo‘hronlar)ni oqilona hal etishga olib kelishi asoslangan;
ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarining shahsiy va assotsiativ ko‘rinishlarini institusional rivojlantirish orqali korripsiyaga qarshi kurashga doir atributiv kategoriyalar (ijtimoiy nazorat va jamoaviy birdamlik) jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’sir etishi asoslangan;
korrupsiyaga qarshi komplaens faoliyatning institusional salohiyatini oshirish, jamiyatda ijtimoiy ishonchni shakllantirishi, shaxsda statik (mavjud qonunlar) hamda dinamik (jamiyatning rivojlanishi qonunlari) qonunlarga nisbatan axloqiy mas’uliyatni yuksaltirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda korrupsiya tahdidining oldini olishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda korrupsiyaviy munosabatlarni shakllantiruvchi salbiy ijtimoiy fenomenlarga nisbatan murosasiz sensorni faollashtirish, kishilarda korrupsiyani idrok etish ko‘nikmasini shakllantirishda xalqimizning axloqiy-ma’naviy qadriyatlari aks ettirilgan meʼyor va tamoyillar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat va jamiyat boshqaruvi siyosatini keng jamoatchilik ongiga transformatsiyalashning raqamli va oshkoralikka asoslangan mezoni hamda targ‘ibot-tashviqot va ta’lim-tarbiya tizimi faoliyatiga yanada ko‘proq e’tibor qaratishga doir taklif va xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xuzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-iyuldagi 02-832-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga hamda ijtimoiy hayotdagi noaniq o‘zgarishlar va manfaatlar to‘qnashuvlarni oldini olishga olib keluvchi adolat va tenglik tamoyillarini idrok etish ko‘nikmasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kishilarda korrupsiyani idrok etish ko‘nikmasini shakllantirish huquqiy javobgarlik va ijtimoiy murosasiz muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini hosil qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati, tartibga solish chora ko‘rish singari funksional mexanizmlarining uslubiy, metodologik, amaliy jihatlarini yanada takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 04/11-8580-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ma’rifiy omillarini tizimlashtirishga doir qarashlarining metodologik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarining shahsiy va assotsiativ ko‘rinishlarini institusional rivojlantirishga oid xulosa va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xuzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-iyuldagi 02-832-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korripsiyaga qarshi kurashga doir atributiv kategoriyalar (ijtimoiy nazorat va jamoaviy birdamlik) jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’sir etishini asoslashga hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda ma’naviy-ma’rifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi komplaens faoliyatning institusional salohiyatini oshirish, jamiyatda ijtimoiy ishonchni shakllantirishi, shaxsda statik (mavjud qonunlar) hamda dinamik (jamiyatning rivojlanishi qonunlari) qonunlarga nisbatan axloqiy masʼuliyatni yuksaltirishga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 04/11-8580-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ma’rifiy omillarini tizimlashtirishga doir qarashlarining metodologik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.