Sultonov Akmaljon Xasanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Temurbek Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori (DSc), professor Nazarov Nasriddin Ataqulovich va falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Aytbaev Mansurbek Yusupovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlar va oila munosabatlarida yuz berayotgan ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv davrida oila va yoshlar munosabatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlari dinamik tabiatga ega madaniy institutlar (urf-odat, marosim, an’analar) faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarib, an’anaviy qadriyatlarning zamonaviy ijtimoiy ongda qayta konstruksiyalanishga yordam berishi falsafiy asoslangan;
yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni takomillashtirish, oila institutini mustahkamlashi orqali ma’naviy barqarorlikni ta’minlab, jamiyatda "ontologik uzilish" va "aksiologik ziddiyat" larni oldini oliishi isbotlangan;
jamiyatda oilaviy identiklik va yoshlar mentaliteti o‘rtasidagi dialektik munosabatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi orqali rivojlantirish, yoshlar va oila munosabatlari paradigmasida avlodlararo qadriyatlar kolliziyasini oldini olib, jamiyatda ijtimoiy uzviylikni saqlashning “aksiologik adaptatsiya” va “intergeneratsion tranzit” (avlodlararo qadriyatlar uzatilishi) kabi mexanizmlari aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar dialektik aloqadorligini ta’minlash, ijtimoiy ongda “aksiologik integratsiya” jarayonini rivolantirib, yoshlarda an’anaviy qadriyatlardan axloqiy tayanch, zamonaviy qadriyatlardan esa erkin tafakkur va ijodiylik tamoyillarini uyg‘unlashishiga olib kelishi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasi asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
globallashuv davrida oila va yoshlar munosabatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-madaniy transformatsiya jarayonlari dinamik tabiatga ega madaniy institutlar (urf-odat, marosim, an’analar) faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarishiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ”O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi ”O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qator dasturlari (”Ta'lim va taraqqiyot”, ”Millat va ma’naviyat”, ”Dugonalar” dasturlarida 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi sonlari) da ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ”O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 26-iyundagi 05-09-1023-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar O‘zbekistonda yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
yoshlar ongida aksiologik orientatsiyaga asoslangan munosabatni takomillashtirish, oila institutini mustahkamlashi orqali ma’naviy barqarorlikni ta’minlab, jamiyatda "ontologik uzilish" va "aksiologik ziddiyat" larni oldini oliishiga oid xulosa va takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 16-bandi “Yoshlarni umummilliy g‘oyalar ostida birlashtirish, targ‘ibot ishlarini kreativ usullarda amalga oshirish, ijtimoiy faol, huquqiy-siyosiy, iqtisodiy savodxon yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish maqsadida Markaz huzurida “Yangi kuch” – yosh ma’rifatparvarlar harakati klubini tashkil qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyuldagi 10/410-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasini yaxshilashga xizmat qilgan;
jamiyatda oilaviy identiklik va yoshlar mentaliteti o‘rtasidagi dialektik munosabatlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar sintezi orqali rivojlantirish, yoshlar va oila munosabatlari paradigmasida avlodlararo qadriyatlar kolliziyasini oldini olib, jamiyatda ijtimoiy uzviylikni saqlashning “aksiologik adaptatsiya” va “intergeneratsion tranzit” (avlodlararo qadriyatlar uzatilishi) kabi mexanizmlari ochib berishga doir xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ”O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi ”O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qator dasturlari (”Ta’lim va taraqqiyot”, ”Millat va ma’naviyat”, ”Dugonalar” dasturlarida 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi sonlari) da ssenariylar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ”O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 26-iyundagi 05-09-1023-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar O‘zbekistonda yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek jamiyatida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar dialektik aloqadorligini ta’minlash, ijtimoiy ongda “aksiologik integratsiya” jarayonini rivolantirib, yoshlarda an’anaviy qadriyatlardan axloqiy tayanch, zamonaviy qadriyatlardan esa erkin tafakkur va ijodiylik tamoyillarini uyg‘unlashishiga olib kelishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 16-bandi “Yoshlarni umummilliy g‘oyalar ostida birlashtirish, targ‘ibot ishlarini kreativ usullarda amalga oshirish, ijtimoiy faol, huquqiy-siyosiy, iqtisodiy savodxon yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish maqsadida Markaz huzurida “Yangi kuch” – yosh ma’rifatparvarlar harakati klubini tashkil qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyuldagi 10/410-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar yoshlar va oila munosabatlarida ijtimoiy-madaniy an’analar transformatsiyasini yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish