Bekbauliev Ruslan Ismail o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Yuqori mustahkam va namlikka chidamli modifikatsiyalangan gilgips bog‘lovchisi ”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5165.
Ilmiy rahbar: Asamatdinov Marat Orınbaevich texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotcent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/05.04.2025.T.20.12.
Rasmiy opponentlar: Isakulov Bayzaq Razakovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Hamza Ibadovich, texnika fanlari nomzodi, professor.                  
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy gil gips (gips bog‘lovchisi aralashgan) bog‘lovchilar asosida faol mineral qo‘shimchalar bilan kompozision gilgips bog‘lovchilar ishlab chiqish va tarkibini yaxshilab, yumshash koeffisienti va siqilishga mustahkamligini oshirishni ta’minlaydigan materiallar, jumladan mineral bog‘lovchi texnologiyasining formulasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
faol mineral qo‘shimchaning namlikka bardoshligini taminlaydigan maqbul tarkib gil-gips bog‘lovchilariga maxsus tanlangan portlandsement, superplastifikator S-3 va Tashkent traktor zavodi qolip uchun ishlatilgan qumi (kremnezemli) aralashmasi bilan birgalikda mexanik-kimyoviy faollashtirish orqali ishlab chiqilgan;
gil-gips bog‘lovchilariga maxsus tanlangan optimal tarkibli faol mineral qo‘shimcha xossalarni yo‘naltirilgan tarzda rostlash uchun mo‘ljallangan DEG-1 polimer epoksid smolaning me’yori suvga chidamliligi, aralashmaning to‘ldiruvchiga nisbatan zichligi va eritmaning o‘rtacha zichligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan aralashmalarning mustahkamligi va suvga chidamliligi faol mineral qo‘shimcha hamda to‘ldiruvchi nisbatiga, zichlik va o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichlari to‘ldiruvchi miqdoriga, suvga bo‘lgan talab esa epoksid polimerli modifikator miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi ko‘p parametrli matematik munosabatlar aniqlangan;
material tarkibida asosiy karkasni hosil qiluvchi kalsiy sulfat ikki gidrati kristallari bilan bir qatorda, eritmaning suvga va sovuqqa chidamliligini ta’minlovchi CSh(B) tipidagi o‘ta dispers gidrosilikatlar hamda gidroalyuminatlar shaklidagi yangi fazalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan gilgipsli bog‘lovchi tarkiblarini loyihalash va xossalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gil-gips bog‘lovchilariga maxsus tanlangan portlandsement superplastifikator S-3 ishlatilgan Tashkent traktor zavodi qumi (kremnezemli) aralashmasi bilan birgalikda mexanik-kimyoviy faollashtirish orqali olingan faol mineral qo‘shimchaning namlikka bardoshligini taminlaydigan optimal tarkib ishlab chiqilganligi hamda gil-gips bog‘lovchilariga maxsus tanlangan optimal tarkibli faol mineral qo‘shimcha xossalarni yo‘naltirilgan tarzda rostlash uchun mo‘ljallangan DEG-1 polimer epoksid smolaning me’yori suvga chidamliligi, aralashmaning to‘ldiruvchiga nisbatan zichligi va eritmaning o‘rtacha zichligi aniqlanganligiga oid takliflar Buxoro viloyati “JAMBAY GYPSUM PRODUCTION" MChJ faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurulish va uy-joy kommunal xojaligi vazirligining 2025-yil 20-iyundagi 04-07/01-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada 15-35 MPa markadagi gil gipsli biriktiruvchi tarkibining suvga talabchanligini 27-38% darajadcha kamaytirishga erishilgan;
ishlab chiqilgan aralashmalarning faol mineral qo‘shimcha to‘ldiruvchiga nisbatan mustahkamligi va suvga chidamliligi, to‘ldiruvchiga nisbatan zichligi va o‘rtacha zichligi, epoksid polimerli modifikatorga nisbatan suvga bo‘lgan talabning ko‘p omilli matematik bog‘liqliklari aniqlanganligi hamda fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida asosiy karkasni hosil qiluvchi kalsiy sulfat ikki gidrati kristallari, shuningdek, eritmaning suvga va sovuqqa chidamliligini ta’minlaydigan CSh(B) tipidagi o‘ta dispers gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar ko‘rinishidagi yangi hosilalarning tabiati aniqlanganligiga oid takliflar Nukus shahri “LEGEND STORY BIZNES” MChJ faoliyatida foydalanilgan (“Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurulish va uy-joy kommunal xojaligi vazirligi”ning 2025-yil 20-iyundagi 04-07/01-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada yumshash koeffisienti 0,74 dan 0,87 gacha kuchayishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish