Niyazmetov Umidbek Xudayberganovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Geografik axborot tizimi texnologiyalari asosida tuproq xususiyatlariga ko‘ra ekinlarni optimal joylashtirishning ilmiy asoslari», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/V135.
Ilmiy maslahatchi: Bobomurodov Shuxrat Mehribonovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproq xossa-xususiyatlariga bog‘liq holda geoaxborot tizimi texnologiyalaridan foydalanib, g‘o‘za va soya ekinlarini maqbul joylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za va soya ekinlarini joylashtirishda sug‘oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlari hamda tabiiy omillarga bo‘lgan talablari asosida muhit omillarini baholash koeffisientlari (MOBK=0,1; 0,3; 0,5; 0,7; 1,0) ishlab chiqilgan;
«tuproq xususiyatlari – tabiiy omillar – hududning suv bilan ta’minlanganlik darajasi – qishloq xo‘jaligi ekinlari» tizimida uyg‘unlashgan muhimlilik darajasi ball (MDB = 3; 5; 10) bilan baholangan;
g‘o‘za va soya ekinlarini tuproq ko‘rsatkichlariga va muhit omillariga bo‘lgan talabi asosida «yaroqlilik darajasi»ning koeffisientlari («juda qulay – >85%», «qulay – 70-85%», «o‘rtacha qulay – 60-70%»; «qulayligi kam – 50-60%», «mos emas – <50%») aniqlangan;
yarim gidromorf sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda g‘o‘za va soya ekinlarini tuproq hosil qiluvchi va muhit omillariga bo‘lgan talabi asosida maqbul joylashtirilganda tuproqlarda juda qulay va qulay er maydonlari g‘o‘za uchun 55%, soya uchun 63% ekanligi isbotlangan;
g‘o‘za va soya ekinlarini bugungi kundagi an’anaviy joylashtirishga nisbatan yangi ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotda joylashtirilganda 27,4 % samaradorlikka ega bo‘lishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘za va soya ekinlarini tuproq xossa-xususiyatlariga bog‘liq holda geografik axborot tizimi (GAT) texnologiyalaridan foydalanib, maqbul joylashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tuproq xossa-xususiyatlarirga ko‘ra ekinlarni joylashtirish dasturi» dasturiy ta’minoti «Sirdaryo» va «Parkent» tumanlari qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 maydagi 05/05/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayanch massivlarining tuproq xossa-xususiyatlariga mos g‘o‘z va soya ekinlarini avtomatik to‘g‘ri joylashtirish orqali sarf etiladigan vaqt va resurslarni tejash hamda er resurlaridan samarali va oqilona foydalanish imkonini bergan;
tayanch massivlari tuproqlarining mexanik tarkibi, gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy, sho‘rlanganlik darajasi kartogrammalari Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani «Malik» massivi hamda Toshkent viloyati Parkent tumani «Zarkent» massivida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 maydagi 05/05/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq xossa - xususiyatlarini va meliorativ holatini yaxshilash hamda yillik mineral o‘g‘it miqdorini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
g‘o‘za va soya ekinlarini tayanch massivlariga maqbul joylashtirish uchun M: 1: 10 000 masshtabli xaritalari «Malik» hamda «Zarkent» massivlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 maydagi 05/05/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning xossa - xususiyatlariga mos g‘o‘za va soya ekinlarini maqbul konturlarga joylashtirish imkonini bergan;
«Malik» va «Zarkent» massivlarining tuproqlarini holatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi «Sirdaryo» va «Parkent» tumanlari qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 maydagi 05/05/2504-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni sifatli va tezkor tahlil qilish hamda saqlash, tuproq ko‘rsatkichlarini sinflarga ajratish, er resurslaridan samarali foydalanish imkonini bergan.