Kambarov Elmurod Ahmadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta separatorining konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5347
Ilmiy rahbar: Obidov Avazbek Azamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aliev Botir Tohirjonovich, t.f.f.d., dotsent, Yuldashev Kozimjon Komiljonovich, t.f.d., dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport tizimidagi separator qurilmasining ishchi kamerasiga vakuum klapan orqali havo sizib kirishini bartaraf etish va paxtani mayda iflosliklardan tozalash imkonini beruvchi vakuum-klapan konstruksiyasini ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
separator ishchi kamerasidagi xavodan ajragan paxtani ishchi kemeradan keyingi texnologik jarayonga chiqarib yuboruvchi qiya burchak ostida joylashgan yangi konveer-lentali vakuum-klapan konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
konveer lentali vakuum-klapanda paxtaning tabiiy xususiyatlariga salbiy ta’sir qilmagan xolda paxta tarkibidagi mayda iflosliklardan tozalovchi to'rli yuza konstruksityasi ishlab chiqilgan;
pnevmotransportda paxtani tashish masofasini uzaytirish maqsadida separator ishchi kamerasiga xavo kirishini bartaraf etuvchi elastik egiluvchan vakuum-klapan parraklari ishlab chiqilgan;
separator qurilmasining takomillashtirilgan konveer lentali vakuum-klapan qiyalik burchagi, konveer lentani aylanishlar soni, konveer parraklari orasidagi masofa va to‘rli sirt bilan ta’sirlashuvi asosida tola va chigit mexanik shikastlanishini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani havo yordamida tashish jarayonidagi separator qurilmasini vakuum-klapan konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida: 
Paxta separatorining ishchi kamerada havo oqimidan ajralayotgan paxta xomashyosini tashqi muhitga vakuum-klapani orqali mayda iflosliklardan tozlagan holda chiqarib yuborish bilan bir qatorda ishchi kameraga havoni sizib kirishini bartaraf etish imkonini beruvchi separator vakuum-klapani konstruksiyasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyatining Kosonsoy paxta tozalash AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 iyuldagi №03/25-1783-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani havodan ajratish jarayonida paxta nuqsonlari va iflosligi 0,3%, yangi separatorni ishlab chiqarishga o‘rnatib tajribalar olish natijasida 15-16 % gacha iflosliklardan tozalash samaradorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish