Allabergenova Komila Sabirjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Krestguldoshlar qandalalarining biologik rivojlanishiga ekologik omillarning ta’siri», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B868.
Ilmiy rahbar: Gandjaeva Lola Atanazarovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov Abdivohid Hakimovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati krestguldoshlar oilasiga mansub ekinlari agrobiotsenozi yarimqattiqqanotlilarining tur tarkibi, ekologik va biologik xususiyatlarini harorat ta’sirida o ’zgarishini ilmiy nuqtai nazardan isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniy krestguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklarda Eurydema maracandica, yovvoyi krestguldosh o‘simliklarda esa Eurydema wilkinsi dominant tur sifatida isbotlangan;
ilk bor Xorazm viloyati hududida individual tarzda Eurydema maracandica va Eurydema wilkinsi turlarining generatsiya davrlari (bahorgi uyg‘onish davri, juftlashish va tuxum qo‘yish davri, lichinka hamda imago davlari) aniqlangan;
krestguldoshlar qandalalarining dominant vakillarini biologik va ekologik xususiyatlarini harorat ta’sirida o‘zgarishini ilmiy nuqtai nazardan to‘liq o‘rganilgan hamda ilmiy asoslangan;
krestguldoshlar qandalalarining generatsiya davrida o‘simliklarning ahamiyatini ta’sir darajasi o‘rganilgan va adaptiv trofik aloqasi aniqlangan;
morfologik jihatidan o‘xshash bo‘lgan tur Eurydema ornata ning molekulyar-genetik yondashuv asosida identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Krestguldoshlar ekinlarida yarimqattiqqanotlilar (Heteroptera) faunasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyati hududida tarqalgan krestguldoshlar entomofaunasiga oid qandalalarning 17 avlod 27 ta turga mansub 65 nusxadagi hasharotlar Zoologiya  kolleksiyasiga topshirilib amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 22 avgustdagi 4/1255-1891-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kolleksiya namunalari Shimoli g‘arbiy O‘zbekiston hududlarida tarqalgan krestguldoshlar qandalalarining tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, ularning morfo-biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganishda, invaziv va foydali turlarni farqlashda hamda biologik rolini baholashda, shuningdek shu sohaga oid atlas tayyorlashda foydalanish imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Xorazm viloyati yarimqattiqqanotlilar turkumi turlarining mDNK (COI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024-yil 3-avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Eurydema ornata turi uchun – PQ098143 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish