Maxsudov Oyatillo Muxibillaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali  yurak  etishmovchiligi rivojlanishi xavfi va klinik kechishini bashorat qilishning  klinik-laborator markerlari»  14.00.05-Ichki kasalliklar, 14.00.25-Klinik laborator va funksional  diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4866.
Ilmiy raxbarlar: Musashayxov Umidjon Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019/Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi patogenezida molekulyar-genetik markerlar va qon zardobidagi gomotsistein miqdorining ahamiyatini baholash hamda kasallikning rivojlanish xavfi va klinik kechishini erta bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda gipergomotsisteinemiya surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanish xavfini oshirishi hamda chap qorinchaning otish fraksiyasini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda MTHFR (Glu429Ala) polimorf lokusining noxush Ala/Ala gomozigot genotipi aniqlanganda surunkali yurak etishmovchiligi va uning og‘ir klinik shakli rivojlanish xavfini ortishi isbotlangan; 
VEGFA geni C-634G polimorfizmining salbiy C/C genotipi surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda chap qorincha otish fraksiyasi pasayish xavfini ishonchli darajada 5.3 marta oshirishi aniqlangan;
TP53 genidagi Pro47Ser va Pro72Arg polimorfizmlari surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanish xavfi va uning og‘irlik darajasini baholashda mustaqil prognostik marker sifatida xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfi va klinik kechishini bashorat qilishning klinik-laborator markerlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
birinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda gipergomotsisteinemiya surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanish xavfini oshirishi hamda chap qorinchaning otish fraksiyasini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: plazma gomotsisteini miqdorini surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfini xamda og‘irlik darajasini aniqlash markeri sifatida qo‘llash ushbu toifadagi bemorlarda erta bosqichlarda profilaktika va davo choralarini boshlash va maqsadga muvofiq bo‘lmagan, ko‘p xarajatli klinik-laborator tekshirish usullarini tayinlashni qisqartirish orqali bemorlar uchun moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.  Iqtisodiy samaradorligi: erta bosqichlarda plazma gomotsisteini darajasini o‘rganish surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlash uchun qo‘shimcha laborator-instrumental tekshiruvlar talab qilinmaydi, qo‘shimcha tekshiruvlar uchun vaqt va moddiy xarajatlarni kamaytirish va o‘z vaqtida profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali nogironlikni kamaytirish xamda bemorlarni mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda qondagi gomotsistein miqdorini baholash surunkali yurak etishmovchiligining og‘irligi bo‘yicha ishonchli marker sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi, shu bilan surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfini va klinik kechishini bashoratlashda salmoqli xissa qo‘shadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda MTHFR (Glu429Ala) polimorf lokusining noxush Ala/Ala gomozigot genotipi aniqlanganda surunkali yurak etishmovchiligi va uning og‘ir klinik shakli rivojlanish xavfini ortishi isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda MTHFR (Glu429Ala) polimorf lokusini tekshirish surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfi va uning klinik kechishini erta bashoratlash va bemorlarning xayot sifati yomonlashishi xamda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfi va uning klinik kechishini erta bashorat qilish orqali unga o‘z vaqtida davolash va profilaktik chora-tadbirlarini ko‘rish kasallikdan keyingi uzoq muddatli nogironlik hollarini kamaytiradi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi va mexnat qobilyatining saqlanib qolishiga olib keladi, bu esa bemorlarga va davlatga ijtimoiy-iqtisodiy yuklamani kamaytiradi. Xulosa: MTHFR Glu429Ala polimorfizmini tekshirishni amaliyotga tatbiq etish natijasida surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini oldini olishni o‘z vaqtida profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan; 
uchinchi ilmiy yangilik: VEGFA geni C-634G polimorfizmining salbiy C/C genotipi surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda chap qorincha otish fraksiyasi pasayish xavfini ishonchli darajada 5.3 marta oshirishi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VEGFA geni C-634G polimorfizmini o‘rganish yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi kabi og‘ir asoratlarning kamayishi hisobiga bemorlar turmush tarzining yaxshilanishi va umr ko‘rish davomiyligini uzayishiga olib kelish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda xastalikni molekulyar-genetik jihatlarini o‘rganish natijalari ushbu turdagi bemorlarga o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali sarflanadigan xarajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi.  Xulosa: ushbu bemorlarda kasallikni asoratlarini rivojlanishini erta bashorat qilish nogironlik va o‘lim darajasini sezilarli kamaytirgan, bu esa davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish orqali bemorlarga va davlatga ijtimoiy-iqtisodiy yuklamani kamaytirish imkonini bergan; 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TP53 genidagi Pro47Ser va Pro72Arg polimorfizmlari surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanish xavfi va uning og‘irlik darajasini baholashda mustaqil prognostik marker sifatida xizmat qilishi asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli shifoxonasi 29.01.2025 yildagi 26-son xamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 03.03.2025 yildagi 29-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 18 apreldagi 15/02-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TP53 geni Pro47Ser va Pro72Arg polimorf lokuslarini amaliyotga joriy etish surunkali yurak etishmovchiligi kabi asoratlar rivojlanishining xavfini kamaytirishga, tibbiy yordam sifatini oshirishga va uning profilaktikasida ijobiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Molekulyar-genetik tadqiqotlardan foydalanish surunkali yurak etishmovchiligining rivojlanish xavfini va klinik kechishini erta bashorat qilishga, shuningdek, ushbu kasallikning diagnostikasi, monitoringi va davolashga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: molekulyar-genetik tekshiruvlar orqali bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligini rivojlanish xavfini kamaytirish natijasida iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish