Usarov Farrux Madaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1130
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdumalikov Abdulatif Abidjanovich Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Gaffarova Gulchehra Gulamjanovna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“jamoat xavfsizligi”ning ilmiy-konseptual va ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida “xavfsizlik”, “jamoat xavfsizligi”, “jamoat xavfsizligini ta’minlash”, “jamoat tartibi” tushunchalarining funksional mazmuni aniqlashtirilib, qo‘llanilish doiralari va praksiologik asoslari falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyasi prizmasi orqali dalillangan;
axborotlashgan jamiyat sharoitida axboriy kurashlarning mafkuraviy (siyosiy, diniy, etnik va milliy), g‘oyaviy (ahloqiy, egotsentrik, manipulyasion), informatsion (soxta axborot, axborotni ochiqlash) tahdidlarni bartaraf etishga xizmat qiladigan va doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit konsepsiyani yaratish zarurati asoslangan;
axborotlashgan jamiyatda jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishdagi milliy manfaatlar, bu boradagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari (qonunchilikni takomillashtirish, maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish, malakali kadrlarni tayyorlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish) gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tahlil qilingan;
axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish natijasida jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlanganlik darajasi oshishi, qonun ustuvorligi mustahkamlanishi, jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanishi hamda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik darajasi oshishiga erishilishi falsafaning sabab va oqibat kategoriyasi asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy omillari bo’yicha olingan tadqiqot natiјalari asosida:
“jamoat xavfsizligi”ning ilmiy-konseptual va ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida “xavfsizlik”, “jamoat xavfsizligi”, “jamoat xavfsizligini ta’minlash”, “jamoat tartibi” tushunchalarining funksional mazmuni aniqlashtirilib, qo‘llanilish doiralari va praksiologik asoslari falsafaning imkoniyat va voqelik kategoriyasi prizmasi orqali dalillanganligiga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1290-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi zamonaviy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, bu boradagi bilimlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirishga xizmat qilgan. 
axborotlashgan jamiyat sharoitida axboriy kurashlarning mafkuraviy (siyosiy, diniy, etnik va milliy), g‘oyaviy (ahloqiy, egotsentrik, manipulyasion), informatsion (soxta axborot, axborotni ochiqlash) tahdidlarni bartaraf etishga xizmat qiladigan va doimiy ravishda takomillashtirib boriladigan kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni qamrab oluvchi yaxlit konsepsiyani yaratish zaruratiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F-OT-2021-248-raqamli “Funksional jadvallar asosida axborotlarni himoyalash uchun xavf-xatarlarni aniqlash, identifikatsiya va bartaraf qilishning intellektual usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 04/11-9828-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi axborotlashgan jamiyatda jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini umumlashtirish, qiyosiy tahlil qilish va asoslashga xizmat qilgan.
axborotlashgan jamiyatda jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishdagi milliy manfaatlar, bu boradagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari (qonunchilikni takomillashtirish, maqsadli va manzilli dasturlarni ishlab chiqish, malakali kadrlarni tayyorlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish) gipotetik-deduktiv yondashuv asosida tahlil qilinganligiga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil uchun “2.3.Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi”da belgilangan “Yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot bo‘lgan g‘oyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallarini tashkil etish” bandida belgilangan yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-avgustdagi 4-19-21-4257-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi axborotlashgan jamiyatda jamoat xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirishdagi milliy manfaatlar, bu boradagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
axborotlashgan jamiyat sharoitida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish natijasida jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlanganlik darajasi oshishi, qonun ustuvorligi mustahkamlanishi, jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanishi hamda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlik darajasi oshishiga erishilishi falsafaning sabab va oqibat kategoriyasi asosida ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 12-avgustdagi 05-09-1290-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi zamonaviy konsepsiyalarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish, bu boradagi bilimlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish