So‘fiev Abduhakim Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fa755
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna falsafa fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Manzura Abduraxmonovna Mannofovna sotsiologiya fanlari doktori, professor. Tojaliev Abduqosim Abdulxakimovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkor shaxs madaniyatining asosini tashkil etuvchi huquqiy madaniyatini shakllanish jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy jihatlarini aksiologik (qadriyat) hamda legal (normalar) ko‘rinishdagi analogiyalari orqali ochib berilgan;
tadbirkor shaxs huquqiy savodxonligi, kasbiy kompetensiyasi va ko‘nikmalarini oshirishda “ijtimoiy davlat” barpo etish sohadagi professional qonunchilikni takomillashuvchi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
globalizatsiya va integratsiya jarayonlarida tadbirkor shaxs dunyoqarashida huquqiy madaniyat shakllanishiga ta’sir etuvchi umumiy va maxsus omillarining institutsional aloqadorligi aniqlangan;
bozor munosabatlari elementlarini yanada keng joriy qilish tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishda erkinlashtirish, ya’ni liberalizatsiya tamoyilining sensual va intellektual jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari:
tadbirkor shaxs madaniyatining asosini tashkil etuvchi huquqiy madaniyatini shakllanish jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy jihatlarini aksiologik (qadriyat) hamda legal (normalar) ko‘rinishdagi analogiyalariga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 01-27/294-son Ma’lumotnomasi) Natijada, aholi o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikma va huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda oshirish orqali, ularda faol fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga xizmat qilgan;
tadbirkor shaxs huquqiy savodxonligi, kasbiy kompetensiyasi va ko‘nikmalarini oshirishda “ijtimoiy davlat” barpo etish sohadagi professional qonunchilikni takomillashuvchi ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 21-fevral 02-22/101-son Ma’lumotnomasi) Natijada, jamiyat ijtimoiylashuvi jarayonida yosh tadbirkorlar ko‘nikmalari hamda huquqiy madaniyatlarining oshishi, bu orqali esa ularni faollashuviga va mamlakatimiz iqtisodiy o‘sishi, aholi real daromadlarini oshishiga xizmat qilgan;
globalizatsiya va integratsiya jarayonlarida tadbirkor shaxs dunyoqarashida huquqiy madaniyat shakllanishiga ta’sir etuvchi umumiy va maxsus omillariga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 01-27/294-son Ma’lumotnomasi) Natijada, aholi tafakkurida innovatsion tadbirkorlik faoliyat turlari haqidagi ko‘nikma va huquqiy bilimlarni shakllantirish orqali, ularda professional kasbiy ko‘nikmalari bo‘yicha aniq tasavvurlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
bozor munosabatlari elementlarini yanada keng joriy qilish tadbirkor shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishda erkinlashtirish, ya’ni liberalizatsiya tamoyilining sensual va intellektual jihatlariga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi Markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Sud ekspertizasi Markazining, Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 12-oktyabrdagi 1/23-son Ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar dunyoqarashida huquqiy bilimlarni oshirish, tadbirkorlikka oid qonunchilikdagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borish orqali tadbirkorlar huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilgan.