Tojiboev Sarvarbek Po‘latjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Boshqaruv kadrlarida halollik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili”
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1246
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxtarov Azamat falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Amirxo‘jaev Shukurjon Qurbonovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshqaruv kadrlarida halollik va fidoyilik fazilatlarini rivoјlantirishning ijtimoiy-falsafiy јihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv kadrlarining shaxsiy fazilatlari — xususan, halollik va fidoyilikning ijtimoiy va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga oid mexanizmlari ochib berilgan;
zamonaviy global tendensiyalar tezkor o‘zgarishlar sharoitida boshqaruv kadrlarini aqliy va emotsional intellektual faoliyatini takomillashtirish omillariga tayanish kerakligi asoslangan;
mas’uliyatli rahbar obrazini shakllantirishda boshqaruv kadrlarida halollik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishining akmeologik mezonlari (motivatsiya, shaxsiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik va kreativlik) dalillangan;
boshqaruv kadrlarining kasbiy malakasini muntazam rivojlantirib borish tizimini modernizatsiya qilish, lider kadrlar faoliyati samaradorligini yangicha mezonlar asosida monitoring qilish tartibotining zarurati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshqaruv kadrlarida halollik va fidoiylik fazilatlarini rivoјlantirishning iјtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha bo‘yicha olingan tadqiqot natiјalari asosida:
boshqaruv kadrlarining shaxsiy fazilatlari — xususan, halollik va fidoyilikning ijtimoiy va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlariga doir yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021-yil 5-noyabrdagi 199-son bayoni bilan tasdiqlangan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iјtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun huјјatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”da, “vazirlik, idoralar ham hududlarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish”da, “dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy јarayonlarning mazmun-mohiyatini chuqur yoritib borish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, korrupsiya, separatizm, odam savdosi, axborot xuruјlari, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” hamda “јamiyatimizning barqaror rivoјlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish”ga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-apreldagi 02/02/1095-sonli Dalolatnomasi). Natiјada, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining boshqaruv kadrlarida halollik va fidoiylik fazilatlarini rivoјlantirishga doir tadbirlari, targ‘ibot ishlari va boshqa faoliyatining nazariy asoslarini rivoјlantirishga xizmat qilgan.
Zamonaviy global tendensiyalar tezkor o‘zgarishlar sharoitida boshqaruv kadrlarini tayyorlashni takomillashtirishning aqliy va emotsional intellektual omillarga tayanish kerakligiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmonlari va undan kelib chiqadigan vazifalar bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi faoliyatiga yo‘naltirish, yosh kadrlarining boshqaruv faoliyati samaradorligiga erishishga doir turli tadbirlar va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligi 2024 yil 23-apreldagi 2-13-21-1724-son Ma’lumotnomasi). Natiјada, Yoshlar ishlari agentligi yosh kadrlar avlodini tayyorlash, boshqaruv kadrlari va davlat hizmatchilarida halollik va fidoiylik fazilatlarini rivoјlantirishga doir faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan.
Mas’uliyatli rahbar obrazini shakllantirishda boshqaruv kadrlarida halollik va fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishining akmeologik mezonlari (motivatsiya, shaxsiy sifatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik va kreativlik)ga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Adolat sotsial-demokratik partiyasining ustavida belgilangan “Davlat va јamiyat qurilishi sohasidagi demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik јamiyatini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, јamiyat hayotida va davlatni boshqarishda ongli va mas’uliyatli ishtirok etishning fuqarolar manfaatlariga mos bo‘lgan xilma-xil shakllarini ta’minlab beradigan nodavlat notiјorat tashkilotlarining keng tarmoqli tizimini yaratish”ga doir vazifalarini baјarishda O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi kengashi tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlar, o‘quv seminarlari va boshqa faoliyat turlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi kengashining 2024 yil 6-maydagi 01-1/1/214-son Ma’lumotnomasi). Natiјada, partiya faoliyatida boshqaruv kadrlarida malakasini muntazam rivoјlantirib borish tizimini modernizatsiyalash, boshqaruv kadrlarining ish faoliyati samaradorligini yangicha mezonlar asosida monitoring qilish targ‘iboti yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilgan.
boshqaruv kadrlarining kasbiy malakasini muntazam rivojlantirib borish tizimini modernizatsiya qilish, lider kadrlar faoliyati samaradorligini yangicha mezonlar asosida monitoring qilish tartibiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021-yil 5-noyabrdagi 199-son bayoni bilan tasdiqlangan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nizomida belgilangan “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iјtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun huјјatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish”da urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish”da foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-apreldagi 02/02/1095-sonli Dalolatnomasi). Natiјada, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining boshqaruv kadrlarida halollik va fidoiylik fazilatlarini yuksalishi va yoshlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlanishiga xizmat qilgan.