Shermuxamedov Akmal Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2774.
Ilmiy rahbar: Temirov Abdulaziz Alimjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, v.b. professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alladustov Rustam Djonmurotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarining sof foydasidan 30 foizini divdidend taqsimotiga oid belgilangan tartibda har yili to‘lab borish orqali investorlarning milliy va chet el valyutasidagi mablag‘larining investision jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan bir qatorda xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ham sof foydaning kamida 25 foizini dividendga yo‘naltirish tartibini joriy qilish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida o‘n yil va undan ortiq muddat davomida faoliyat yuritgan xodimlarga yiliga 2 tadan imtiyozli aksiya taqdim etib borish asosida xodimlarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshirish va sodiqligini rag‘batlantirish orqali dividend siyosatini takomillashtirish taklifi berilgan;
korporativ boshqaruvning turli modellari uchun xos bo‘lgan agressiv, o‘rtamiyona (moʻtadil) va konservativ dividend siyosatlarini tanlashda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat barqarorligi davri hamda mulkdorlar tarkibini hisobga olish orqali dividend siyosati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining sof foydasidan 30 foizini divdidend taqsimotiga oid belgilangan tartibda har yili to‘lab borish orqali investorlarning milliy va chet el valyutasidagi mablag‘larining investision jozibadorligini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 6-fevraldagi № 05-16/3650-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomda sof foydadan kamida 30% dividend to‘lovlariga yo‘naltirilishi me’yori belgilangan, bu esa aksiyalar kursining ijobiy o‘zgarishiga, aksiyadorlik jamiyatlariga investorlar qiziqishlarining oshishiga, qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish imkonini bergan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari bilan bir qatorda xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ham sof foydaning kamida 25 foizini dividendga yo‘naltirish tartibini joriy qilish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 6-fevraldagi № 05-16/3650-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida xo‘jalik boshqaruv organlarining ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ham sof foydaning kamida 25 foizini dividendga yo‘naltirish tartibini joriy qilish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirish uchun investision jozibadorlik ta’minlash imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida o‘n yil va undan ortiq muddat davomida faoliyat yuritgan xodimlarga yiliga 2 tadan imtiyozli aksiya taqdim etib borish asosida xodimlarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini oshirish va sodiqligini rag‘batlantirish orqali dividend siyosatini takomillashtirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 6-fevraldagi № 05-16/3650-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida uzoq muddat faoliyat yuritgan xodimlarga imtiyozli aksiya taqdim etib borish asosida ularning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini va sodiqligini oshirish imkoni yaratilgan;
korporativ boshqaruvning turli modellari uchun xos bo‘lgan agressiv, o‘rtamiyona (moʻtadil) va konservativ dividend siyosatlarini tanlashda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat barqarorligi davri hamda mulkdorlar tarkibini hisobga olish orqali dividend siyosati samaradorligini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 6-fevraldagi № 05-16/3650-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash imkoni yaratilgan.