Mardieva Maxbuba Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘afur G‘ulom asarlarining asliyat va ingliz tiliga tarjimalarida frazeologizmlarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlari (“Shum bola” va “Yodgor” qissalari asosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3521
Ilmiy rahbar: Rashidova Umida Mansurovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc) professor, Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘afur G‘ulom asarlaridagi frazeologik birliklar, ularning asliyat va inglizcha tarjimalarining qiyosiy tadqiqini semantik hamda lingvomadaniy nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Shum bola” va “Yodgor” asarlaridagi personajlar xarakterini yoritishda qo‘llangan frazeologik birliklar inglizcha tarjimasining qiyosiy-chog‘ishtirma, komponent hamda lingvomadaniy tahlillari asosida tarjimonlarning qo‘llagan leksik, grammatik, sintaktik transformatsiya usullarini aniqlash orqali transformasion, kalka va ma’no ko‘chish usullarining ustuvorligi dalillangan;
“Shum bola” va “Yodgor” qissalaridagi frazeologik birliklarning o‘zbekcha-inglizcha tarjimalari o‘rtasidagi struktur-semantik tafovutlarni aniqlash orqali iboralarning asliyatga xos muqobillarini tanlashda ekvivalentlik hodisasining ilmiy-nazariy tamoyillari lingvomadaniy aspektda asoslangan;
har ikki qissada qo‘llangan frazeologik birliklar leksik-semantik maydonining ochib berilishi va ularning semantik hamda lingvomadaniy tahlili orqali frazeologik birliklarning tasviriy va funksional ekvivalentlik xususiyatlarining tarjimada aks etish muammolari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan; 
frazeologik birliklarni o‘girishda tarjimon mahorati, asliyatga imkon qadar ergashish, emotsional-hissiy ekvivalentlikka erishish, milliylashtirish va arxaizatsiya, badiiy tarjimaning milliy madaniyat, madaniy o‘zlashtirish nuqtayi nazaridan muqobil o‘rni kabilarga doir qarashlar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Shum bola” va “Yodgor” qissalaridagi frazeologik birliklarning o‘zbekcha-inglizcha tarjimalaridagi struktur-semantik farqlarni aniqlash orqali frazeologizmlarning asliyatga xos muqobillarini belgilashda ekvivalentlik hodisasining ilmiy-nazariy tamoyillari lingvomadaniy aspektda asoslangani haqida chiqarilgan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 11-fevraldagi 391/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish (tarjima) jarayonida asliyatga xos muqobil ekvivalentlarini belgilashda kompyuter dasturlarining muhim va qulay vosita sifatida keng qo‘llanishi haqida xulosalar chiqarilgan; 
“Shum bola” va “Yodgor” asarlaridagi personajlar xarakterini yoritishda qo‘llangan frazeologik birliklar inglizcha tarjimasining qiyosiy-chog‘ishtirma, komponent hamda lingvomadaniy tahlillari asosida tarjimonlarning qo‘llagan leksik, grammatik, sintaktik transformatsiya usullarini aniqlash orqali transformasion, kalka va ma’no ko‘chish usullarining ustuvorligi dalillangan o‘rinlardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 11-fevraldagi 391/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, dunyo miqyosida qardosh bo‘lmagan tillarni qiyosiy-tipologik o‘rganishga doir ilmiy-nazariy qarashlar tizimi yangi faktik ma’lumotlar bilan boyitilgan, tarjimada uning samaradorligini ta’minlovchi tavsiyalar ishlab chiqilgan.
frazeologik birliklarni o‘girishda tarjimon mahorati, asliyatga imkon qadar ergashish, emotsional-hissiy ekvivalentlikka erishish, milliylashtirish va arxaizatsiya, badiiy tarjimaning milliy madaniyat, madaniy o‘zlashtirish nuqtayi nazaridan muqobil o‘rni kabilarga doir qarashlar bo‘yicha erishilgan natijalardan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DM tomonidan 2025-yil 5-mart kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” teleko‘rsatuvi dasturining ssenariuini ishlab shiqishda foudalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil, 12-martdagi 01-07/104-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv badiiy adabiyotlarda qo‘llanilgan frazeologik birliklarning tarjimada aks etishining turli usul va vositalarini tushunishga zamin yaratgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish