Yakubov Lazizxon Ergashxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida resurstejamkorligini ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T730.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich,texnika fanlari doktori, professor; Shazimov Anartay Oljabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida metallning kuyish miqdorining kamayishini ta’minlaydigan resurstejamkor texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida resurstejamkorlikni ta’minlaydigan yuqori haroratli ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida 15–20% erkin uglerod bo‘lgan flyusning takomillashtirilgan tarkibi ishlab chiqilgan;
kuyish miqdorini 4–6%ga kamayishini ta’minlaydigan shixtani pechga yuklashdan oldingi qizdirish rejimi ishlab chiqilgan;
shixta tarkibidagi strujka miqdorini 10–15%ga oshirishning imkonini beradigan suyuqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tarkibida oksid va gaz qo‘shimchalarining miqdorini 12–14%ga kamayishini ta’minlaydigan shixtani isitish, suyuqlantirish va qizdirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida resurstejamkorlikni ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektrshlak pechida mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida elektroddagi kuchlanishni pog‘onali oshirish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga metall yo‘qotishlarini kamaytirish uchun joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 20 maydagi UA-10342-son ma’lumotnomasi). Natijada mis qotishmalarini suyuqlantirish jarayonida metallning kuyish mikdorini 15–17 %ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
metall qirindisini elektrshlak pechida suyuqlantirish texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga shixta tarkibidagi qirindining miqdorini oshirish uchun joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 20 maydagi UA-10342-son ma’lumotnomasi). Natijada mis qotishmalarini suyuqlantirish uchun qo‘llaniladigan shixta tarkibidagi strujka miqdorini 10–12%ga oshirish imkoni yaratilgan;
mis qotishmalarini suyuqlantirish uchun ishlab chiqilgan yangi tarkibli flyus «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga mis qotishmalarini suyuqlantirishda himoya vositasi sifatida joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 20 maydagi UA-10342-son ma’lumotnomasi). Natijada mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida metall kuyishining kamayishi hisobiga sarf-xarajatni 1,2–1,4 martaga kamaytirishga erishilgan;
shixtani isitish, suyuqlantirish va qizdirish rejimlari «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga mis qotishmalarini elektrshlak pechlarida suyuqlantirishda resurstejamkorlikni ta’minlash uchun joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2018 yil 20 maydagi UA-10342-son ma’lumotnomasi). Natijada mis qotishmalarini suyuqlantirishda metallning kuyish miqdorini 10–15%ga kamaytirish imkoni yaratilgan.