Abdumalikova Xusnora Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` va gazni qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni maxalliy xom ashyolar asosida olingan bioadsorbentlar yordamida tozalash», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5220.
Ilmiy rahbarlar: Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, kimyo fanlari doktori, professor; Mengliev Sherzod Shoimovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamsiddin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida olingan bioadsorbentlardan foydalanib, neft va gazni qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft va gazni qayta ishlash jarayonlarida ishlatilgan texnik oqova suvlarning ifloslanish sabablari va atrof-muhitga ta’sir darajasi aniqlanib, yuqori sorbsion qobilyatga ega, ko‘p g‘ovakli bioadsorbentlarda tozalash samarali ekanligi asoslangan;
eryong‘oq po‘stlog‘ining asosiy komponentlari organik polimerlar - sellyuloza, lignin, hemisellyuloza, polifenollar kuchli to‘qimalar hosil qilishi, kal`siy, magniy va temir elementlari mexanik mustahkamlik, biologik barqarorlik xususiyatlarini ta’minlashi isbotlangan;
eryong‘oq po‘stlog‘ining g‘ovakli strukturasi va sifatini belgilovchi omillar asoslanib, termik qayta ishlash jarayonida adsorbsion g‘ovaklar hosil bo‘lishi tarkibidagi organik birikmalar va sellyuloza, xemiselluloza va lignin kabi moddalarning termal parchalanishi natijasi ekanligi aniqlangan;
issiqlik bilan ishlov berilgan eryong‘oq po‘stlog‘idan sirtga to‘kilgan, suvda erigan va suv-neft emulsiyalari ko‘rinishidagi neft mahsulotlarini yig‘ish uchun foydalanish samarasi aniqlanib, o‘lchami 1 mm bo‘lgan biosorbent yuqori sorbsion sig‘imga 4,6 g/g egaligi isbotlangan;
bioadsorbent Zn2+, Cu2+, Fe3+, Pb2+ kabi og‘ir metallarni mezog‘ovaklariga yutishi aniqlanib, texnik oqova suvlarni adsorbsiya-desorbsiya qilish jarayoni natijasida ularni tozalash darajasini 85,5% gacha oshirishi isbotlangan;
neft-gazni qayta ishlash korxonalari texnologik chiqindisi - texnik oqova suvlarni qayta tiklash yo‘li bilan atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni  91,5 % ga qisqarishi aniqlangan; 
mahalliy xomashyolar asosida olingan bioadsorbentlarda oqova suvlarni tozalashning takomillashgan texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Neft` va gazni qayta ishlash texnik oqova suvlari tarkibidagi og‘ir metall ionlari va erigan organik birikmalarni biosorbentlar yordamida tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalashning kam bosqichli texnologiyasi «Muborak GIQZ»ning «2026-2028 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Muborak GIQZ»ning 2025 yil 25 apreldagi 12-021 EX-1639-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonasi oqova suvlarini og‘ir metall ionlari va organik ifloslantiruvchi birikmalardan samarali va selektiv tozalash imkonini beradi;
eryong‘oq po‘stlog‘i asosida olingan biosorbent yordamida oqova suvlarni og‘ir metall ionlari va erigan organik birikmalardan tozalash texnologiyasi «Muborak GIQZ»ning «2026-2028 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Muborak GIQZ»ning 2025 yil 25 apreldagi 12-021 EX-1639-son ma’lumotnomasi). Natijada, BA-1 seriyali biosorbent yordamida texnik oqova suvlardagi og‘ir metall (Pb2+, Fe3+, Cu2+, Zn2+) ionlari miqdorini 85,5% gacha kamaytirish va tozalangan suvni texnologik jarayonlarda qayta qo‘llash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish