Davlyatov Shoxrux Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy siqilishga ishlovchi silindrsimon qobiqlarning ustuvorligini va mustahkamligini oshirish», 05.09.01- Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T290.
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarkand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc 27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurashidov Qobil Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor; Shojalilov Shokomil, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: silindrsimon qobiq metall konstruksiyalar devorini qovurg‘alar bilan kuchaytirib siqilishdagi ustuvorligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish, hisoblashning amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
silindrik qobiqlarning ustuvorligi va yuk ko‘tarish qobiliyati qovurg‘alar (yoysimon panellar) bilan kuchaytirish hisobiga oshirilgan;
yoysimon panellar orqali kuchaytirilgan qobiqlarning tashqi yuklar ta’siridan mustahkamligini yo‘qotish vaqti, ularning yuk ko‘tara olish qobiliyatini oshirish hisobiga uzayishi aniqlangan;
qovurg‘alar (yoysimon panellar) bilan kuchaytirilgan qobiqlarning markaziy siqilishdagi ustuvorligini va yuk ko‘tarish qobiliyatini hisoblash uchun amaliy muhandislik hisoblash usullari, yoysimon panellarning bikrlik parametrlarini kiritish hisobiga takomillashtirilgan;
silindrik qobiqni yoysimon panellar bilan kuchaytirish natijasida metall sarfini sezilarli darajada kamaytirishga erishiladigan yangi turdagi konstruksiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy siqilishga ishlovchi silindrsimon qobiqlarning ustuvorligini va mustahkamligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi turdagi rezervuar konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Neft` va neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan rezervuar», №FAP 01278-2018 y.) va ushbu konstruksiya Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida neft` mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan silindrik rezervuarning rekonstruksiya jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 2771/18-06-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrik rezervuarning ustuvorligini 1,4 martagacha, yuk ko‘tarish qobiliyatini 1,5 martagacha oshirish imkonini bergan;
qovurg‘alar bilan kuchaytirilgan silindrik qobiqning siqilishdagi umumiy ustuvorligini, mustahkamligini hisoblash usullari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida gazgol`der rekonstruksiyasini loyihalash jarayonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi 2771/18-06-son ma’lumotnomasi). Natijada rekonstruksiya loyihsini tayyorlash vaqtini 1,2 marta qisqartirishga, ish sifati va mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan;
silindrik qobiqni yoysimon panellar bilan kuchaytirilgan yangi turdagi konstruksiyasi “Farg‘onafuqoroloyiha” MChJda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi suv minoralarini loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2018 yil 20 avgustdagi 04/01-2838-son va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 04/25-1741-son ma’lumotnomalari). Natijada suv minorasining mustahkamligini va ustuvorligini 1,5 martagacha oshirishga, hisoblash vaqtini 1,2 marta qisqartirishga erishilgan.