Jumaev Bahrom Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchi yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirishning etnodifferensial xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fa1560
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Alimasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shokirov Mubin Rustamovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirishning etnometodologik jihatlarini asoslab berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy xotira fenomenining shaxsiy idrok va tafakkur, umumiy tarixiy idrok va madaniy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy merosni qayta tiklash kabi ong va tafakkur bilan bog‘liq funksional xususiyatlari hamda ularning ong va tafakkurni o‘tmish tajribasi bilan boyitish, jamiyat va shaxsning o‘zini identifikatsiya qilish, milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlash kabi konseptual ahamiyati ochib berilgan;
tarixiy xotiraning o‘quvchi-yoshlar faoliyatida obektivlashishining etnometodologik – madaniy-simvolik identifikatsiya (etnik va milliy ramzlar, qahramonlar, obrazlar) tarixiy an’analarning avlodlar oralig‘ida uzviylik (xotiraning ijtimoiy faollikda davomiyligi), etnomadaniy muhit ta’siri (hudud, oila, maktab, mahalla), ijtimoiy-mafkuraviy tarbiya (ta’lim-tarbiya va mafkuraviy muhit) va prakseologik (ijtimoiy tadbirlar, etno-festivallar, ko‘rik-tanlovlar) qonuniyatlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish ijtimoiy demografik (yosh, hudud, ijtimoiy mavqe, oilaviy muhit), psixologik (shaxsiy idrok, emotsiyalar, ong va hissiy xususiyatlar), etnodifferensial (milliy urf-odat, madaniy qadriyatlar, milliy o‘zlik) va professionallashish (kasb-hunar tanlash, kelajakni rejalashtirish) kabi omillar bilan shartlanganligi asoslangan;
barkamol avlod konsepsiyasi bilan bog‘liq ravishda o‘quvchi-yoshlarda tarixiy shaxslar hayoti va ijodi misolida tarixiy xotirani shakllantirishning milliy-ma’naviy (milliy o‘zlik, tarixiy adolat, g‘urur), innovatsion pedagogik-ijtimoiy muhit (interaktiv texnologiyalar, raqamli ta’lim), taraqqiyotga aloqadorlik (ma’rifat, yaratuvchanlik, ma’naviy yuksalish) kabi tamoyillari hamda innovatsion (raqamli va multimediali ta’lim resurslari, onlayn platformalar), pedagogik-ma’rifiy (ta’lim dasturlari, ilmiy tadbirlar), amaliy-ijtimoiy (yoshlar forumi, tarixiy-madaniy festivallar) usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchi yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirishning etnodifferensial xususiyatlarilarini tadqiq etish asosida:
tarixiy xotira fenomenining shaxsiy idrok va tafakkur, umumiy tarixiy idrok va madaniy tafakkur, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy merosni qayta tiklash kabi ong va tafakkur bilan bog‘liq funksional xususiyatlari hamda ularning ong va tafakkurni o‘tmish tajribasi bilan boyitish, jamiyat va shaxsning o‘zini identifikatsiya qilish, milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘unlikni ta’minlash kabi konseptual ahamiyatiga doir nazariy mulohazalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda, seminar-treninglar o‘tkazishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 26-dekabrdagi 04/3848-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzuning tarixiy xotira bilan bog‘liq jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni tayyorlashga xizmat qilgan;
tarixiy xotiraning o‘quvchi-yoshlar faoliyatida obektivlashishining etnometodologik – madaniy-simvolik identifikatsiya (etnik va milliy ramzlar, qahramonlar, obrazlar) tarixiy an’analarning avlodlar oralig‘ida uzviylik (xotiraning ijtimoiy faollikda davomiyligi), etnomadaniy muhit ta’siri (hudud, oila, maktab, mahalla), ijtimoiy-mafkuraviy tarbiya (ta’lim-tarbiya va mafkuraviy muhit) va prakseologik (ijtimoiy tadbirlar, etno-festivallar, ko‘rik-tanlovlar) qonuniyatlariga oid yangilik va xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2022-2023-va 2024-yillardagi ma’naviy targ‘ibot oyliklarini o‘tkazishda va umumiy o‘rta tadim maktablarining 9-va 11-sinf o‘quvchilari uchun tarix fanini o‘qitishda dars soatlarini ikki barobar ko‘paytirishga oid takliflarni tayyorlash hamda mazkur fan bo‘yicha olimpiada ishtirokchilarini munosib taqdirlash ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashining 2025-yil 21-fevraldagi 01-02/32-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubiy manba vazifasini hamda dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish ijtimoiy demografik (yosh, hudud, ijtimoiy mavqe, oilaviy muhit), psixologik (shaxsiy idrok, emotsiyalar, ong va hissiy xususiyatlar), etnodifferensial (milliy urf-odat, madaniy qadriyatlar, milliy o‘zlik) va professionallashish (kasb-hunar tanlash, kelajakni rejalashtirish) kabi omillar bilan shartlanganligiga doir nazariy umumlashma va yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy xotira fenomining ijtimoiy-falsafiy tahlilining o‘ziga xosligini ochib berishga, o‘quvchi yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish ularning ijtimoiy demografik, psixologik, etnodifferensial va professionallashish xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
barkamol avlod konsepsiyasi bilan bog‘liq ravishda o‘quvchi-yoshlarda tarixiy shaxslar hayoti va ijodi misolida tarixiy xotirani shakllantirishning milliy-ma’naviy (milliy o‘zlik, tarixiy adolat, g‘urur), innovatsion pedagogik-ijtimoiy muhit (interaktiv texnologiyalar, raqamli ta’lim), taraqqiyotga aloqadorlik (ma’rifat, yaratuvchanlik, ma’naviy yuksalish) kabi tamoyillari hamda innovatsion (raqamli va multimediali ta’lim resurslari, onlayn platformalar), pedagogik-ma’rifiy (ta’lim dasturlari, ilmiy tadbirlar), amaliy-ijtimoiy (yoshlar forumi, tarixiy-madaniy festivallar) usullariga oid umumlashma va takliflardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil efirga uzatilgan “Oltin voha”, “Xayrli tong” teleradioeshittirishlarini ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-martdagi 17-05/49-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy xotirani kuchaytirish takliflari ilmiy-ma’rifiy kontentning boyitilishiga, yoshlar ongini mustahkamlashga, tarixga oid bilimlarni ommalashtirish va uni zamonaviy kontekstda tushunishga, fikrlash va tahlil qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan.