Ismaylov Raxat Aminbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqni sharhlashning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari”, 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi” ixtisosligi boʼyicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Utemuratov Maxmut Ajimuratovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddasxon Tursunovna yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyorov Shuxrat Namozboevich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida huquqni sharhlashning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqayotgan muammolarga loyihada taklif etilayotgan echimlarning shaklan va mazmunan ilmiy uslublarga muvofiq ishlab chiqilganligini atroflicha baholash lozimligi asoslangan;
loyihalarning ilmiy ekspertizasi qonuniylik, mustaqillik, xolislik va komplekslik kabi asosiy prinsiplarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi zarurligi asoslab berilgan;
loyihani ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi tashkilot loyihani innovatsion ilmiy uslublar va yondashuvga asoslangan holda ilmiy ekspertizadan o‘tkazishi lozimligi asoslab berilgan;
loyihaning sifatli ilmiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida zarur hollarda ilmiy ekspertizani o‘tkazish davomida uchinchi shaxslarni jalb etish zarurligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi:
ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqayotgan muammolarga loyihada taklif etilayotgan echimlarning shaklan va mazmunan ilmiy uslublarga muvofiq ishlab chiqilganligini atroflicha baholashga oid takliflari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi birinchi qismi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 3-apreldagi 25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha sharhlarga ehtiyojni kamaytirishga xizmat qilgan;
loyihalarning ilmiy ekspertizasi qonuniylik, mustaqillik, xolislik va komplekslik kabi asosiy prinsiplarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi taklif Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandini ishlab chiqishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 3-apreldagi 25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi zarur prinsiplarning huquqni sharhlash faoliyatiga kirib kelishiga xizmat qilgan;
loyihani ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi tashkilot loyihani innovatsion ilmiy uslublar va yondashuvga asoslangan holda ilmiy ekspertizadan o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandini ishlab chiqishda ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 3-apreldagi 25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqni sharhlash jarayonini nazariy va ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.
loyihaning sifatli ilmiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida zarur hollarda ilmiy ekspertizani o‘tkazish davomida uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi takliflari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandini shakllantirishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikaci Bosh vaziri Kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 3-apreldagi 25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqni sharhlash jarayoniga keng xalq ommasini jalb qilishga xizmat qilgan.