Turopova Ma’mura Safar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik omillari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P401.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Niyazova Nilufar Farhadovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik omillarini bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim olish motivlari mas’uliyatlilik mustaqillikni, ijodiy fikrlash esa tashabbuskorlik va maqsadga intiluvchanlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi tufayli, sugGEStiv qobiliyatlarni irodaviy sifatlarga integrativ rivojlanishi muhim psixologik omil ekanligi dalillangan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining kasbiy ko‘nikmalari bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlashda faoliyat va insonlarga yo‘nalganlikni empatiya bilan uyg‘un holatda namoyon bo‘lishiga erishish muhimligi sababli, muloqotchanlik va ijtimoiy faollikka bog‘liq ravishda «Hard», «Self» skills ko‘nikmalariga integral shakllanishi asoslangan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarning dinamik shakllanishi interpersonal ta’sir jarayonidagi professional motivatsiyani kommunikativ qobiliyatlar va ijodiy fikrlashni kuchli ifodalanishiga bog‘liqligiga asoslanib, pedagogik faoliyatdagi gnostik va emotsional qadriyatlar bilan shartlanganligi isbotlangan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun professional pozisiyani namoyon qilishni ta’minlovchi kognitiv, emotsional va motivatsion omillarning ta’sirini kuchaytirish muhimligi bois tafakkur egiluvchanligi, muloqotdagi pozitivlik hamda o‘zgalarning kechinmalarini tushunish xususiyatining iroda kuchi lokalizatsiyasiga bog‘liq rivojlantirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik omillari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim olish motivlari mas’uliyatlilik mustaqillikni, ijodiy fikrlash esa tashabuskorlik va maqsadga intiluvchanlikni namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi tufayli, sugGEStiv qobiliyatlarni irodaviy sifatlarga integrativ rivojlanishi muhim psixologik omil ekanligi dalililanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-284-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-284a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy ko‘nikma rivojlanishining psixologik imkoniyati oshishiga erishilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining kasbiy ko‘nikmalari bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlashda faoliyat va insonlarga yo‘nalganlikni empatiya bilan uyg‘un holatda namoyon bo‘lishiga erishish muhimligi sababli, muloqotchanlik va ijtimoiy faollikka bog‘liq ravishda «Hard», «Self» skills ko‘nikmalariga integral shakllanishi asoslanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-284-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-284a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikmalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxs sifatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarning dinamik shakllanishi interpersonal ta’sir jarayonidagi professional motivatsiyani kommunikativ qobiliyatlar va ijodiy fikrlashni kuchli ifodalanishiga bog‘liqligi ta’sirida pedagogik faoliyatdagi gnostik va emotsional qadriyatlar bilan shartlanganligi isbotlanganligiga doir takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-284-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-284a-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ko‘nikma shakllanishining kasbiy moyillik va kasbiy yo‘nalganlik bilan aloqadorlik jihatlariga erishilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun professional pozisiyani namoyon qilishni ta’minlovchi kognitiv, emotsional va motivatsion omillarning ta’sirini kuchaytirish muhimligi bois tafakkur egiluvchanligi, muloqotdagi pozitivlik hamda o‘zgalarning kechinmalarini tushunish xususiyatining iroda kuchi lokalizatsiyasiga bog‘liq rivojlantirish zarurligi asoslanganligiga doir takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-284-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-284a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikmani rivojlantirishning psixologik dasturi va modeli ishlab chiqilgan.