Karimov Farrux Muxiddin o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped2628.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Dilnoza Nigbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini optimal rejalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning yillik tayyorgarlik siklini rejalashtirish uchun tezlik, kuch va bo‘g‘inlar harakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni qo‘llashda, musobaqa oldi davrida to‘liq yugurib kelishni belgilash va qadamlar ritmi hamda uzunligini nazorat qilish, depsinish oldidagi oxirgi qadamlar ritmini (uzunligi va sur’ati kabi) to‘g‘rilash hisobiga yosh uzunlikka sakrovchilarni mashg‘ulotlarini rejalashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun yoshiga xos texnik tayyorgarlik elementlarini yillik tayyorgarlik davrida sarflanadigan vaqt bo‘yicha (ular orasidagi 2:1 nisbatda) uchish, qo‘nish va depsinish taxtachasiga oyoqni aniq qo‘yish elementlarini majmuaviy shakllantirish hisobiga shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
yosh uzunlikka sakrovchilarning haftalik rejasini ishlab chiqish uchun majmuali va tanlab yo‘naltirilgan (o‘ng va chap oyoqda sakrash, 20, 30, 40 sm. balandlikdagi tumbaga turli usullarda sakrash kabi) mashg‘ulot vositalari umumiy hajmi va shiddatini sensitiv davr hamda o‘rgatish bosqichi xususiyatlariga muvofiq holda ish qobilyatining tebranish to‘lqinlari beqarorligi bo‘yicha taqsimlash hisobiga yuklamlarni optimallashtirish imkoniyatlari oshirilgan;
yosh uzunlikka sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun sportchilarni induvidual xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash orqali sportdagi imkoniyatlarini modellashtirish va bashorat qilishga qaratilgan modulni sportchining joriy holati bo‘yicha mashg‘ulot vositalarini tanlangan sakrash usulida texnika komponentlarini multidisiplinar qo‘llash hisobiga sakrash turlariga tayyorlash moduli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida uzunlikka sakrovchilarni yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rejalashtirish samaradorligi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning yillik tayyorgarlik siklini rejalashtirish uchun tezlik, kuch va bo‘g‘inlar harakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni qo‘llashda, musobaqa oldi davrida to‘liq yugurib kelishni belgilash va qadamlar ritmi hamda uzunligini nazorat qilish, depsinish oldidagi oxirgi qadamlar ritmini (uzunligi va sur’ati kabi) to‘g‘rilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Engil atletikani o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2022-yil 28 – dekabrdagi “428 I/Ch”-sonli buyrug‘iga asosan D-0000008-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarni sakrovchanlik qobiliyati 9,5 % ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarning mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun yoshiga xos texnik tayyorgarlik elementlarini yillik tayyorgarlik davrida sarflanadigan vaqt bo‘yicha (ular orasidagi 2:1 nisbatda) uchish, qo‘nish va depsinish taxtachasiga oyoqni aniq qo‘yish elementlarini majmuaviy shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati sportning o‘yin turi va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10084-son malumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligi 14,1 % ga yaxshilangan;
yosh uzunlikka sakrovchilarning haftalik rejasini ishlab chiqish uchun majmuali va tanlab yo‘naltirilgan (o‘ng va chap oyoqda sakrash, 20, 30, 40 sm. balandlikdagi tumbaga turli usullarda sakrash kabi) mashg‘ulot vositalari umumiy hajmi va shiddatini sensitiv davr hamda o‘rgatish bosqichi xususiyatlariga muvofiq holda ish qobilyatining tebranish to‘lqinlari beqarorligi bo‘yicha taqsimlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Qibray tumani sport maktabining engil atletika mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10084-son malumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligi 9,6 % ga oshgan;
yosh uzunlikka sakrovchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun sportchilarni induvidual xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash orqali sportdagi imkoniyatlarini modellashtirish va bashorat qilishga qaratilgan modulni sportchining joriy holati bo‘yicha mashg‘ulot vositalarini tanlangan sakrash usulida texnika komponentlarini multidisiplinar qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi 03-16/10084-son malumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi uzunlikka sakrovchilarni egiluvchanlik qobiliyati 8,3 % ga oshirilgan.