Eshonqulov O‘ktam Rayimqulovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini (workout) ko‘cha sporti vositalari orqali takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3746.
Ilmiy rahbar: Arzikulov Mukum Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.22.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Dilnoza Nigbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Aliev Iskandar Baxramovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning jismoniy tayyorgarligini workout sporti vositalari orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun woorkaut trenajyorlari yordamida bajariladigan texnik harakatlarni to‘rt qismga (asosi, negizi, zvenasi, detali) bo‘lib o‘rgatishga asoslangan o‘n ikkitalik kompleks mashqlar majmuasini tabaqalashtirish (harakatlarning murakkabligi va funksional xususiyatlariga qarab) hisobiga jismoniy sifatlarni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarning tayanch harakati apparati harakatchanligini rivojlantirishda o‘n ikkitalik kompleks workout ko‘cha sporti vositalaridan foydalanish orqali muskullar faoliyatini umumiy profiliga (asosiy va yordamchi muskullar faollik darajasi va sinergik ishtiroki) ajratish hisobiga tana bo‘g‘imlar harakatchanligi va skelet muskullarni rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda workout vositalariga asoslangan mikrotsikl, mezotsikl hamda makrotsikl intensiv mashgʻulot (mushaklarning funksional moslashuvini rag‘batlantirish, moslashuv jarayonlarini maxsus mashqlar orqali tezlashtirish va kuchaytiruvchi) rejalarini ishlab chiqish hisobiga kuch sifati turlari (nisbiy, tezkor, kuch-chidamligi) kabi sifatlarni rivojlantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
talabalarni workout vositalaridan mustaqil ravishda mashqlar texnikasini to‘g‘ri bajarish uchun mashg‘ulot (kirish, asosiy, yakuniy) qismlarida jihozlar va jihozlarsiz bajarariladigan mashqlardan foydalanib, mashg‘ulotlarni ikki (to‘liq reglamentlashtirilgan va qisman reglamentlashtirilgan) turidan foydalanish imkonini beruvchi “Mobile workout coach App” nomli mobil ilovasining mazmuniga raqamlashtirilgan mashg‘ulotlar dasturiga kiritish hisobiga jismoniy tayyorgarlikni oshirish mexanizmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilganligi. Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini workout vositalari orqali takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun woorkaut trenajyorlari yordamida bajariladigan texnik harakatlarni to‘rt qismga asosi, negizi, zvenasi, detallariga bo‘lib o‘rgatishga asoslangan o‘n ikkitalik kompleks mashqlar majmuasini tabaqalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Guliston davlat pedagogika institutida “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi sportchi talabalarni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligini 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3606–sonli ma’lumotnomasi) Natijada, o‘ng va chap qo‘l panja kuchi o‘rtacha – 5,2 kg. 12,4% ga, bel gavda kuchi o‘rtacha 9,7 kg. umumiy hisobda 13,9% ga, yaxshilanishiga erishildi;
talabalarning tayanch harakati apparati harakatchanligini rivojlantirishda o‘n ikkitalik kompleks workout ko‘cha sporti vositalaridan foydalanish orqali muskullar faoliyatini umumiy profiliga (asosiy va yordamchi muskullar faollik darajasi va sinergik ishtiroki) ajratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport mahoratini oshirish (Gimnastika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan 500-201 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talaba-sportchilarni jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha nisbiy o‘sishi 12,86% gacha yaxshilangan;
jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda workout vositalariga asoslangan mikrotsikl, mezotsikl hamda makrotsikl intensiv mashgʻulot (mushaklarning funksional moslashuvini rag‘batlantirish, moslashuv jarayonlarini maxsus mashqlar orqali tezlashtirish va kuchaytiruvchi) rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligini 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3606–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy tayyorgarligi umumiy hisobda 12,7% gacha yaxshilangan;
talabalarni workout vositalaridan mustaqil ravishda mashqlar texnikasini to‘g‘ri bajarish uchun mashg‘ulot (kirish, asosiy, yakuniy) qismlarida jihozlar va jihozlarsiz bajarariladigan mashqlardan foydalanib, mashg‘ulotlarni ikki (to‘liq reglamentlashtirilgan va qisman reglamentlashtirilgan) turidan foydalanish imkonini beruvchi “Mobile workout coach App” nomli mobil ilovasining mazmuniga raqamlashtirilgan mashg‘ulotlar dasturiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligini 2025-yil 11-apreldagi 02-16/3606–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 11,7% ga yaxshilanishiga erishilgan.