Jumaeva Muxlisa Shokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9193.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Vohidova Norposhshaxon Xabibullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Usmonova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli ta’lim muhitida ijodiy tafakkurni rivojlantirish, faollikka undash, tarixiylik, tizimlilik va integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda metodik, texnologik va psixologik aspektlarni tasniflash va muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning modeli tanlangan konstruktiv va integrativ yondashuvlarni onglilik, izchillik va yaratuvchanlik tamoyillariga uyg‘unlashtirish hamda integratsiyalashgan tizimli ta’minotni refleksiv pedagogik, kognitiv ta’lim nazariyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi zamonaviy “Insert”, “Scamper”, “Ikki qismli kundalik”, “Thinking hats”, “What if…”, “Clear” interfaol metodlarni muammoli ta’lim, debatlar, holat tahlili, loyihaviy va tadqiqotchilik yondashuvlariga mosligini ta’minlash hamda innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan mikromuhit yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish samaradorligi kognitiv-amaliy, faoliyatli-refleksiv, intellektual-ijodiy obektiv va subektiv mezonlarni baholashning yuqori, o‘rta va past darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vektorial o‘sishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari muammoli ta’lim muhitida ijodiy tafakkurni rivojlantirish, faollikka undash, tarixiylik, tizimlilik va integrativlik tamoyillariga moslashtirish hamda metodik, texnologik va psixologik aspektlarni tasniflash va muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-maydagi 11-05-2882/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish jarayonining didaktik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni yaratilgan;
kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning modeli tanlangan konstruktiv va integrativ yondashuvlarni onglilik, izchillik va yaratuvchanlik tamoyillariga uyg‘unlashtirish hamda integratsiyalashgan tizimli ta’minotni refleksiv pedagogik, kognitiv ta’lim nazariyalariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-maydagi 11-05-2882/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini divergent va konvergent tafakkur shakllarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi zamonaviy “Insert”, “Scamper”, “Ikki qismli kundalik”, “Thinking hats”, “What if…”, “Clear” interfaol metodlarni muammoli ta’lim, debatlar, holat tahlili, loyihaviy va tadqiqotchilik yondashuvlariga mosligini ta’minlash hamda innovatsion faolligini oshirishga qaratilgan mikromuhit yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-maydagi 11-05-2882/04 raqamli ma’lumotnomasi).Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish samaradorligi kognitiv-amaliy, faoliyatli-refleksiv, intellektual-ijodiy obektiv va subektiv mezonlarni baholashning yuqori, o‘rta va past darajalariga muvofiqligiga erishish hamda o‘quv topshiriqlarini o‘zlashtirishning vektorial o‘sishini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 6-maydagi 11-05-2882/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish mexanizmlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.