Komilov Shuxratjon Raximjon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Chigitdan tolani ajratib olish jarayonidagi ishchi qismlar konstruksiyasini takomillashtirish orqali tola sifatini saqlab qolish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5397
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc. 03/04.10.2025.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida arrali jin mashinasining ishchi kamerasini takomillashtirish orqali jinlash jarayoni unumdorligi va tola sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arrali jin mashinasining ishchi kamerasiga tushayotgan paxta hisobiga hosil bo‘ladigan xomashyo valigi zichligini rostlash maqsadida ikki arra orasidagi paxtani arra tishlariga ilashtirib beruvchi, plankalari qiya joylashgan tezlatkich-surgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishchi kameraga o‘rnatilgan aylana shaklidagi tezlatkich-surgich plankalarining o‘qqa nisbatan vertikal va qiya joylashtirish natijasida ikki arra orasidagi behuda aylanayotgan paxta xomashyosini olib chiqishning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan; 
xomashyo valigi tezligini ta’minlagichdan tushuvchi paxta massasi hisobiga o‘zgarishini inobatga olgan holda tezlatkich-surgich plankalarining maqbul oraliq masofasi hisoblab topilgan; 
ko‘p omilli tajribalar asosida xomashyo valigi zichligini kamaytiruvchi va rostlovchi tezlatgich surgichning qiyaligi hamda planka diametrining maqbul qiymatlarini regression matematik omil orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishchi kameradan jinlangan chigitlarni chiqishini tezlashtirish va tola ajratish jarayoni ish unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida:
Xomashyo valigi zichligini kamaytirish maqsadida tezlatkich-surgich o‘rnatilgan arrali jin ishchi kamerasi «Toshbuloq teks» MChJ ga qarashli «Paxta tozalash» korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025-yil 7-maydagi 03/25-981-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarning ishchi kameradan chiqib ketishi birlik vaqtda 32 % ga ortishi evaziga jin ish unumdorligini 10-12 % ga oshirishga erishilgan. Ish unumdorligi (2 ta jin uchun) toladagi nuqson va iflos aralashmalar miqdorini 0,5% ga kamayishida oddiy va o‘rta sinf orasidagi farq 1,0% bo‘lganda, joriy qilinayotgan variantda 3,4% tola o‘z sinfini ko‘tarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish