Muxitdinova Omina Yusup kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revaskulyarizatsiyadan keyin yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarning jigar disfunksiyasi fonida klinik va angiografik ko‘rsatkichlari” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.I.PhD/Tib4238.
Ilmiy rahbar: Raimkulova Narina Robertovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda teri orkali koronar aralashuvdan keyin klinik-funksional o‘zgarishlar, komorbidlik negizi va xavflarni shakllanishida jigar disfunksiyasining ahamiyatini aniqlash va asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlar o‘tkazilgandan keyin jigar disfunksiyasining mavjudligi klinik jihatdan ahamiyatli restenoz va uzoq muddatli prognozlarning yomonlashuvining mustaqil determinanti ekanligi aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi va yondosh jigar disfunksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi erta muddatlarda reaktiv giperemiyaning pasayishi va tizimli yallig‘lanishning kuchayishi [C-reaktiv oksil, interleykin-6] bilan kechadigan endoteliy disfunksiyasi kuzatilishi va u natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
revaskulyarizatsiyadan keyingi erta muddatlarda jigar disfunksiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlari [α-o‘sma nekroz omili, IL-6] ustunligi immunologik buzilishlar rivojlanishi bilan birga standart davo samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
teri orqali koronar aralashuvidan keyin yurak ishemik kasalligi va jigar disfunksiyasi mavjud bemorlarda kombinatsiyalangan davo tarkibida levokarnitinni qo‘llash klinik natijalarni yaxshilash, yallig‘lanish markerlari darajasini pasaytirish va endotelial funksiya ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Revaskulyarizatsiyadan keyin yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarning jigar disfunksiyasi fonida klinik va angiografik ko‘rsatkichlarni baholashdan olingan ilmiy natijalariga asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlar o‘tkazilgandan keyin jigar disfunksiyasining mavjudligi klinik jihatdan ahamiyatli restenoz va uzoq muddatli prognozlarning yomonlashuvining mustaqil determinanti ekanligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali 12.02.2025 yildagi 42-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali 14.02.2025 yildagi 24i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025yil 25 apreldagi 16/26 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xavfni erta tabaqalashtirish algoritmi restenoz ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va keyingi davoni moslashtirish imkonini beradi, bu esa jiddiy yurak asoratlari sonini kamaytirishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: takroriy revaskulyarizatsiya sonini minimallashtirish byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi, qo‘shimcha muolajalar uchun xarajatlarni oldini oladi. Xulosa: teri orqali koronar aralashuvdan keyin yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda xavfning tabaqalanish algoritmiga jigarning funksional holatini baholashni kiritish restenoz rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni va noxush uzoq muddatli natijalarni o‘z vaqtida aniqlash, davolash taktikasini moslashtirish va shu bilan davolash samaradorligini oshirish, takroriy kasalxonaga yotqizishni kamaytirish va kasallikning klinik kechishini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi va yondosh jigar disfunksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi erta muddatlarda reaktiv giperemiyaning pasayishi va tizimli yallig‘lanishning kuchayishi [C-reaktiv oksil, interleykin-6] bilan kechadigan endoteliy disfunksiyasi kuzatilishi va u natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali 12.02.2025 yildagi 42-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali 14.02.2025 yildagi 24i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025yil 25 apreldagi 16/26 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postvaskulyarizatsiya davrida endotelial funksiya va yallig‘lanish markerlarini muntazam monitoring qilish zarurligini asoslash yuqori xavf guruhidagi bemorlarda ikkilamchi profilaktikani optimallashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: endotelial disfunksiyani o‘z vaqtida aniqlash va yallig‘lanishni tuzatish takroriy kasalxonaga yotqizish sonini kamaytirishga va shifoxonaga davolanish uchun mablag‘larni tejashga olib keladi. Xulosa: yurak ishemik kasalligi va jigar disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda teri orqali koronar aralashuvdan so‘ng erta endotelial disfunksiya va tizimli yallig‘lanishning rivojlanishi kuzatuv dasturiga qon tomir tonusi va yallig‘lanish markerlarini majburiy nazorat qilishni kiritishni talab qiladi, bu esa o‘z vaqtida profilaktika va davolash choralarini ko‘rish, ikkilamchi profilaktika samaradorligini oshirish, asoratlar sonini kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: revaskulyarizatsiyadan keyingi erta muddatlarda jigar disfunksiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlari [α-o‘sma nekroz omili, IL-6] ustunligi immunologik buzilishlar rivojlanishi bilan birga standart davo samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali 12.02.2025 yildagi 42-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali 14.02.2025 yildagi 24i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025yil 25 apreldagi 16/26 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar holatini baholash algoritmlariga immunologik ko‘rsatkichlarni kiritish kasalliklarning rivojlanishini oldini olishga qaratilgan shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalariga o‘tish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir asoratlar va takroriy invaziv muolajalar sonining kamayishi sog‘liqni saqlash tizimiga moliyaviy yukni optimallashtirish imkonini beradi. Xulosa: Revaskulyarizatsiyadan keyingi erta muddatlarda immunologik buzilishlarni, xususan O‘NO- α va IL-6 giperekspressiyasini aniqlash YuIK va jigarning yondosh disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda davolashga immunomodullovchi yondashuvlarni tavsiya etish zarurligini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri orqali koronar aralashuvidan keyin yurak ishemik kasalligi va jigar disfunksiyasi mavjud bemorlarda kombinatsiyalangan davo tarkibida levokarnitinni qo‘llash klinik natijalarni yaxshilash, yallig‘lanish markerlari darajasini pasaytirish va endotelial funksiya ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berganligi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali 12.02.2025 yildagi 42-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali 14.02.2025 yildagi 24i/t-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025yil 25 apreldagi 16/26 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: levokarnitinni qo‘llash orqali terapevtik imkoniyatlarni kengaytirish bemorlarning postvaskulyarizatsion asoratlarga chidamliligini oshirish va real klinik amaliyotda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: levokarnitinni qo‘llash fonida asoratlar rivojlanishi va kasalxonaga yotqizish xavfini kamaytirish yuqori xarajatli davolash tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: yurak ishemik kasalligi va teri orqali koronar aralashuvdan keyin jigar disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda kompleks terapiya tarkibida levokarnitinni qo‘llash yallig‘lanishga qarshi va endotelioprotektiv ta’sirni ta’minlaydi, kasallikning klinik kechishini yaxshilaydi, asoratlar va takroriy kasalxonaga yotqizish ehtimolini kamaytiradi va shu bilan ushbu toifadagi bemorlarni postinvaziv davolashning ham klinik, ham iqtisodiy samaradorligini oshiradi.