Iskandarova Iroda Mashrabjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smaning komorbid kechishining klinik, diagnostik xususiyatlari va davolashdagi murakkabliklar», 14.00.26 – Ftiziatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4. PhD /Tib5222.
Ilmiy rahbar: Usmonov Isomiddin Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Dilfuza Baxadirovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smalar komorbid kechganda diagnostika hamda davolash uslublarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smalarning komorbid kechishida klinik belgilarining murakkab va o‘zgaruvchan kechishi, tezkor progressiyalanishi, yuqori epidemiologik ahamiyatli va qaytmas organik o‘zgarishli, letal oqibatlarga olib keluvchi asoratlarning rivojlanishi isbotlangan;
ilk bor xavfli o‘sma hamda o‘pka tuberkulyozi to‘qimalaridagi CD45 va CD56 markerining ekspressiyalanish darajasi immunogistokimyoviy uslubda qiyosiy tahlil qilinib, mazkur markerlarning o‘pka tuberkulyozida yuqori ekanligi isbotlangan;
ilk bor xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechgan holatlarda T-limfotsitlar sonining keskin kamayishi hamda immun tizimda jiddiy etishmovchiliklar mavjudligi, o‘pka tuberkulyoziga va xavfli o‘smalarga nisbatan CD45, CD56 markerlarining keskin pasayganligi immunogistokimyoviy tekshiruvda isbotlangan;
ilk bor o‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘sma komorbid kechganda, o‘smaga qarshi va tuberkulyozga qarshi davoni bir vaqtda kompleks ravishda immunterapiya fonida o‘tkazish xavfsiz, samarador va adekvat davo taktikasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smaning komorbid kechishining klinik, diagnostik xususiyatlari va davolashdagi murakkabliklar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smalarning komorbid kechishida klinik belgilarining murakkab va o‘zgaruvchan kechishi, tezkor progressiyalanishi, yuqori epidemiologik ahamiyatli va qaytmas organik o‘zgarishli, letal oqibatlarga olib keluvchi asoratlarning rivojlanishi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 13 mayda 24-m/108-son bilan tasdiqlangan “O‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smalarni komorbid kechishida davolash usullarini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Buxoro viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 18 sentyabrdagi №01/367-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 30 iyul`dagi №58-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2024 yil 10 sentyabrdagi №101-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 16 noyabrdagi №122-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi №14/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozining komorbid kechishidagi klinik xususiyatlarini ko‘rsatib berilishi tashxis qo‘yishni osonlashtiradi, kasallika kechikib, asoratlangan bosqichlarda tashxis qo‘yilishini va og‘ir asoratlarni, letal oqibatlarni va onkologik bemorlar orasida tuberkulyoz mikobakteriyasining tarqalishini oldini olgan, ushbu kasalliklarni erta tashxislashda va adekvat davolashda samarali hamda qulay usullaridan foydalanish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda etiopatogenetik asoslangan va kompleks davo o‘z vaqtida qo‘llash orqali qo‘shimcha asoratlarni va tuberkulyoz mikobakteriyasini tarqalishi oldi olinib har 1 nafar bemor uchun davlat byudjetidan 80450000 so‘m atrofida iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor xavfli o‘sma hamda o‘pka tuberkulyozi to‘qimalaridagi CD45 va CD56 markerining ekspressiyalanish darajasi immunogistokimyoviy uslubda qiyosiy tahlil qilinib, mazkur markerlarning o‘pka tuberkulyozida yuqori ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 1 iyunda 24-m/004-son bilan tasdiqlangan “Xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechganda patologik sohaning immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Buxoro viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 18 sentyabrdagi №01/368-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 30 iyul`dagi №59-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2024 yil 10 sentyabrdagi №100-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 16 noyabrdagi №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi №14/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi kasalliklarida patologik sohalardagi morfologik o‘zgarishlarlarning xususiyatlarini zamonaviy immunogistokimyoviy uslubda o‘rganilgan va olingan natijalar organizmning immun hujayralarining faoliyatini belgilashda xizmat qilgan, tashxislashning va davolash samaradorligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi patologik sohalardagi morfologik o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash onkologiyada hamda ftiziatriyada salbiy asorat va oqibatlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi. Xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi kasalliklarida patologik sohalardagi morfologik o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi morfologik tekshirishlarda immunogistokimyoviy uslublarda optimallashtirish 2040000 so‘m atrofida mablag‘ni tejalishini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechgan holatlarda T-limfotsitlar sonining keskin kamayishi hamda immun tizimda jiddiy etishmovchiliklar mavjudligi, o‘pka tuberkulyoziga va xavfli o‘smalarga nisbatan CD45, CD56 markerlarining keskin pasayganligi immunogistokimyoviy tekshiruvda isbotlanganganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 1 iyunda 24-m/004-son bilan tasdiqlangan “Xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechganda patologik sohaning immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Buxoro viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 18 sentyabrdagi №01/368-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 30 iyul`dagi №59-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2024 yil 10 sentyabrdagi №100-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 16 noyabrdagi №123-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi №14/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechganda patologik sohalardagi morfologik o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash hamda immunogistokimyoviy uslubning qo‘llanilishi komorbid kechgan bu kasalliklarni tashxislashda va davolashda, ayniqsa, kasallikning kechishini va oqibatini bashoratlashda muhim ahamiyat kasb etadi, olingan natijalar ushbu toifadagi bemorlarga kompleks davo uslublarining samaradorligini oshiradi, og‘ir asoratlarni hamda letal oqibatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechganda patologik sohalardagi morfologik o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash salbiy asorat va oqibatlarni oldini olishda muhim imkoniyat yaratadi. Xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozi komorbid kechganda patologik sohalardagi to‘qimalarni morfologik xususiyatlarini aniqlash va baholashda immunogistokimyoviy usulning qo‘llanilishi morfologik tekshirishlarni immunogistokimyoviy uslublarda optimallashtirish 2040000 so‘m atrofida mablag‘ni tejalishini ko‘rsatdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘sma komorbid kechganda, o‘smaga qarshi va tuberkulyozga qarshi davoni bir vaqtda kompleks ravishda immunterapiya fonida o‘tkazish xavfsiz, samarador va adekvat davo taktikasi ekanligi isbotlanganligi Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 13 mayida 24-m/108-son bilan tasdiqlangan “O‘pka tuberkulyozi va xavfli o‘smalarni komorbid kechishida davolash usullarini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Buxoro viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 18 sentyabrdagi №01/367-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 30 iyul`dagi №58-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 2024 yil 10 sentyabrdagi №101-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat ftiziatriya va pul’monologiya markazi 2024 yil 16 noyabrdagi №122-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20 martdagi №14/28-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozining komorbid kechganda tuberkulyozga va xavfli o‘smaga qarshi davoni kompleks ravishda bemor organizmining immun tizimini rag‘batlantiruvi davo fonida olib borilishi davoning yuqori samaradorligini ko‘rsatgan, onkologik bemorlar orasida tuberkulyoz mikobakteriyasining tarqalishini oldini olishda, immun tizimdagi etishmovchiliklarni tiklashda, og‘ir asoratlarning rivojlanishini, shuningdek letal oqibatlarning kamayishini ta’minlagan, taklif etilgan yangilik ushbu kasalliklarni davolashda samarali va qulay usullaridan foydalanish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: xavfli o‘sma va o‘pka tuberkulyozining komorbid kechganda immunterapiya fonida tuberkulyozga va xavfli o‘smaga qarshi davoni kompleks ravishda qo‘llanilishi bemorlarning tuberkulyoz mikobakteriya ajratishini to‘xtatadi va yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir bemordan 3714000 so‘m atrofida iqtisod qilingan.