Ergashev Xayotbek Abdiqaxarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kichik biznesda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish (Andijon viloyati misolida)”, 08.00.13 – “Menejment” ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt1211.
Ilmiy rahbar: Maraimova Umida Ismailjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“o‘zini o‘zi band qilish-yakka tartibdagi tadbirkor-o‘rta biznes-yirik korxona” biznes zanjiri o‘zaro tarkibiy elmementlarini maqbul uyg‘unlashtirishga ko‘ra “yakka tartibdagi tadbirkordan yirik korxonagacha” – subektlarni yiriklashuv jarayoni uzviyligini rag‘batlantirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi taklif qilingan; 
risklarni kompleks boshqarishning axborot-tahliliy ta’minoti hamda bartaraf etish chora-tadbirlar samaradorligini baholash asosida kichik biznesda risklarni maksimal bartaraf etishga yonaltirilgan “risklarni boshqarish tizimini tashkil etish modeli” ishlab chiqilgan; 
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga asoslangan kichik biznes subektlari boshqaruv tizimini samarali modelini ishlab chiqib, kichik biznesda risklarni portfellashtirish asosidagi tizimlashtirilgan boshqaruv mexanizmini joriy etish asoslangan; 
kichik biznesda o‘rtacha risk koeffisientini hisobga olgan holda kichik biznes subektlari umumiy daromadlari hajmining 2029-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznesda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
“o‘zini o‘zi band qilish-yakka tartibdagi tadbirkor-o‘rta biznes-yirikkorxona” biznes zanjiri o'zaro tarkibiy elmementlarini maqbul uyg‘unlashtirishga ko‘ra “yakka tartibdagi tadbirkordan yirik korxonagacha” – subektlarni yiriklashuv jarayoni uzviyligini rag‘batlantirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-sonli Farmonida qo.yilgan vazifalarni echishga qaratilgan. Taklifni joriy etish natijasida Andijon viloyatida “yakka tartibdagi tadbirkordan yirik korxonagacha” – subektlarni yiriklashuv jarayoni uzviyligini rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirkorlik muhitini shakllantish imkoniyatlari yaratilgan; 
risklarni kompleks boshqarishning axborot-tahliliy ta’minoti hamda bartaraf etish chora-tadbirlar samaradorligini baholash asosida kichik biznesda risklarni maksimal bartaraf etishga yonaltirilgan “risklarni boshqarish tizimini tashkil etish modeli” ishlab chiqilgan. Taklifni joriy etish natijasida kichik biznesda risklarni kompleks boshqarishning axborot-tahliliy ta’minotidan foydalangan holda vazifalar belgilanib, maqsadli risk darajasini aniqlash asosida risklarni oldini olishga bo.yicha chora-tadbirlar samaradorligini baholash va davr uchun umumiy hisobotni shakllantirishiga erishilgan;  
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga asoslangan kichik biznes subektlari boshqaruv tizimini samarali modelini ishlab chiqib, kichik biznesda risklarni portfellashtirish asosidagi tizimlashtirilgan boshqaruv mexanizmini joriy etish asoslangan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznesda risklarni boshqarish usullarining tahlil xulosalari va olingan so‘rovlar natijalari kichik biznesda risklarni ikki yo‘nalishli portfellashtirish tamoyiliga muvofiq tizimlashtirish zaruratikeltiriblib, risklarni boshqarish tizimining 70/30 tamoyiliga asoslangan holda agarda risklarning 70 foizi aniqlansa kichik biznes barqarorlik holatiga erishishi, risklarning 70 foizdan kam salmog‘i aniqlansa ularni boshqarish ko‘rsatkichi nolga intilishi va natijada beqarorlik holatini keltirib chiqarishi aniqlangan; 
kichik biznesda o‘rtacha risk koeffisientini hisobga olgan holda kichik biznes subektlari umumiy daromadlari hajmining 2029-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. Taklifni joriy etish natijasida ko‘p omilli bog‘lanishni o‘zida ifodalovchi modelda “Weld Invest” MChJda boshqaruv qarorlarining samaradorlik koesfisienti omilining ta’sirini optimallashtirish, korxonaning hududiy bozorlardagi ulushini to‘yinish nuqtasigacha oshirib borish tavsiya etilgan. “Okean Mega Tread” KK MChJda joriy aktivlar o‘rtacha yillik qiymatini optimallashtirish, boshqaruv qarorlarining samaradorlik koesfisienti omilini to‘yinish nuqtasigacha oshirib borish tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish