Maraimova Kamola Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): Sanoat korxonalarida mahsulotlarni diversifikatsiyalash asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish (Qurilish materiallari sanoati misolida), 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2487
Ilmiy rahbar: Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti,
DSc.03/30.12.2019.I.03.05
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Ibragimova Saodat Abdumuminovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalari mahsulotini diversifika-siyalashuga ko‘ra iqtisodiy samaradorlikka erishishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari sanoati korxonalari mahsuloti diversifikatsiyasi hisobiga yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmini YaIM hajmiga mustaqil o‘zgaruvchi omillarga ko‘ra natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bogʻliqlikning elastiklik darajasi asoslab berilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarining diversifikatsiyalashuv darajasini baholashga ko‘ra «quyi» (0,001-0,333), «o‘rta» (0,334-0,554),  «sezilarli» (0,555-0,700), «kuchli» (0,701-0,900) va «sezilarli darajada kuchli» (0,900-1,000) reyting darajalari asoslab berilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro standartlarga moslashtirishda “Uzbekistan Building Code (UBS)” texnik me’yorlash va standartlashtirish tizimini joriy qilish-ning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
2025-2030-yillarda mahalliy qurilish materiallari sanoati mahsuloti diversifikatsiyasi hisobiga erishiladigan iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha inersion, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari mahsulotini diversifikatsiyalash asosida iqtisodiy samaradorlikka erishish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qurilish materiallari sanoati korxonalari mahsuloti diversifikatsiyasi hisobiga yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmini YaIM hajmiga mustaqil o‘zgaruvchi omillarga ko‘ra natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bogʻliqlikning elastiklik darajasi bo‘yicha taklifdan Qurilish materiallari sanoati korxo-nalari uyushmasi tomonidan “Qurilish materiallari sanoatida yangi turdagi qurilish material-larini ishlab chiqarishni tashkil etish”ga oid hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/09-3135-son ma’lumot-nomasi). Taklif mahsulotlar diversifikatsiyasi hisobiga yaratilayotgan qo‘shil-gan qiymat hajmini mavjud imkniyatdarda samaraliroq foydalanishga ko‘ra yanada oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarining diversifikatsiyalashuv darajasini baholashga ko‘ra «quyi» (0,001-0,333), «o‘rta» (0,334-0,554),  «sezilarli» (0,555-0,700), «kuchli» (0,701-0,900) va «sezilarli darajada kuchli» (0,900-1,000) reyting darajalari Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan  “Durable JBI Company” MChJ va “Durable Stone” MChJ korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/09-3135-son, “Durable JBI Company” MChJning 2024-yil 4-oktyabrdagi 1-09/33-son, “Durable Stone” MChJning 2024-yil 15-oktyabrdagi 1-09/35-son ma’lumotnomalari). Taklif korxonalar diversifikatsiyalashuv darajasini baholash aniqligini oshrishga hamda unga ko‘ra mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro standartlarga moslashtirishda “Uzbekistan Building Code (UBS)” texnik me’yorlash va standartlashtirish tizimini joriy qilish-ning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan “Durable JBI Company” MChJ va “Durable Stone” MChJ korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/09-3135-son, Durable JBI Company” MChJning 2024-yil 4-oktyabrdagi 1-09/33-son, “Durable Stone” MChJning 2024-yil 15-oktyabrdagi 1-09/35-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni xalqaro standartlar talablariga moslashtirish, mahsulotlarni xalqaro bozorlarga eksport qilish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
2025-2030-yillarda mahalliy qurilish sanoati korxonalarida mahsulot diversifikatsiyasi hisobiga erishiladigan iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha inersion, pessimistik va optimistik prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisi-da”gi Farmonining 1-ilovasi 22-maqsadni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 04/09-3135-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sohadagi mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish va diversifikatsiyalash samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish