Xasanova Manzura Sadikjanovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hududiy bo‘limlar faoliyati tarixi (Farg‘ona vodiysi misolida, 1917-2021 yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1250
Ilmiy rahbar: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Rahmonov Zafar Adilovichlar, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha mintaqaviy organlarning faoliyatini o‘rganishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilishning sovet konsepsiyasi muayyan davrda hukmronlik qilganligi, davlat muassasalari tarkibi va nomlaridagi ko‘plab o‘zgarishlarga qaramay, qo‘mitalarning asosiy faoliyati: tarixiy yodgorliklar, sanʻat va tabiat yodgorliklarini hisobga olish va aniqlash, shuningdek, O‘zbekistonda muzey ishlarini yuritishga qaratilganligi isbotlangan;
“Uzkomstaris”ning mintaqaviy qo‘mitalari (Kokkomstaris, Ferganastaris, Andijon va Namangan boshqarmasi) madaniy meros obektlaridan tadbirkorlik maqsadlarida foydalanganligi, ijaraga berilganligi, omborlar sifatida foydalanilganligi, bu esa sovet davrida yodgorliklarning tuzatib bo‘lmaydigan darajada vayron qilinishiga olib kelganligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysining tarixiy-madaniy merosini muhofaza qilish va saqlash qo‘mitalari faoliyatidagi muammolar asosan: konservatsiya va restavratsiya usullari, bir qator qurilish materiallaridan foydalanish, agressiv er osti suvlarini bartaraf etish, qadimiy qurilish va qoplama materiallarini ishlab chiqish va qo‘llash, yodgorliklarni to‘liq restavratsiya qilish uchun mablag‘ etishmasligi dalillangan;
2020-yilgacha respublika qonunchilik tizimida madaniyat sohasining belgilangan ijtimoiy rivojlanish vektoriga muvofiq harakatlanishi uchun zarur huquqiy mexanizmlarni yaratadigan akt mavjud emasligi, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga, madaniyat va sanʻat muassasalari, ijodiy birlashmalar va uyushmalarning huquqiy maqomiga, ijodiy ishchilarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy bazaning yoʻqligi madaniy merosni muhofaza qilish qo‘mitalarining amaliy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida madaniy merosni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha mintaqaviy qo‘mitalar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ilmiy natijalar shundan iboratki, 2020-yilgacha respublika qonunchilik tizimida tarixiy-madaniy merosni saqlash va ommalashtirish sohasida ijtimoiy rivojlanishning belgilangan vektoriga muvofiq zarur huquqiy mexanizmlarni yaratadigan akt mavjud emas edi. Aynan shu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga, madaniyat va san’at muassasalarining huquqiy maqomiga, ijodiy birlashmalar va uyushmalarga, ijodiy ishchilarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy bazaning yoʻqligi “Dunyo bo‘ylab” telekanalida “Na pryamoy svyazi” va “Argumenti eksperta” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo buylab” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 15-avgustdagi 03-14/173-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar keng jamoatchilikni ushbu sohada davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida biroz chuqurroq o‘rganishga imkon berdi. Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar berildi.
Madaniy meros obektlarini noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, ta’mirlash va restavratsiya ishlarining nomuvofiq olib borilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan buzilish xavflari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Madaniy merosni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qo‘mitalarning hududiy bo‘linmalari faoliyatining turli bosqichlari misolida tahlil qilingan hamda mazkur xulosalar Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi uchun metodik qo‘llanmalar va tarqatma materiallar tayyorlashda qo‘llanilgan. Shuningdek, dissertatsiya materiallaridan “Andijon: Buyuk Ipak yo‘li tarixi” nomli reportajlar turkumini tayyorlash jarayonida ham foydalanilgan. (Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyining 2024-yil 14-avgustdagi 36-sonli ma’lumotnomasi. ) ilmiy xulosalar keng jamoatchilik e’tiborini madaniy meros yodgorliklarini restavratsiya va konservatsiya qilish borasidagi mavjud muammolarga qaratishga yordam berdi. Shuningdek, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Farg‘ona vodiysining viloyatlarida madaniy meros obektlarini muhofaza qilishdagi muammolariga oid dissertatsiyaning ilmiy xulosalari “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Muborak maskanlar”, “Sayohatnoma” va “Bir eksponat tarixi” ko‘rsatuvlarining tayorlanishida ishlatildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalinig 2024-yil 30-avgustdagi 01-06-968-sonli ma’lumotnomasi) Ilmiy xulosalar nafaqat ommaviy axborot vositalarida foydalanildi, balki madaniy merosni asrash borasidagi dolzarb muammolarni ochib berish, ularga echim topish hamda ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni chuqurlashtirish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qildi.
  Farg‘ona vodiysining tarixiy-madaniy merosini muhofaza qilish va saqlash qo‘mitalari faoliyatidagi dolzarb muammolar to‘g‘risidagi ilmiy natijalar (konservatsiya va restavratsiya qilish usullaridagi, bir qator qurilish materiallaridan foydalanishdagi, agressiv er osti suvlarini bartaraf etishdagi, qadimiy qurilish va qoplama materiallarini ishlab chiqish va qo‘llashda, to‘liq tiklash va yodgorliklar uchun mablag‘lar etishmasligi va boshqalar) Farg‘ona vodiysidagi madaniy meros yodgorliklarini tiklash bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda qo‘llanildi. (O‘zbekiston madaniy meros agentligining 2024-yil 14-avgustdagi 02-05/3050-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar keng jamoatchilikni ushbu sohada davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida chuqurroq o‘rganishga imkon berdi. Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni saqlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish