Erdonov Muhammadamin Erdon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Xizmat ko‘rsatish  korxonalarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3227
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Arabov Nurali Uralovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori,  professor Muxammedov Murod Muxammedovich;  iqtisodiyot fanlari doktori,  professor Murodova Nodira Kulievna 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 “xizmat ko‘rsatish korxonasi iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni resurs salohiyatining tarkibiy qismi sifatida muayyan vaqt mobaynida yuqori iqtisodiy samaraga erishish imkoniyatini beuvchi, korxonaning mavjud iqtisodiy resurslaridan optimal foydalanish asosida xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va maksimal darajada qondirish uchun jami imkoniyatlari yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasida iqtisodiy salohiyatni integral baholash usuli iqtisodiy salohiyatdan foydalanish holatini “past” (0≤Is<0,49), “o‘rta” (0,50≤Is<0,64), “yaxshi” (0,65≤Is<0,84) va “yuqori” (0,85≤Is<1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda korxona salohiyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasida iqtisodiy salohiyat rivojlanishini strategik rejalashtirish tizimi (SRT) korxona faoliyatining tashqi muhit omillari bilan bog‘liq tashqi strategik maqsadlar (SM) hamda ichki muhit omillarini ifodalovchi ichki strategik maqsadlar (ISM)ni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmat ko‘rsatish hajmi dinamikasining 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish korxonasi iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini resurs salohiyatining tarkibiy qismi sifatida muayyan vaqt mobaynida yuqori iqtisodiy samaraga erishish imkoniyatini beuvchi, korxonaning mavjud iqtisodiy resurslaridan optimal foydalanish asosida xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va maksimal darajada qondirish uchun jami imkoniyatlari yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kengashining 2025-yil 23-aprelda o‘tkazilgan yig‘lishi 11-son bayonnomasi, ro‘yxatga olish raqami №504). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda korxonaning xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va maksimal darajada qondirish uchun jami imkoniyatlari yig‘indisi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan xizmat ko‘rsatish korxonasi iqtisodiy salohiyati tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasida iqtisodiy salohiyatni integral baholash usuli iqtisodiy salohiyatdan foydalanish holatini “past” (0≤Is<0,49), “o‘rta” (0,50≤Is<0,64), “yaxshi” (0,65≤Is<0,84) va “yuqori” (0,85≤Is<1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda korxona salohiyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonada iqtisodiy salohiyatni obektiv baholash darajasini oshirishga ko‘ra boshqaruv qarorlarini optimalligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonasida iqtisodiy salohiyat rivojlanishini strategik rejalashtirish tizimi (SRT) korxona faoliyatining tashqi muhit omillari bilan bog‘liq tashqi strategik maqsadlar (SM) hamda ichki muhit omillarini ifodalovchi ichki strategik maqsadlar (ISM)ni aniqlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2024-2025-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish korxonaning strategik maqsadlarini aniqlash orqali tashqi va ichki iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan; 
Samarqand viloyatida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida jami xizmat ko‘rsatish hajmi dinamikasining 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2025-2029-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 30-avgustdagi 08-10-25-13945-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2029-yilga kelib, Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmini 19,9 %ga va sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot hajmini 22,4 %ga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish