Razakova Barno Saifievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi)
“Oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion munosabatlarni chuqurlashtirish”
08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4675
Ilmiy rahbar: Muminov Nozim Gaffarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alieva Maxbuba Toychievna;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqalarning integratsion modellarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagiladan iborat:
“Blended form” – gibrid ta’lim shakliga o‘tishda oliy ta’lim muassasalarida 2027-yilga qadar masofaviy ta’lim ulushini “kunduzgi ta’lim shakli + masofaviy ta’lim” yo‘nalishlarida 20,0 foizga, “sirtqi ta’lim shakli + masofaviy ta’lim” yo‘nalishlarida 50,0 foizga etkazish ta’lim va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqiligi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsion munosabatlarni rivojlantirishda “Project Learning» loyihaviy ta’limiga ko‘ra kasbiy kompetensiyalarni «Soft Skills», qo‘shimcha kasbiy kvalifikatsiya-larni esa «Double Skills» asosida tashkil etishning ta’lim va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqiligi asoslangan;
«ilm-fan - ishlab chiqarish» integratsion munosabatlarini samarali tashkil qilishda oliy ta’lim muassasalari va real sektor o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini “Center of Excellence” tadqiqotlar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«ilm-fan - ishlab chiqarish» integratsiyasga ko‘ra professional va ilmiy-texnik faoliyatda yaratiladigan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha 2025-2030-yillarga qadar bo‘lgan davrda bazaviy, inersion va mobilizatsion ssenariylari asosida prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasa-larida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Blended form” – gibrid ta’lim shakliga o‘tishda oliy ta’lim muassasalarida 2027 yilga qadar masofaviy ta’lim ulushini “kunduzgi ta’lim shakli + masofaviy ta’lim” yo‘nalishlarida 20,0 foizga, “sirtqi ta’lim shakli + masofaviy ta’lim” yo‘nalishlarida 50,0 foizga etkazish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 martdagi 157-son “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasining 2-bob 8-bandi 8-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginiing 2024 yil 26 dekabrdagi 03/03-3667–sonli ma’lumotnomasi). Taklif masofaviy ta’lim shaklini takomillashtirish, jumladan O‘zbekiston milliy universiteti bo‘yicha 2025 yilga masofaviy ta’lim shaklini 2023 yilga nisbatan 2 martaga, 2027 yilda 5 martaga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsion munosabatlarni rivojlantirishda “Project Learning» loyihaviy ta’limiga ko‘ra kasbiy kompetensiyalarni «Soft Skills», qo‘shimcha kasbiy kvalifikatsiya-larni esa «Double Skills» asosida tashkil etishning ta’lim va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqiligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 martdagi 157-son “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilova-sining 2-bob 8-bandi 9-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekis-ton Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginiing 2024 yil 26 dekabrdagi 03/03-3667–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tahsil olayotgan talabalarning amaliy bilimlari va kasbiy kompetentligini oshirish, qo‘shimcha kvalifikatsiya olish va moliyaviy-tashkiliy resurslardan optimal foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
«ilm-fan - ishlab chiqarish» integratsion munosabatlarini samarali tashkil qilishda oliy ta’lim muassasalari va real sektor o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini “Center of Excellence” tadqiqotlar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovsining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginiing 2024 yil 26 dekabrdagi 03/03-3667–sonli ma’lumotnomasi). Taklif «ilm-fan - ishlab chiqarish» integratsiyasining tashkiliy asoslarini kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” sohalari bo‘yicha innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va ularning turlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
«ilm-fan - ishlab chiqarish» integratsiyasga ko‘ra professional va ilmiy-texnik faoliyatda yaratiladigan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi bo‘yicha 2025-2030-yillarga qadar bo‘lgan davrda bazaviy, inersion va mobilizatsion ssenariylari asosida prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi 7-maqsadini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginiing 2024 yil 26 dekabrdagi 03/03-3667–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 2025-2030-yillarda professional, ilmiy va texnik faoliyatida yaratiladigan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmini oshirish-ning mavjud imkoniyatlari va samarali yo‘llarini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.