Ismatullaeva Nasiba Nusratillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo’l transporti korxonalarining iqtisodiy salohiyati tahlilini takomillashtirish”,
08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ______________________________.
Ilmiy rahbar: Babaxalov Norbo‘ta Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Qodirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida iqtisodiy salohiyat tahlilini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarining barcha turlaridan, daromad olishning mavjud manbalaridan va bozor sharoitlaridan eng samarali foydalanish bilan kuzatiladigan iqtisodiy tizimning maksimallikka erishiladigan holati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transportida tashish xarajatlari tarkibidagi o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarning hisobini 2010 - “O‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar”, 2020 - “Doimiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar” ishchi schyotlarida yuritish orqali xarajatlar tarkibi nazoratining aniqligi hamda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasini oshirish taklifi asoslangan;
temir yo‘l transportida yuk tashishda doimiy xarjatlarning o‘zgarishsiz qolishi tavsifidan kelib chiqqan holda, mazkur xizmatdan foydalanuvchi doimiy mijozlar toifasi yoki yuk tashish masofasidan kelib chiqqan holda tariflarga 1,1 (0 < K < 200 km), 0,99 (200 km ≤ K < 300 km), 0,97 (300 km ≤ K < 500 km), 0,96 (500 km ≤ K < 1000 km), 0,95 (K > 1000 km) tabaqalashgan koeffisientlarni qo‘llash orqali temir yo‘l transportida yuk tashish xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirish imkoni asoslangan;
O‘zbekistonda yuk tashish texnologiyalarini rivojlantirishga va tranzit salohiyatidan samarali foydalangan holda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilishning soha rivoji va YaIMga ta'siriga asoslangan temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli asosida temir yo‘l transportining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l transportining iqtisodiy salohiyati tahlilini takomilashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport iqtisodiy salohiyati” tushunchasining uslubiy yondashuvga ko‘ra “transport iqtisodiy salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarining barcha turlaridan, daromad olishning mavjud manbalaridan va bozor sharoitlaridan eng samarali foydalanish bilan kuzatiladigan iqtisodiy tizimning maksimallikka erishiladigan holati nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalardan o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan. Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy tizimning maksimallikka erishiladigan holati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “transport iqtisodiy salohiyati” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transportida tashish xarajatlari tarkibidagi o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarning hisobini 2010 - “O‘zgaruvchan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar”, 2020 - “Doimiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar” ishchi schyotlarida yuritish orqali xarajatlar tarkibi nazoratining aniqligi hamda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasini oshirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ning 2024-yil 4-dekabrdagi 02/4821-24 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etulishi natijasida daromad va xarajatlarning alohida hisobini yuritish, infratuzilma, lokomotiv, vagon va yo‘lovchi xo‘jaliklariga tegishli xarajatlarni ajratish hamda daromadlarni shakllantirish tartibini takomilllashtirish va nazorat qilishni osonlashtirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transportida yuk tashishda doimiy xarjatlarning o‘zgarishsiz qolishi tavsifidan kelib chiqqan holda, mazkur xizmatdan foydalanuvchi doimiy mijozlar toifasi yoki yuk tashish masofasidan kelib chiqqan holda tariflarga 1,1 (0 < K < 200 km), 0,99 (200 km ≤ K < 300 km), 0,97 (300 km ≤ K < 500 km), 0,96 (500 km ≤ K < 1000 km), 0,95 (K > 1000 km) tabaqalashgan koeffisientlarni qo‘llash orqali temir yo‘l transportida yuk tashish xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ning 2024-yil 4-dekabrdagi 02/4821-24 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etulishi natijasida transport xizmatidan foydalanuvchi doimiy mijozlar toifasi yoki yuk tashish masofasidan kelib chiqqan holda tariflarga tabaqalashgan koeffisientlarni qo‘llash orqali temir yo‘l transportida yuk tashish xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda yuk tashish texnologiyalarini rivojlantirishga va tranzit salohiyatidan samarali foydalangan holda qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb qilishning soha rivoji va YaIMga ta'siriga asoslangan temir yo‘l transport tizimining iqtisodiy rivojlanish modeli asosida temir yo‘l transportining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ ning 2024-yil 4-dekabrdagi 02/4821-24 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etulishi natijasida tranzit va yuk tashuvlari hajmini kengaytirish orqali kompaniyaning daromadlarini oshirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoni yaratilgan.