Dehqonov Burxon Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ichki turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmuni rezident, o‘z mamlakati hududlarida sayohat qilishi yoki kirish turizmini o‘z ichiga oluvchi, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarni mujassamlashtiruvchi, mahalliy til, urf-odat, madaniyat, hudud oraliq masofasi, sayohatni tashkil etishdagi rasmiyatchilik darajasi kabi omillarning ta’siri bo‘yicha yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon jihatidan takomillashtirilgan; 
ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini “mahalla ettiligi” boshqaruvi vakolat va majburiyatlari doirasida “targ‘ibot + tashkil etish + rag‘batlantirish” tavsifidagi dastaklarini tatbiq etish orqali takomillashtirish asoslangan; 
axborot, tashviqot va moslashuvning nosimmetrik ta’sir oqibatlari natijasida sayohatchilarning mamlakatning turli turistik maskanlariga tashrifi jarayonlaridagi soni hamda turistik va infratuzilma salohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni muayyan turistik ob’ektlar kesimida davriy baholash va tavsiyaviy tartibga solish tadbirlarini qo‘llash orqali ichki turizmning rivojlanishini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda ichki turizmning o‘sishiga va daromadligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik hamda chiziqli regressiya tahlili asosida ichki turistlar soni va mehmonxona xonalari sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ichki turizm” tushunchasining iqtisodiy mazmunini rezident, o‘z mamlakati hududlarida sayohat qilishi yoki kirish turizmini o‘z ichiga oluvchi, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarni mujassamlashtiruvchi, mahalliy til, urf-odat, madaniyat, hudud oraliq masofasi, sayohatni tashkil etishdagi rasmiyatchilik darajasi kabi omillarning ta’siri bo‘yicha yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizmda atrof-muhit iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida rezident, o‘z mamlakati hududlarida sayohat qilishi yoki kirish turizmini o‘z ichiga oluvchi, huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarni mujassamlashtiruvchi, yuqori manfaatdorlik va qulaylikni ta’minlovchi jarayon jihatidan takomillashtirilgan ichki turizm tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini “mahalla ettiligi” boshqaruvi vakolat va majburiyatlari doirasida “targ‘ibot + tashkil etish + rag‘batlantirish” tavsifidagi dastaklarini tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 13 martdagi 03-12-17-1596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “mahalla ettiligi” boshqaruvi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot qilish, turistik tadbirlarni tashkil etish hamda ichki turizmni rag‘batlantirish tavsifidagi dastaklarni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
axborot, tashviqot va moslashuvning nosimmetrik ta’sir oqibatlari natijasida sayohatchilarning mamlakatning turli turistik maskanlariga tashrifi jarayonlaridagi soni hamda turistik va infratuzilma salohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni muayyan turistik ob’ektlar kesimida davriy baholash va tavsiyaviy tartibga solish tadbirlarini qo‘llash orqali ichki turizmning rivojlanishini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 13 martdagi 03-12-17-1596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida sayohatchilarning mamlakatning turli turistik maskanlariga tashrifi jarayonlaridagi soni hamda turistik va infratuzilma salohiyati o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni o‘z vaqtida bartaraf etib borish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda ichki turizmning o‘sishiga va daromadligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik hamda chiziqli regressiya tahlili asosida ichki turistlar soni va mehmonxona xonalari sonining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 13 martdagi 03-12-17-1596-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va ichki turizm xizmatlari bozori resurs komponentlarining optimal integratsiyasi hisobiga turistik korxonalar va turistik majmualarning maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish