Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Barqaror rivojlanish sharoitida qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt426.
Ilmiy maslahatchi: Shennaev Xo‘jayor Musurmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi barqaror rivojlanish sharoitida qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi risklaridan sug‘urtalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni agrar sohadagi tabiiy, iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy xatarlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan, qayta taqsimlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimini xo‘jalik yurituvchi subektlar daromadini barqarorlashtirish, investision faollikni rag‘batlantirish va agrar sektorning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashda ishtirok etuvchi kompaniyalarning moliyaviy barqarorlik darajasini “yuqori” (MBDyuq ≥ 5,0), “o‘rtachadan yuqori” 
(3,0 < MBDquyi ≥ 4,0), “o‘rta daraja” (2,0 < MBDo‘rta ≥ 3,0), “past daraja” 
(1,0 < MBDpast ≥ 2,0), “xavfli daraja” (0,5 < MBDxavf ≥ 1,0) yangi qiymat shkalalari asosida baholash orqali uning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi imkoniyatlarning maqbul darajalari aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda akutuar hisoblarni qo‘llagan holda tabaqalashtirilgan tarif stavkasi va o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini brutto va netto stavkalari asosida indeks sug‘urta tarif stavkasining (2,5 < x < 10,0) qiymatlarining maqbul darajalarini belgilash taklifi asoslangan;
iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda kombinatsiyalashgan sug‘urta riski indeksi (SRI) orqali qishloq xo‘jaligi risklarini baholash darajalari “juda past xavf darajasi” (1 < SRIjphd ≤ 2), “past xavf darajasi” (2,1 < SRIpxd ≤ 3), “o‘rtacha xavf darajasi” (3,1 < SRIo‘xd ≤ 4), “yuqori xavf darajasi” (4,1 < SRIyxd ≤ 5), “ekstremal xavf darajasi” (5,1 < SRIexd ≤ 7) sug‘urtalash metodologiyasi bo‘yicha maqbul darajalarini aniqlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashning umumiy ko‘rsatkichlari tendensiyalarining trend ekstrapolyasiya qilish orqali 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini turli risklardan sug‘urtalash metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq xo‘jaligi risklaridan sug‘urtalash” tushunchasining iqtisodiy mazmunini agrar sohadagi tabiiy, iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy xatarlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan, qayta taqsimlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimini xo‘jalik yurituvchi subektlar daromadini barqarorlashtirish, investision faollikni rag‘batlantirish va agrar sektorning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 20 iyundagi 04/35-5-13613-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni hayotga tatbiq etish natijasida oliy ta’lim muassasalari talabalarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini yurituvchi sub’ektlar daromadini barqarorlashtirish, agrar sektorning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan hamda qishloq xo‘jaligi risklaridan sug‘urtalash tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish va davlat dasturlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashda ishtirok etuvchi kompaniyalarning moliyaviy barqarorlik darajasini “yuqori” (MBDyuq ≥ 5,0), “o‘rtachadan yuqori” 
(3,0 < MBDquyi ≥ 4,0), “o‘rta daraja” (2,0 < MBDo‘rta ≥ 3,0), “past daraja” 
(1,0 < MBDpast ≥ 2,0), “xavfli daraja” (0,5 < MBDxavf ≥ 1,0) yangi qiymat shkalalari asosida baholash orqali uning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi imkoniyatlarning maqbul darajalari aniqlash taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi  Iqtisodiyot va moliya vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ ning 2025 yil 2 maydagi 04-09/701-sonli, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining №060-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 20 iyundagi 04/35-5-13613-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va xizmat ko‘rsatishni 10-15 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda akutuar hisoblarni qo‘llagan holda tabaqalashtirilgan tarif stavkasi va o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini brutto va netto stavkalari asosida indeks sug‘urta tarif stavkasining (2,5 < x < 10,0) qiymatlarining maqbul darajalarini belgilash taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ ning 2025 yil 2 maydagi 04-09/701-sonli, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining №060-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 20 iyundagi 
04/35-5-13613-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha taklif qilinayotgan tabaqalashgan tarif stavkasi bo‘yicha shartnomalar soni amaldagidan 3913 taga, yog‘ingarchilik miqdori indeks tarif stavkasi bo‘yicha shartnomalar soni amaldagidan 9276 taga ortish imkoniyati yaratilgan;  
iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda kombinatsiyalashgan sug‘urta riski indeksi (SRI) orqali qishloq xo‘jaligi risklarini baholash darajalari “juda past xavf darajasi” (1 < SRIjphd ≤ 2), “past xavf darajasi” (2,1 < SRIpxd ≤ 3), “o‘rtacha xavf darajasi” (3,1 < SRIo‘xd ≤ 4), “yuqori xavf darajasi” (4,1 < SRIyxd ≤ 5), “ekstremal xavf darajasi” (5,1 < SRIexd ≤ 7) sug‘urtalash metodologiyasi bo‘yicha maqbul darajalarini aniqlash taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ ning 2025 yil 2 maydagi 04-09/701-sonli, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining №060-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 20 iyundagi 04/35-5-13613-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalash ko‘rsatkichlarini 20-25 foizgacha oshirish imkoniyati yaratilgan; 
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashning umumiy ko‘rsatkichlari tendensiyalarining trend ekstrapolyasiya qilish orqali 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ssenariylaridan foydalanish taklifi “O‘zagrosug‘urta” AJ, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zagrosug‘urta” AJ ning 2025 yil 2 maydagi 04-09/701-son hamda O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining №060-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilga borib pessemetik va optimistik ssenariya bo‘yicha sug‘urta mukofotlari tushumi 15 foizgacha, sug‘urta shartnomalari soni o‘rtacha hisobda 11 foizgacha ortish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish