Esanaliev Sadriddin Nuriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish masalalari”, 12.00.09 - Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Yu1674. 
Ilmiy rahbar: Shodiev G‘ulomjon Maxammatovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.I.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Astanov Istam Rustamovich; yuridik fanlar doktori, professor Kadirova Mohigul Xamitovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar Oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida dastlabki eshituv institutini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jinoyat ishlarini dastlabki eshituv bosqichida JPKning 83, 84-moddasi birinchi, beshinchi qismlari bilan tugatgan sud`ya mazkur jinoyat ishini keyinchalik birinchi instansiya sudida umumiy sud muhokamasida, apellyasiya, kassatsiya hamda taftish instansiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok eta olmasligi asoslantirilgan; 
jinoyat protsessida dastlabki eshituv o‘tkazish muddatlari jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatiga kirmasligi asoslantirilgan;
dastlabki eshituv sud`ya tomonidan ochiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o‘tkazilishi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno ekanligi asoslantirilgan;
sud o‘z tashabbusiga ko‘ra nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash haqida dastlabki eshituv o‘tkazishga haqli ekanligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
jinoyat ishlarini dastlabki eshituv bosqichida tugatgan sud`ya mazkur jinoyat ishini keyinchalik birinchi instansiya sudida umumiy sud muhokamasida, apellyasiya, kassatsiya hamda taftish instansiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok eta olmasligi haqidagi taklifidan qonun ijodkorligi jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 19 martdagi 3/dn-59-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi sud`yaning xolisligini ta’minlash va har ikki bosqichda ham bir xil sud`ya ishtirok etmasligini kafolatlashga xizmat qiladi. 
jinoyat protsessida dastlabki eshituv o‘tkazish muddati jinoyat ishini sudda umumiy tartibda muhokama qilish muddatiga kirmasligi haqidagi taklifidan qonun ijodkorligi jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 19 martdagi 3/dn-59-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi huquqni qo‘llash amaliyotida dastlabki eshituv o‘tkazish muddatining umumiy sud muhokamasi muddatiga kirish yoki kirmasligi borasida noto‘g‘ri talqinlarni oldini olish bilan birga odil sudlovni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
dastlabki eshituv sud`ya tomonidan ochiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o‘tkazilishi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno ekanligiga doir taklifidan qonun ijodkorligi jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 19 martdagi 3/dn-59-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi dastlabki eshituv bosqichining ochiq sud majlisida o‘tkazilishiga, jinoyat ishlarini videokonferensaloqa rejimidan foydalangan holda ko‘rib chiqishda sud va protsess ishtirokchilarining vaqt va resurslarining tejalishiga sabab bo‘ladi va bu xalqaro standartlar talablariga ham muvofiq keladi. 
sud o‘z tashabbusiga ko‘ra nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash haqida dastlabki eshituv o‘tkazishga haqli ekanligi haqidagi taklifidan qonun ijodkorligi jarayonida foydalanish uchun qabul qilinganligi inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 19 martdagi yildagi 3/dn-59-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun sudga kelib tushgan jinoyat ishlaridan nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash asoslari aniq ko‘rinib turgan hollarda taraflar tomonidan dastlabki eshituv o‘tkazish haqida iltimosnomalar taqdim etilmagan hollarda sud o‘z tashabbusiga ko‘ra dastlabki eshituv o‘tkazishi odil sudlovni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish