Rasulova Gulbahor Abidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari (O‘zbekiston va Finlyandiya misolida)”, “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu711
Ilmiy rahbar: Ismailov Bahodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisod fanlari doktori, professor Kabilov Sharif Raximovich, yuridik fanlar doktori, professor Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish hamda korrupsiyaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Finlyandiya oliy ta’lim sohasi qiyosiy tahlil qilinishi natijasida muqaddam sudlangan shaxslarning oliy ta’lim sohasida rahbarlik lavozimlariga tayinlanishining taqiqlanishi va bunday tayinlovlarni oldini olish hamda cheklashni qonunchilik hujjatlarida joriy etilishining ijobiy natijalari ilmiy asoslantirilgan;
davlat oliy ta’lim tashkiloti xodimlari o‘z manfaatlarini jamoat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishi, adolatli boshqaruvni ta’minlash uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oliy ta’lim tashkiloti yoki boshqa tashkilotlarda shaxsiy manfaatlarga ta’sir etuvchi ishlarda ishtirok etishini taqiqlash zarurligi ilmiy isbotlangan;
davlat oliy ta’lim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida odob-axloq komissiyalari va maxsus bo‘linmalarning manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish, ular faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan zarurat ilmiy jihatdan asoslantirilgan;
Finlyandiyaning oliy ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olishdagi huquqiy savodxonlikka doir ilg‘or tajribasi asosida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida “Aksilkorrupsiya kovorking” markazlarini tashkil etishning profilaktik, tarbiyaviy-huquqiy ahamiyati, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston va Finlyandiya oliy ta’lim sohasi qiyosiy tahlil qilinishi natijasida qasddan sodir etilgan jinoyat uchun muqaddam sudlangan shaxslarning ta’lim sohasidagi respublika hamda hududiy bo‘linmalarning rahbarlik lavozimlariga tayinlanishining taqiqlanishi, shu bilan birga kelgusida ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 26, 28-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 22 noyabrdagi 3/08-230-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif yosh avlodga halol, vijdonli, jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxslarning ta’lim berishi va samarali boshqaruvni ta’minlashga, oliy ta’lim tizimi rahbariyatiga korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslarni tayinlanishining oldini olishga xizmat qilgan;
davlat oliy ta’lim tashkiloti xodimlari o‘z manfaatlarini jamoat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishi, adolatli boshqaruvni ta’minlash uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oliy ta’lim tashkiloti yoki boshqa tashkilotlarda shaxsiy manfaatlarga ta’sir etuvchi ishlarda ishtirok etishini taqiqlash zarurligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi Qonunining 8-moddasi 1-qismi 7-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 3/08-168-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi oliy ta’lim sohasida xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilgan;
davlat oliy ta’lim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida odob-axloq komissiyalari va maxsus bo‘linmalarning manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish, ular faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan zarurat to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi Qonunining 10-moddasi 1-qismi 5-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 3/08-168-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi oliy ta’lim sohasidagi tashkilotlar xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning bartaraf etilishiga ko‘maklashgan;
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining “Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari oliy ta’lim jarayonida korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib qilish, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmunidan xabardorlik darajasini oshirish to‘g‘risidagi taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 26 iyunda “Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 220-sonli buyrug‘ini ishlab chiqish jarayonida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 9 sentyabrdagi 03/23-2618-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif yoshlar ko‘magida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etish orqali aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga ijobiy xizmat qilgan.