Abdulatipova Feruza Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasining molekulyar-genetik jihatlari”, 14.00.01 – Akusherstvo va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib 3260.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Baxodir Boburovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sobirovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollardagi giperplastik jarayonlarda bir qator allel genlar polimorfizmining diagnostik rolini o‘rganish va endometriy patologiyasi rivojlanishi hamda atipik jarayonlar shakllanishining patogenetik mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek populyasiyasida endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasi va uning klinik variantlari rivojlanish mexanizmida ESR1 genidagi rs2228480 geni, AGT genidagi Thr174Met geni, eNOS genidagi Glu298Asp genining polimorf variantlarining patogenetik roli isbotlangan;
ESR1 genlarning genotipik variantlari va endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasi rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ aloqalar o‘rganildi, o‘rganilgan genlarning genotipik variantlari chastotasi bo‘yicha ham asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida, ham atipiyali va atipiyasiz bemorlar kichik guruhlari o‘rtasida muhim farqlar, endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasi shakllanishi va og‘irlik darajasi bilan ESR1 genidagi rs2228480 geni va eNOS genidagi Glu298Asp genining noqulay allel variantlarini tashish o‘rtasida ishonchli assotsiativ aloqalar aniqlangan;
ESR1 genidagi rs2228480 geni va eNOS genidagi Glu298Asp geni kodi endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasi rivojlanishining mustaqil xavf omillari ekanligi isbotlangan;
endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasining shakllanishi va rivojlanishida murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirlarida bo‘lgan "estrogen reseptori" va "endotelial disfunksiya boshkaruvi" regulyator genlarining "funksional noqulay" genotiplarining turli kombinatsiyalarini sinergik ta’siri hamda endometriyni bezli-kistoz giperplaziyasining klinik kechishi, kasallikning rivojlanishi va uning asoratlari o‘rtasidaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash orqali EBKG tashxisini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasida EBKG va uning klinik variantlari rivojlanish mexanizmida ESR1 genidagi rs2228480 geni, AGT genidagi Thr174Met geni, eNOS genidagi Glu298Asp genining polimorf variantlarining patogenetik roli isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/253 son bilan tasdiqlangan «Endometrial giperplaziyaning molekulyar-genetik jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 244-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi №18/54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bachadonning giperplastik jarayonlarini tashxislashda molekulyar-genetik tadqiqot usullarini qo‘llash aniq tashxisning mavjudligini oshirishga, noto‘g‘ri talqin qilish va keraksiz jarrohlik aralashuvlari ehtimolini kamaytirish imkon beradi.  Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv EBKG bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash xarajatlarini  kamaytirishga xamda 178 bemorlar guruhi uchun iqtisodiy samara 134250000 so‘mni iktisod kilish imkonini bergan. Xulosa: Ginekologik amaliyotda taklif etilgan texnologiyalarni qo‘llash EBKG tashxisi sifatini  yaxshilanishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga 754213so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ESR1 genlarning genotipik variantlari va EBKG rivojlanishi o‘rtasidagi assotsiativ aloqalar o‘rganildi, o‘rganilgan genlarning genotipik variantlari chastotasi bo‘yicha ham asosiy va nazorat guruhlari o‘rtasida, ham atipiyali va atipiyasiz bemorlar kichik guruhlari o‘rtasidagi muhim farqlar ko‘rsatildi, EBKG shakllanishi va og‘irlik darajasi bilan ESR1 genidagi rs2228480 geni va eNOS genidagi Glu298Asp genining noqulay allel variantlarini tashish o‘rtasida ishonchli assotsiativ aloqalar aniqlandi, bu genlar endometriy giperplaziyasini tartibga solishda murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirlarida ishtiroki isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/253 son bilan tasdiqlangan «Endometrial giperplaziyaning molekulyar-genetik jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 244-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi №18/54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm endometriyning bezli-kistoz giperplaziyasi turini yanada aniqroq va ob’ektiv baholash uchun algoritmdan foydalanish diagnostik noaniqlikni kamaytirish, klinik qarorlarning asoslanganligini oshirish va sub’ektiv xato xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv EBKG bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash xarajatlarini  kamaytirishga va 178 bemorlar guruhi uchun iqtisodiy samara 134250000 so‘mni iktisod kilish imkonini bergan. Xulosa: Ginekologik amaliyotda taklif etilgan texnologiyalarni qo‘llash EBKG tashxisi sifatini  yaxshilanishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga 754213so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ESR1 genidagi rs2228480 geni va eNOS genidagi Glu298Asp geni kodi EBKG rivojlanishining mustaqil xavf omillari ekanligi isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/253 son bilan tasdiqlangan «Endometrial giperplaziyaning molekulyar-genetik jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 244-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi №18/54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: noaniq holatlar ulushining qisqarishi asossiz jarrohlik aralashuvlari sonini kamaytirishga va qo‘shimcha tashxis qo‘yish ehtiyojini kamaytirishga yordam beradi. Prognozning oshgan aniqligi xavfli jarayonlarni ertaroq aniqlashga yordam beradi, bu davolash natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu texnologiya, ayniqsa, mintaqaviy tibbiyot muassasalari uchun muhim bo‘lib, shifokorning sub’ektiv tajribasiga ortiqcha bog‘liq bo‘lmasdan asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi prognozlash aniqligini yaxshilash bemorlarning 10% da kerakmas jarrohlik aralashuvlarini istisno qilish imkonini bergan, bu 38270000 so‘m miqdorida tejashga va bundan tashqari, qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi sog‘liqni saqlash muassasalariga yuklamani kamaytirdi, resurslarni oqilona taqsimlashga va tizimning umumiy samaradorligini oshirish imkonini bergan. Xulosa: EBKGning shakllanishi va og‘irlik darajasi bilan ESR1 genining rs2228480 va eNOS genidagi Glu298Asp genining noqulay allel variantlarini tashish o‘rtasidagi ishonchli assotsiativ aloqalarni aniqlash bilan ishlab chiqilgan tashxis modeli noaniq klinik holatlar sonini kamaytirish, qo‘shimcha tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va operatsion aralashuvlardan qochish hisobiga 215000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: EBKGning shakllanishi va rivojlanishida murakkab ichki tarmoq o‘zaro ta’sirlarida bo‘lgan "estrogen reseptori" va "endotelial disfunksiya boshkaruvi" regulyator genlarining "funksional noqulay" genotiplarining turli kombinatsiyalarining sinergik ta’siri hamda EBKGning klinik kechishi, kasallikning rivojlanishi va uning asoratlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiya isbotlanganligini asoslovchi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/253 son bilan tasdiqlangan «Endometrial giperplaziyaning molekulyar-genetik jixatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali 16.10.2024 yildagi 244-sonli va Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 11.10.2024 yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 22 maydagi №18/54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasallik darajasining aniq baholanishi o‘z vaqtida adekvat davolashni boshlashga yordam beradi, bu esa giperdiagnostika yoki kasallik og‘irligini etarli baholamaslik xavfini kamaytiradi. Bu tibbiy yordam sifatini oshiradi, ayniqsa zamonaviy tashxis usullariga cheklangan kirish sharoitida va bemorlar uchun prognozni yaxshilashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: EBKG tashxisida ESR1 genining rs2228480 va eNOS genidagi Glu298Asp gen polimorfizmidan foydalanish qimmat vizualizatsiya usullariga xarajatlarni kamaytirish hisobiga 178 nafar bemor uchun umumiy 3500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: EBKG tashxisida ESR1 genining rs2228480 va eNOS genidagi Glu298Asp gen polimorfizmidan foydalanish endometriyning bezli kistoz giperplaziyasining prediktiv tashxisini yaratish imkonini bergan va ushbu texnologiyani joriy etish optimal davolash taktikasini o‘z vaqtida tanlashga, hamda giperdiagnostika va tashxis qo‘yishdagi kechikish xavfini kamaytirish hisobiga bir bemor uchun 243000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish