G‘anieva Maftuna Abduaziz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini takomillashtirish 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4980
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mambetova Lobar Mirzavali qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik heuristika, kreativ didaktika va refleksiv ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish, psixologik omillarni tizimlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tarixiylik yondashuvni kreativ o‘qitish mazmuni, metodlari va strategiyalariga moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli konstruktizm, faoliyatga asoslangan va individuallashgan didaktik yondashuvlarni integratsiyalash, faol o‘qitish faoliyatini tashkil etishning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish, mantiqiy, tahliliy fikrlashlarini, mustaqil fikr bildirishga asoslangan mantiqiy izchillikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi mantiqiy fikrlashga xizmat qiluvchi o‘quv materiallari, topshiriqlarni bajarishda muammoli o‘qitish metodlari (keys, muammoli vaziyat)ni geymifatsion metodlariga uyg‘unlashtirgan holda o‘qitish, hamda o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorlashni rivojlantirish samaradorligi metodik tayyorgarlikni amalga oshirish bosqichlari va kognitiv, jarayonli va kreativ baholash mezonlari, kreativ, qisman izlanuvchi, reproduktiv darajalarni aniqlashtirish hamda mantiqiy fikrlashga oid metodik tayyorgarlikni rivojlantirishning sifat darajasining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik heuristika, kreativ didaktika va refleksiv ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish, psixologik omillarni tizimlashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tarixiylik yondashuvni kreativ o‘qitish mazmuni, metodlari va strategiyalariga moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” (Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-maydagi 11-05-3098/04 raqamli maʼlumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan. Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik muammolarini tahlil qilishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli konstruktizm, faoliyatga asoslangan va individuallashgan didaktik yondashuvlarni integratsiyalash, faol o‘qitish faoliyatini tashkil etishning tarkibiy komponentlarini aniqlashtirish, mantiqiy, tahliliy fikrlashlarini, mustaqil fikr bildirishga asoslangan mantiqiy izchillikni ta’minlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” (Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-maydagi 11-05-3098/04 raqamli maʼlumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi mantiqiy fikrlashga xizmat qiluvchi o‘quv materiallari, topshiriqlarni bajarishda muammoli o‘qitish metodlari (keys, muammoli vaziyat)ni geymifatsion metodlariga uyg‘unlashtirgan holda o‘qitish, hamda o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” (Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-maydagi 11-05-3098/04 raqamli maʼlumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi innovatsion texnologiyalar va geymifikatsiyalar orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga metodik tayyorlashni rivojlantirish samaradorligi metodik tayyorgarlikni amalga oshirish bosqichlari va kognitiv, jarayonli va kreativ baholash mezonlari, kreativ, qisman izlanuvchi, reproduktiv darajalarni aniqlashtirish hamda mantiqiy fikrlashga oid metodik tayyorgarlikni rivojlantirishning sifat darajasining dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” (Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 14-maydagi 11-05-3098/04 raqamli maʼlumotnomasi) nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan. Natijada talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlanganligi baholash mezonlari va darajasiga mosligini orqali aniqlashga erishilgan.