Fayziev Ulug‘bek Murodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hayvonlar tuberkulyoziga qarshi kurash va oldini olishning yangi uslub va vositalari”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V120
Ilmiy rahbar: Mamadullaev Gulmurod Hamidovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Xabibula Ablakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Ulug‘muradov Azamat Daminovich, veterinariya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tuberkulostatik preparatlarning yangi kombinatsiyasi yordamida hayvonlar tuberkulyoziga qarshi kurash va oldini olishning yangi uslub va vositalarini yaratish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati chorovachilik xo‘jaliklarida 2022-2024 yillarda qoramollar tuberkulyozi epizootiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni urg‘ochi buzoqlar organizmida latent mikrobizm omilining mavjudligi aniqlangan;
Tuberkulyozga qarshi Rifizostrep preparatining texnologik reglamenti yaratilgan; 
tuberkulyozga qarshi Rifizostrep kompleks preparatining sterilligi, toksik xususiyatga ega emasligi va bezararligi aniqlandi, qo‘llash dozalari,  uslubi, intervali va sxemasi ishlab chiqilgan;
bilvosita va bevosita uslubda in vitro Rifizostrep preparatining 1,0% konsentratsiyasi tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol bakterisid ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan;
tuberkulyoz shtammlariga qarshi samarali antimikrob ta’sir ko‘rsatgan yangi kombinatsiyali Rifizostrep preparatini 10 mg/kg dozada dengiz cho‘chqalari va quyonlar organizmida qo‘llash uslubi ilmiy asoslangan;
tuberkulyozning M.bovis №149 va M.tuberculosis №7880  turlari  yuqtirilgan buzoqlar organizmida Rifizostrep preparatining allergik reaksiyaga ta’siri va kimyoprofilaktik samaradorligi aniqlangan; 
ilk bor Rifizostrep preparati bilan qoramollar tuberkulyoziga qarshi kimyoprofilaktika uslubi ishlab chiqarishga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayvonlar tuberkulyoziga qarshi kurash va oldini olishning yangi uslub va vositalari” bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Rifizostrep preparatining tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchilariga qarshi ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida «Hayvonlar tuberkulyoziga qarshi rifizostrep preparatini qo‘llash» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqarilgan va  VITI tuberkulyoz laboratoriyasida mavjud 38 dona dengiz cho‘chqalari, 32 bosh quyonlar va 10 bosh buzoqlarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2 iyundagi №02/23-389-son ma’lumotnomasi). Natijada tuberkulyoz bo‘yicha shartli sog‘lom va nosog‘lom xo‘jaliklarda kasallikni oldini olish, qarshi kurashish va xo‘jalikka etkaziladigan katta ijtimoiy va iqtisodiy zararni oldini olishga erishilgan. 
Qoramollar tuberkulyoziga qarshi kimyoprofilaktika uslubi ishlab chiqarilgan va ilk bor ishlab chiqarish sharoitida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Mehnat baxtli so‘t” MChJ So‘t mahsulot fermasidagi 120 bosh qoramollarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 2 iyundagi №02/23-389-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jaliklarda qoramollar orasida tuberkulyoz kasalligini bartaraf qilish muddatlarini qisqartirishga va shartli so‘glom qoramollarni kasallikdan asrab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish