Abdullaev Shuxrat Musaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoatlashgan parrandachilikda immunoprofilaktik emlashlarni optimallashtirishning idiotipik tarmoqlardan foydalanish ko‘rsatkichlari”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V78
Ilmiy rahbar: Ruzikulov Rahmatillo Fayzullaevich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor; Ulug‘murodov Azamat Daminovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: SamDTU huzuridagi I.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoatlashgan parrandachilikda pantrop infeksiyalarni immunoprofilaktikasida makroorganizmni antitelogenezini immunologiyasiga asoslangan holda ilmiy yondashib, immunoprofilaktik emlashlarni samaradorligini oshirish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, sanoatlashgan parrandachilikda pantrop infeksiyalarni immunoprpfilaktika qilishda K. Ernening idiotipik tarmoqlar nazariyasiga asoslangan holda, immunologik rezonans fenomeni vaksina antigeni bilan tegishli antiidiotiplarning immunogen ta’sirlari sinxronlashganda yuz berishi va turg‘un davomli immunitet shakllanishi aniqlangan;  
IgM immunoglobulinlari pentamer, ya’ni 10 ta aktiv markazdan iborat bo‘lib,  5-10 ta antigenni neytrallash hususiyati borligi sanoatlashgan parrandachilikda pantrop virusli infeksiyalarga qarshi kurashda asosiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan; 
IgM immunoglobulinlarining yuqori miqdorda bo‘lishini ta’minlash, sanoatlashgan parrandachilikda pantrop virusli infeksiyalarni immunoprofilaktika qilishda asosiy o‘rinni egallashi aniqlangan; 
sanoatlashgan parrandachilikda IgM immunoglobulinlarining yuqori miqdorda idiotiplar va antiidiotiplar tarmog‘ini yaratish orqali pantrop virusli infeksiyalarni samarali immunoprofilaktika qilish mumkinligi aniqlangan; 
virusning virulentli shtammi ko‘p sonli parrandalar bosh sonidan o‘tishi orqali, ularning antigenlik strukturasi o‘zgarib, patogenligi oshishi sababli virulentli virus shtammi xavfi holatida, vaksina antigeniga qarshi ishlab  chiqarilayotgan IgM antitelolari sinxronlashib, idiotiplar va antiidiotiplar tarmog‘i yaratilsa, samarali immunoprofilaktik emlashlar ta’minlanishi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoatlashgan parrandachilikda immunoprofilaktik emlashlarni optimallashtirishning idiotipik tarmoqlardan foydalanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida: 
infeksion kasalliklarini oldini olishda immunoprofilaktika samaradorligini oshirish va vaksinatsiyalar sonini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sanoat asosida boqilayotgan “Nasiba-parranda” MChJ, “Ilonsoy Lomann-parranda” F/X, “Navobod Naslli Parranda” F/X, “Mironqul agrozooveservis ilmiy-amaliy markazi” MChJ parrandachilik xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 21 apreldagi 02/23-264-son ma’lumotnomasi). Ushbu parrandachilik xo‘jaliklarida faolsizlantirilgan vaksinani qo‘llash orqali yuqori miqdorda IgM immunoglobulinlarini sintezlanishini ta’minlash orqali Nyukasl kasalligining dala virusi xavfi holatida samarali immunoprofilaktika qilishga erishilgan;
“Mironqul agrozooveservis ilmiy-amaliy markazi” MChJ parrandachilik xo‘jaligida Nyukasl kasalligining samarali immunoprofilaktikasi uchun La-Sota shtammli tirik vaksinani aerozol usulda reaktogenli ta’sir qilib qo‘llash usuli joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 21 apreldagi 02/23-264-son ma’lumotnomasi). Bunda emlangan parrandalar organizmida yuqori miqdorda IgM antitelolarini hosil bo‘lishi hisobiga Nyukasl kasalligining samarali immunoprofilaktikasiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish